Referat tekshirdi: Xolimtayeva Ikbola Ubaydullayevna
Axborotni simmetrik algoritmlar asosida kriptografik ximoyalash tamoyillari
Download 64.9 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborotni simmetrik algoritmlar asosida kriptografik ximoyalash tamoyillari
Axborotni simmetrik algoritmlar asosida kriptografik ximoyalash tamoyillariHar qanday kriptografik tizim krpitografik kalitlardan foydalanishga asoslangan. Kalit axboroti deganda axborot tarmoqlari va tizimlarida ishlatiluvchi barcha kalitlar majmui tushuniladi. Agar kalit axborotlarining yetarlicha ishonchli boshqarilishi ta’minlanmasa, niyati buzuq odam unga ega bo’lib olib tarmoq va tizimdagi barcha axborotdan hohlaganicha foydalanishi mumkin. Kalitlarni boshqarish kalitlarni generatsiyalash, saqlash va taqsimlash kabi vazifalarni bajaradi. Kalitlarni taqsimlash kalitlarni boshqarish jarayonidagi eng ma’suliyatli jarayon hisoblanadi. Simmetrik kriptotizimdan foydalanilganda axborot almashinuvida ishtirok etuvchi ikkala tomon avval maxfiy sessiya kaliti, ya’ni almashinuv jarayonida uzatiladigan barcha xabarlarni shifrlash kaliti bo’yicha kelishishlari lozim. Bu kalitni boshqa barcha bilmasligi va uni vaqti-vaqti bilan jo’natuvchi va qabul qiluvchida bir vaqtda almashtirib turish lozim. Sessiya kaliti bo’yicha kelishish jarayonini kalitlarni almashtirish yoki taqsimlash deb ham yuritiladi. Asimmetrik kriptotizimda ikkita kalit-ochiq va yopiq (maxfiy) kalit ishlatiladi. Ochiq kalitni oshkor etish mumkin, yopiq kalitni yashi-rish lozim. Xabar almashinuvida faqat ochiq kalitni uning haqiqiyligini ta’minlagan holda jo’natish lozim. Kalitlarni taqsimlashga quyidagi talablar qo’yiladi: taqsimlashning operativligi va aniqligi; taqsimlanuvchi kalitlarning konfidentsialligi va yaxlitligi. Axborotni simmetrik algoritmlar asosida kriptografik ximoyalash tamoyillariElektron xujjatlarni uzatishning konfidentsialligini simmetrik kriptotizim yordamida ta’minlash masalasi shifrlash kaliti konfidentsialligini ta’minlashga keltiriladi. Odatda, shifrlash kaliti ma’lumotlar fayli va massividan iborat bo’ladi va shaxsiy kalit eltuvchisidan masalan, disketda yoki smart-kartada saqlanadi. SHaxsiy kalit eltuvchisi egasidan boshqa odamlarning foydalanishiga qarshi choralar ko’rilishi shart. Simmetrik shifrlash axborotni "o’zi uchun", masalan, egasi yo’qligida undan ruxsatsiz foydalanishni oldini olish maqsadida, shifrlashda juda qulay xisoblanadi. Bu tanlangan fayllarni arxivli shifrlash va butun bir mantiqiy yoki fizik disklarni shaffof(avtomatik) shifrlash bo’lishi mumkin. Simmetrik shifrlashning noqulayligi - axborot almashinuvi boshlanmasdan oldin barcha adresatlar bilan maxfiy kalitlar bilan ayirboshlash zaruriyatidir. Simmetrik kriptotizimda maxfiy kalitni aloqaning umumfoydalanuvchi kanallari orqali uzatish mumkin emas. Maxfiy kalit jo’natuvchiga va qabul qiluvchiga kalitlar tarqatiluvchi himoyalangan kanallar orqali uzatilishi kerak. Kompyuter infektsiyasi belgilari bo'lgan harakatlar Har qanday chora ko'rishdan oldin ish natijalarini tashqi muhitda (floppi, CD yoki DVD, flesh- karta va boshqalar) saqlashingiz kerak. Keyinchalik, quyidagilarni qilishingiz kerak: kompyuterni mahalliy tarmoqdan va Internetdan, agar u ularga ulangan bo'lsa, o'chiring; agar infektsiyaning alomati kompyuterning qattiq diskidan yuklashning iloji bo'lmasa (kompyuter uni yoqganda xatolik yuz beradi), nosozlikka qarshi rejimda yoki Windows favqulodda yuklash diskidan yuklashni harakat qilib ko'ring; antivirus dasturini ishga tushiring. Kompyuter viruslari va ulardan himoyalanish Kompyuter viruslari - bu zararli dasturlar bo'lib, ular "ko'paytirilishi" (o'z-o'zidan nusxa ko'chirish) va o'z nusxalarini fayllar, disk yuklash sektorlari va hujjatlarga yashirin joylashtira oladi. Kompyuter virusini faollashtirish dasturlar va ma'lumotlarni yo'q qilishi mumkin. Kompyuter dasturlariga nisbatan "virus" nomi biologiyadan aynan o'zini ko'paytirish qobiliyati tufayli kelib chiqqan. "Yashash joyi" bo'yicha viruslarni yuklash, fayl va makro viruslarga bo'lish mumkin. Download 64.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling