Referat tayorlash va uni ra’smiylashtrish reja: Referatlarni rasmiylashtirish bo’yicha tavsiyalar va ko’rsatmalar Mavzularni tanlash, referatning strukturasi


Download 18.34 Kb.
Sana14.05.2023
Hajmi18.34 Kb.
#1458068
TuriReferat
Bog'liq
ibroximova


MAVZU: REFERAT TAYORLASH VA UNI RA’SMIYLASHTRISH
Reja:

  1. Referatlarni rasmiylashtirish bo’yicha tavsiyalar va ko’rsatmalar

  2. Mavzularni tanlash, referatning strukturasi

  3. Referat yozish uslubiyati

Tayyorladi: Ibroximova Feruza Xudashukur qizi

Tekshirdi:Safarova Go’zal Qudratovna


Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim—tarbiya ishlarining markaziga qo`yish, ularni yangi bosqichga ko`tarish, yosh avlodimizni har tomonlama mustaqil fikrlaydigan etuk dunyo qarash egalari qilib tarbiyalashdan iborat.


Ta’lim jarayonini tashkil etish va mustaqil fikrlaydigan malakali injener-texnik kadrlarni tayyorlashning bir shakli sifatida mustaqil ishtegishli sohasida talabaning bilimlari darajasidan dalolat beradigan kichik ilmiy-tadqiqot ishihisoblanadi
Mustaqil ishni tayyorlash talabalar o`qish jarayonida olgan bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish va umumlashtirishga ko`maklashadi va ularni ushbu bilimlarini amalda qo`llashga tayyorlaydi.
Demak, mustaqil ish tayyorlash fan bo`yicha o`quv rejasida hamda o`quv dasturida belgilangan bo`lib,bu talabaning fanni o`zlashtirish bo`yicha nazoratning yana bir shaklidir.
Qolaversa mustaqil ish-bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan ma’naviyma’rifiy, ta’lim-tarbiya ishlarining markaziga qo`yish, ularni yangi bosqichga ko`tarish, yosh avlodimizni har tomonlama mustaqil fikrlaydigan etuk dunyoqarash egalari qilib tarbiyalashdan iborat.
Mustaqil ish-bu tavsiya etilayotgan mavzulardan birini yozma aks ettirishdir. U talaba tomonidan tavsiya etilgan maxsus o`quv va ilmiy adabiyotlardan foydalangan holda mustaqil bajarilishi kerak va talaba tomonidan o`qitilgan materialni o`zlashtirilishini,fikrlashning mustaqilligini, ma’lumotni tizimlashtirish va umumlashtirilishini, tegishli hulosalar chiqarishini ko`rsatishi kerak.
Talaba rejadagi savollarni har tomonlama ochib berishi, ko`rib chiqilayotgan muammo bo`yicha chuqur bilimlarini ko`rsatibberishi kerak.
Dastavval mavzu bo`yicha o`quv va ilmiyadabiyotlarni diqqat bilan o`rganish va shundan keyingina mavzuni yoritib beruvchi savollarni yozma ravishda aks ettirishi lozim.
Mustaqil ishning hajmi –A4 formatda.10-15 varaqda yozilgan bo`lishi kerak Betlar raqamlangan bo`lishi shart.Mustaqil ish har tomonlama ham grammatik jihatdan, ham ilmiy savodxonlik jihatidan yozilgan bo`lishi kerak.
Mustaqil ishyozish alohida jarayon bo`lib,u o`z ichiga shartli ravishda quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:
1-talaba o`ziga moyil bo`lgan mavzuni tanlaydi(talaba mavzu tanlashda albatta kafedra o`qituvchilari bilan fikrlashgani ma’qul);
2-tanlangan mavzu bo`yicha talaba taxminiy ish rejasini tuzadi va tayinlangan o`qituvchisiga ko`rsatadi;
3-mavzuga tegishliadabiyotlar, maqola va ma’lumotlarni yig‘adi va ularni o`rganadi, shuningdek adabiyotlar ro`yxatini shakllantiradi;
4-manbalarni tahliliy o`rganish jarayonida mavzuga bog‘liq muommoli jihatlarga alohida e’tibor qaratadi;
5-to`plangan materiallarni umumlashtiradi;
6-tahliliy ish rejaga aniqlik kiritadi;
7-mustaqil ishni belgilangan talab darajasida rasmiylashtiradi va kafedraga taqdim etadi;
8-mustaqil ishni himoya qiladi.
Mustaqil ishni yozishda yuqorida keltirib o`tilgan umumiy qoidalarga amal qilish lozim. Bu esa, o`z navbatida, talaba tomonidan tayyorlangan mustaqil ishni sifatli va mukammal bo`lishiga xizmat qiladi.
Mustaqil ish mavzusini tanlash
Mustaqil ishni yozishda dastlabki va eng muhim bosqich–bu mustaqil ish mavzusini tanlash hisoblanadi. Mustaqil ishning mavzusi tegishli kafedra tomonidan tasdiqlangan muayyan o`quv fanida nmustaqil ishlari mavzulari ro`yxatidan tanlanadi.
Talaba tanlamoqchi bo`lgan mavzusi bo`yicha ushbu fandan ma’ruza yoki amaliyot darsini olib boruvchi professor-o`qituvchilar bilan fikrlashish maqsadga muvofiqbo`ladi.
Chunki,ba’zan talabaga oson va tushunarli bo`lib sezilgan mavzu murakkab bo`lishi ham mumkin (tegishli manbalarning kamligi yoki ilmiy adabiyotlarda mavzuning keng yoritilmaganligi va h.k.). Talaba mustaqil ishning mavzusini o`zini qiziqtirgan mavzubilan bog‘liq holda tanlashi maqsadga muvofiq.
Ammo, ba’zan mavzuni tanlash bosqichida tanlangan mavzu nisbatan murakkabdek tuyulishi mumkin. Ammo, talaba o`zini qiziqtirgan mazuni tanlashi unga mavzuni chuqurroq o`rganish va uning barcha jihatlariga e’tibor berish imkoniyatini yaratadi.
O`z-o`zidan ayonki, talaba o`zini qiziqtirgan mavzuni tanlab, mazkur mavzuga qiziqish va mas’uliyatbilan yondashishi, mavzu yuzasidan barcha fikrlarni chuqur o`rganishi ma’lum ma’noda mavzu dolzarbligini oshiradi va keyinchalik uni yozish jarayonini osonlashtiradi.
Mavzuni chuqur va kengroq o`rganish jarayonida talaba bunga iqror bo`ladi. Mustaqil ish mavzusi aniq va ilmiy, dolzarb bo`lishi lozim.
U talabada mustaqil tadqiqot olib borish ko`nikmalarini shakllantirishga, amaliyotidagi muammolarga yaqinlashishga xizmat qilishi kerak. Mustaqil ish mavzusining bir o`quv guruhida takrorlanishi mumkin emas.
Odatda amaliy ёki seminar mashg‘ulotlarini olib boruvchi o`qituvchi talabaning mustaqil ishni yozishiga rahbarlik qiladi.
Ilovalar (zarur hollarda)dan iborat bo`ladi.
-bu tavsiya etilayotgan mavzulardan birini yozma aks ettirishdir.
U talaba tomonidan tavsiya etilgan maxsus o`quv va ilmiy adabiyotlardan foydalangan holda mustaqil bajarilishi kerak va talaba tomonidan fikrlashning mustaqilligini,ma’lumotni tizimlashtirish va umumlashtirilishini, tegishli hulosalar chiqarishini ko`rsatishi kerak. Talaba rejadagi savollarni har tomonlama ochib berishi, ko`rib chiqilayotgan muammo bo`yicha chuqur bilimlarini ko`rsatib berishi kerak.
Dastavval mavzu bo`yicha o`quv va ilmiy adabiyotlarni diqqat bilan o`rganish va shundan keyingina mavzuni yoritib beruvchi savollarni yozma ravishda aks ettirishi lozim.
Mustaqil ishning hajmi
1– A4 formatda,
2-- 10-15 varaqda yozilgan bo`lishi kerak . Betlar raqamlangan bo`lishi shart. Mustaqil ish har tomonlama ham grammatik jihatdan, ham ilmiy savodxonlik jihatidan yozilgan bo`lishi kerak.
Ish rejasini bir necha bo`lim (kism,bob)dan iborat holda tuzish mumkin.
Mustaqil ishning rejasida tadqiqotning tuzilishi aks ettiriladi.
Mustaqil ish rejasida kirish,asosiy qism, ya’ni barcha bo`limlar, kichik bo`limlar va bandlar nomi (agar bandlar ish matni bo`yicha nomlangan bo`lsa), xulosa beriladi.
Bundan tashqari,mustaqil ish rejasida foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati, mavjud ilovalarham ko`rsatilib tegishli materialning boshlangan va tugallangan sahifalari raqami aks ettirilishi shart. Mustaqil ish mundarijasi keltirilgan ilovaga muvofiq tuzilishi lozim.
Talaba mustaqil ishni yozish jarayonida tuzilgan mustaqil ish rejasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish mumkin.
Mustaqil ish rejasining aniq va to`g‘ri tuzilishi, umuman uning mavjudligi zarur bo`lgan hamda mavzuga taalluqli materiallarni muayyan ketma-ketlikda yoritilishiga, qaytarishlarni va bo`shliqlarni oldini olishga, o`quv rejasidagi mustaqil faoliyatni ilmiy tarzda tartibga solishga, shuningdek talabaning vaqtini tejashga bevosita yordam beradi.
Tuzilgan mustaqil ish rejasining har bitta savoli tanlangan mavzuning alohida bir qismini yoritishi lozim.
Bu holatda savollar ketma-ketligi va ularningumumiy bog‘liqligini saqlash maqsadga muvofiq.
Esda tutish lozimki, jiddiy e’tibor bermasdan tuzilgan mustaqil ish rejasi talab doirasidagi ketma-ketlikni buzilishiga,takrorlanishga hamda mavzuni sifatsiz yoritilishiga olib kelishi mumkin.
Kirish
Mustaqil ishning kirish qismi ishning o`qilishi davomida shakllanadigan tushunchani engillashtirishi lozim. SHuning uchun bu erda o`rganilayotgan mavzu doirasidagi mustaqil ishning ob’ekti va predmeti aniq va lo`nda qilib yoritib berilishi, mazkur mustaqilishning ahamiyati va dolzarbligi asoslanishi lozim.
Mustaqil ishning kirishida o`rganilayotgan muammoning hozirgi holatiga baho berilishi,mavzuni o`rganish uchun asoslar va boshlang‘ich ma’lumotlar keltirilishi lozim.
Shuningdek, kirish qismda tadqiqot mavzusining ahamiyati va chegarasi aniqlanishi,uning maqsadi belgilanishi lozim.
Bundan tashqari, mustaqil ishning kirish qismida o`rganilayotgan mavzuning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar bilan bog‘langanligi, ya’ni bunday islohotlarning o`rganilayotgan mavzu bilan aloqadorligi kabi masalalar hamda ularning ijobiy jihatlari, agar muammolar mavjud bo`lsa, ular haqida kirish so`zi tusidagi ma’lumotlar aks ettirilishi maqsadga muvofiq.
Asosiy qism
Mustaqil ishning asosiy qismida tanlangan mavzuning mazmuni yoritib beriladi.
Mustaqil ishning asosiy qismi, odatda,ikki bobdan tashkil topadi. Har bir bob 2-3 paragrafga ajratilishi lozim. Ishning har bir qismi tugallangan axborotni o`z ichiga olishi darkor.Odatda, mustaqil ishning asosiy qismida talaba ilmiy-texnik muammo doirasida o`rganilayotgan masalaning bugungi holatiga qisqacha baho berishi yoki fan doirasida mavzuning bugungi holatiga tavsif berib o`tishi tavsiya etiladi. Eslatib o`tish joizki, bunday baho va tavsif mustaqil ishning kirish qismida ham bayon etilishi mumkin.
Bundan tashqari, bu erda tanlangan mavzu bilan bog‘liq muammolar yoritilishi, ular tahlil qilinishi, mustaqil ish natijasida olinishi lozim bo`lgan xulosalar izohlanishi hamda mustaqil ishning ko`zlangan maqsad va vazifalar to`liq o`z aksini topishi lozim. SHuningdek, mustaqil ishning asosiy qismi uning kirish qismida belgilangan masalalarni echishga baishlangan bo`ladi.
Mustaqil ishning asosiy qismi quyidagi talablarga javob berishi lozim:
tanlangan mavzu yuzasidan to`plangan ma’lumotlarni bayon qilishda mustaqil ish asosiy qismi bo`limlarining bir-biri bilan o`zaro bog‘liqligi, bo`limlar tarkibidagi qism, bob va bandlarning o`zaro aloqadorligi;
shunday aloqadorlik haqida mustaqil ishni o`quvchi har qanday shaxsga aniq tushuncha bera oladigan mantiqiy izchillik;
bayon etilgan ma’lumotlar, faktlar va dalillarning ishonchliligi, to`liqligi, aniqligi;
bayon qilingan fikrning boshqacha talqinini istisnoqiladigan tarzda aniq, lo`nda va qisqa bo`lishi;
mustaqil ishning har bir bo`limidagi xususiy masala(masalalar)ning echimi aniq bayon etilishi;
har bir bo`lim (qism, bob yoki band)ni ohirida talaba shu qismni yakunlovchi xulosaviy fikrni bayon etgan bo`lishi lozim.
Shuningdek, mustaqil ishning asosiy qismi mazmunini slaydlar,sxemalar, jadvallar, diagrammalar, grafiklar va hokazolar orqali boyitish maqsadga muvofiq.
Xulosa
Talaba mustaqil ishning xulosasida o`zi o`tkazgan tadqiqotning har bir paragrafi bo`yicha chiqargan asosiy xulosalar va olingan natijalarga bergan baho aks ettirilishi lozim. Talaba tushunchalarga yakuniy ta’riflar berishi, ishni yozish jarayonida duch kelingan munozarali masalalar bo`yicha o`z nuqtai nazarini bayon etishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
Mustaqil ish mavzusi yuzasidan foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati talabaning o`zi tomonidan belgilanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati mustaqil ishni bajarishda foydalanilgan vauning matnida ishora qilingan normativ hujjatlar, rasmiy hujjatlar, ilmiy materiallarini o`z ichiga olishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar mustaqil ish mavzusi chuqur va har tomonlama o`rganilganidan dalolat beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatida materiallarning joylashtirishning alifbo, sistematik va matnda havola ketma-ketligi tartibida berish keng tarqalgan usullardan hisoblanadi.
Mustaqil ish mavzusi bo`yicha, odatda, so`ng 10-15 yil ichida nashr qilingan, iloji boricha yangi chop etilgan adabiyotlardan, davriy
nashrlardan shuningdek mustaqil ish mavzusi bilan bog‘liq internet resursi
manbalaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Ilovalar
Ilovalarga mustaqil ishning asosiy matnini to`ldiruvchi va tasvirlovchi turli xildagi yordamchi materiallar kiritiladi. Masalan:talaba mustaqil ishni yozishda foydalangan tayyor sxemalar,jadvallar,diagrammalar,slaydlar,grafikli axborotlar.
Ta’kidlash lozimki, bunday ilovalar talabaning o`zi tomonidan mustaqil tuzilgan sxemalar, jadvallar, diagrammalar,slaydlar va grafikli axborotlar tarzida ham bo`lishi mumkin.
Ilovalar ketma-ketligi tartibi mustaqil ishda ularga murojaat qilish tartibiga mos kelishi va foydalanish qulayligini ta’minlashi lozim.
Download 18.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling