Referat topshirdi


Download 0.85 Mb.
bet3/4
Sana06.04.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1331711
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
ABU ALI IBN SINO

T arjima holi


U 980-yilda Buxoro yaqinidagi Afshona qishlogʻida dunyoga keldi. 5-10 yoshlarida maktabda talim oldi. Maktabni bitirgach, ustozi Abu Abdullohdan mantiq, tibbiyot, 
falsafa, riyoziyot va fiqh ilmlarini
oʻrganadi.
16 yoshidan boshlab turli fanlar boʻyicha Sharq va Gʻarb olimlarining ilmiy asarlarini mustaqqil oʻrganadi. Ayniqsa u tabobat ilmining qadimgi allomalari Gippokrat va Galen hamda oʻrta asr Sharqining buyuk hakimi va mutaffakiri Abu Bakr ar-Roziy (864—925)ning asarlarini puxta oʻrganadi.
Ibn Sino 17 yoshidayoq eʼtiborli hakim va olim boʻlib yetishadi. U amr Nuh ibn Mansurni davolab tuzatgach, somoniylarning saroy kutubxonasidan foydalanishga ruxsat oladi. Kutubxinada u bir yil davomida turli sohalardagi ilmiy asarlarni mutolaa qilib, bilmlarni chuqurlashtiradi. 
Anjumanda ishtirok etgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari, OʻzMTDP fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov ham soʻzga chiqib, bobomizning bugun insoniyatga xizmat qilayotgan odob-axloqqa oid asarlari haqida gapirdi. Ibn Sino oʻzining axloq toʻgʻrisidagi asarlarida insonlar kundalik ishlarida kamtarlik, izzat-hurmat, jasurlik, toʻgʻrilik, sofdillik kabi axloqiy qoidalarga alohida eʼtibor berishlari zarurligini uqtirgani, tarbiyaning asosi boʻlgan.. 


Asarlari


O limning falsafaga oid eng yirik va muhim asari „Kitob ash-shifo“dir. U 4 qismdan iborat: 1) mantiq — 9 qismga boʻlingan:
almadhal — mantiqqa kirish;
al-maqulot — turlari;
al-iborat — interpretatsiya;
al-qiyos — sillogizm;
al-burhon — isbot, dalil;
al-jadal — tortishuv, dialektika;
as-safsata — sofistika;
alxitoba — ritorika;
ash-sheʼr — poetika (sheʼr sanʼati);
2) tabiiyot (bu yerda minerallar, oʻsimliklar, hayvonot olami va insonlar haqida alohida alohida boʻlimlarda gapiriladi; 3) riyoziyot — 4 fanga boʻlingan; hisob (arifmetika), handasa (geometriya), astronomiya va musiqa;
4) metafizika yoki ilohiyot. Bu asarning ayrim qismlari lotin, suryoniy, ibroniy, nemis, ingliz, fransuz, rus, fors va oʻzbek tillarida nashr etilgan.
Ibn Sinoning yana bir falsafiy asari „Kitob annajot“ „Kitob ash-shifo“ ning qisqartirilgan shakli boʻlib, u ham qisman jahonning bir necha tillariga tarjima qilingan.
Olimning falsafiy qarashlari yana „Al-ishorat vattanbihot“ („Ishoralar va tanbihlar“), „Hikmat almashriqiyn“ („Sharqchilar falsafasi“), „Kitob al-ishorat filmantiq va lhikmat“ („Mantiq va falsafaning ishoralari“), fors tilida yozilgan „Donishnoma“ („Bilim kitobi“) va boshqa turli hajmdagi falsafiy risolalarda hamda „Tayr qissasi“, „Salomon va Ibsol“, „Hayy ibn Yaqzon“, „Yusuf qaqida qissa“ kabi falsafiy mazmunli badiiy qissalarda oʻz aksini topgan.
Ibn Sinoning dunyoqarashi Aristotel taʼlimoti va Forobiy asarlari taʼsirida shakllandi. Uning fikricha, falsafaning vazifasi mavjudotni, yaʼni barcha mavjud narsalarni, ularning kelib chiqishi, tartibi, oʻzaro munosabati, bir-biriga oʻtishini zaruriyat, imkoniyat, voqelik, sababiyat omillari asosida har tomonlama oʻrganishdan iborat.
Olamda mavjud barcha narsalar ikkiga boʻlinadi: zaruriy vujud (vujudi vojib) va imkoniy vujud (vujudi mumkin). Zaruriy vujud eng irodali, qudratli, dono tangridir. Qolgan narsalar imkoniyat tarzida mavjud boʻlib, Tangridan kelib chiqadi. Zaruriy vujud bilan imkoniy vujud munosabati sabab va oqibat munosabatidir. Bu jarayonda olamdagi hamma narsalar emanatsiya tarzida, yaʼni quyoshdan chiqayotgan nur shaklida asta-sekin amalga oshadi. Shu tartibda imkoniyat shaklida mavjud boʻlgan aql, jon, jism, ular bilan bogʻliq osmon sferalari kelib chikadi. Bular hammasi substansiya (javhar) boʻlib, yana borliqda aksidensiya — narsalarning belgilari, rangi, hajmi, xillari mavjud. Jism shakl va moddadan tashkil topadi.
Xudo abadiy, uning oqibati boʻlmish materiya ham abadiydir. Uning oʻzi boshqa tayin jismlarning asosidir. Narsalarning moddiy asosi hech qachon yoʻqolmaydi. Materiyaning eng sodda boʻlinmas shakli 4 unsur: havo, olov, suv, tuproqdan iborat. Ularning turlicha oʻzaro birikuvi natijasida murakkab moddiy narsalar tashkil topadi.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling