Referat topshirdi: Rasulova sh qabul qildi : toshkent-2023 mavzu: fikrlash dizayni
Download 44.51 Kb.
|
Rasulova Shirin Referat
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Fikrlash dizayni bosqichlari 3. Biznesda fikrlash dizaynining xususiyatlari. 4. Fikrlash dizaynini o’stiruvchi manbalar
- Xasso Plattner va Devid Kelli
- 1. EMPATIYA.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TOSHKENT AMALIY FANLAR UNIVERSITETI REFERAT Topshirdi: Rasulova SH Qabul qildi : TOSHKENT-2023 MAVZU: FIKRLASH DIZAYNI 1. Fikrlash dizayni va uning mohiyati 2. Fikrlash dizayni bosqichlari 3. Biznesda fikrlash dizaynining xususiyatlari. 4. Fikrlash dizaynini o’stiruvchi manbalar Fikrlash dizayni - foydalanuvchiga yo’naltirilgan mahsulot, servis va xizmatlar ishlab chiqishdir. Fikrlash dizayni - doimo birinchi o’ringa foydalanuvchi so’rovlarini qo’yadi va faqat shundan keyingina texnik amalga oshirish imkoniyatlari va iqtisodiy imkoniyatlarga e’tibor qaratiladi. Fikrlash dizayni - bu iterativ jarayon bo'lib, unda siz foydalanuvchilaringizni tushunishga, taxminlarga qarshi chiqishga, muammolarni qayta aniqlashga va prototip va sinovdan o'tkazishingiz mumkin bo'lgan innovatsion yechimlarni yaratishga intilasiz. Umumiy maqsad sizning dastlabki tushunish darajangiz bilan bir zumda ko'rinmaydigan muqobil strategiyalar va yechimlarni aniqlashdir. Dizayn bu – muammoni hal qilishdir. Dizayner bu – muammoni hal qiluvchi shaxs. Muammoni hal qilish, samarali yechim topish uchun dastavval tadqiqot o’tkazish va muammoni aniq belgilab olish, so’ngra asosiy e’tiborni muayyan “og’riqli nuqtalar”ga qaratish, g’oyalar ishlab chiqish va ularning orasida eng yaxshilarini tanlab olish, prototip yaratish va sinovdan o’tkazish zarur. Fikrlash dizayni - usuli bu bosqichlar qanday o’tishini, nimalarga e’tibor qaratish lozimligi va har bir bosqichda qaysi vositalardan foydalanishni tavsiflaydi. Fikrlash dizayni uslubi mualliflari Xasso Plattner va Devid Kelli - biznes va boshqaruv amaliyotini an’anaviy muhandislik ta’limi bilan birlashtiradigan dizayn - maktabi asoschilari hisoblanadi. Ular fikrlash - dizaynini o’ylab topgan deb bo’lmaydi, chunki mohiyatan fikrlash dizayni - bu sog’lom fikrdir. Biroq Plattner va Kelli tamoyillarni tushunchaga oid konsepsiyaga joylab, brend yaratdi va amaliyot sifatida rivojlantira boshladi. 1. EMPATIYA. Insonga yo‘naltirilgan dizayn-jarayoni markazi. Empatiya – o‘zini boshqa odamning o‘rniga qo‘yib ko‘rish va uning hissiyotlari, xohish-istaklari, g‘oyalari va harakatlarini tushunishga harakat qilish. Empatiyaning asosiy jihati – birga qayg‘urish ongli ravishda ro‘y beradi. Siz bir xil hissiyotlarni boshingizdan kechirasiz, lekin bu hissiyotlarning tashqi ro‘y berishini tushunasiz va tanqidiy idrok qilishni saqlab qolasiz. Empatiya - bu siz ataylab qiladigan narsalardir. Download 44.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling