Referat Uslubiy me’yorlar Reja; I. O’zbek tili adabiyoti
Download 17.8 Kb.
|
uslubb
Referat Uslubiy me’yorlar Reja; I.O’zbek tili adabiyoti II.uslubiy me’yorlar III.o’zbek tili davlat tili Nutq madaniyati va bu haqdagi tushuncha, ya‟ni so„zlovchilarda yaxshi, o„rinli, ta‟sirchan, umuman maqsadga muvofiq gapirishga intilish tushunchasi o„z mohiyatiga ko„ra ko„hna tarixga ega. Qadimiy davr kishilarida ham kundalik nutqiy an‟analariga rioya qilgan holda gapirishga harakat qilish o„z nutqdoshlaridan boshqacharoq, ya‟ni ta‟sirli va yaxshiroqso„zlashga intilishodati bo„lgani shubhasiz. Bunday nutqiy axloqiy me‟yorlar keyinchalik avloddanavlodga o„tib, har bir davrda ma‟lum prinsiplar asosida o„zgarib, rivojlanib borganva nutqmadaniyatining umumahloqiy talablari darajasiga ko„tarilgan. Demak, tildan foydalanishga o„z fikrini to„liqroq, aniqroq va hatto ifodali hamda ta‟sirchan qilib ifodalashga intilish tushunchasi qadimiy va eski tasavvurdir. Qadimiy tarixga ega bo„lgan yaxshi gapirishga intilish tasavvurini ikki davrga bo„lish mumkin: a) adabiy til paydo bo„lgunga qadar nutq madaniyati; b) adabiy til paydo bo„lgandan keyingi davr madaniyati. Adabiy til paydo bo„lgunga qadar nutq madaniyati ma‟lum, konkret lingvistik talablar bilan aloqador bo„lganmi, yo„qmi biz uchun qorong„udir. Bu maxsus tekshirishni talab qiluvchi masaladir, lekin bu davr nutq madaniyati tushunchasining stixiyali ravishda bo„lsa-da, bir qator axloqiy normalar, nutqiy qoidalar, estetik talablar bilan aloqadorligi shubhasizdir. Demak, madaniy gapirishga intilish tushunchasi barcha xalq tillarida qadimdan mavjud hodisadir. Uslubiy me’yorlar. Fonetik me’yor. Hozirgi o’zbek adabiy tili uchun 6 ta unli, undosh tovushlarning qo’llanishi me’yor hisoblanadi. Leksik –Semantik me’yor. Hozirgi o’zbek tilining lug’aviy me’yori deganda, so’z variantlarining ҳamma uchun tushunarli bo’lgan ko’rinishini tanlab olish tushuniladi. Lug’aviy me’yor imlo, talaffuz va tarjima lug’atlarda o’z aksini topgan bo’ladi. Talaffuz me’yorlari. Til birliklarining og’zaki nutq jarayonida adabiy til me’yorlariga muofiq kelishidir. Ammo, og’zaki nutq, ya’ni talaffuz me’yorlari o’zbek tilshunosligida qat’iy belgilanmagan. Talaffuz me’yorlarni egallashda orfoepik lug’atlarning ahamiyati katta. Aksentologik me’yor. Bunda urg’uni so’z va gaplarda to’gri qo’llash me’yori tushiniladi. Masalan: olma, olma, yangi, yangi, hozir, hozir so’zlarida urg’uni to’g’ri ishlatmaslik so’z ma’nosiga ta’sir qiladi. Grammatik me’yor. Hozirgi tilimizda turlovchi va tuslovchi shakllarning eng maqbul variantlari tanlab olingan va ular nutqda barqaror shaklda ishlatilmoqda. Shunga qaramay, ba’zan - ning o’rnida – ni , -lar o’rnida – la shakllarini xato qo’llash hollari uchraydi: Direktorni xonasida ko’rdim. Direktorning xonasida ko’rdim. Birinchi misolda Direktorning o’zini ikkinchisida boshqa kishini ko’rganlik ma’nosi anglashilmoqda. So’z yasalish me’yori. So’z yasovchi qo’shimchalarning fonetik tuzilishi jihatidan bir qolipda ishlatilishi so’z yasalish me’yori hisoblanadi. Imloviy (orfografik) meyor. Adabiy tilning madaniylik darajasini belgilovchi asosiy mezonlaridandir. Grafik (yozuv) me’yor. Hozirgi yozuvimiz lotin alifbosiga asoslangan yozuvdir. Bosh va kichik harflar hamda yozma va bosma shakl ko’rinishlariga ega bo’lgan yozuv me’yoriydir. Punktuatsion me’yor. O’nta tinish belgi asosida ish ko’radi .( . , : … ? ! ( ) ; « » - ) . Uslubiy me’yor .Adabiy tilning uslubiy me’yori til birliklarining nutqda sharoitga qarab eng ma’qulini qo’llashdir. Uslubiyat tunshunchasi . Uslubiyat va nutq madaniyati tilshunoslikning bir-biriga aloqador, ammo alohida mustaqil soqalaridir. Uslubiyat sohasi nutq madaniyatini ko’tarishga yordam beradigan omillardan biri. Uslubiyat sharoitga, mazmun va maqsadga ko’ra nutqni turlicha tuzish yo’llarini o’rgatadi. Uslubiyat kishilarda gapira olish malakasini, mahoratini tarbiyalashga xizmat qiladi. Uslubiyatni o’zbek alfaviti, orfografiyasi, orfoepiyasini takomillashtirish ishi deyarli qiziqtirmaydi. Nutq madaniyati bular bilan juda qiziqadi. Ko’rinadiki nutq madaniyati o’z maqsad va vazifalari doirasiga ko’ra ancha keng soha bo’lib, uslubit anchagina tor. Jus’iy soҳadir. Shunday qilib nutq madaniyati bilan uslubiyat sohalari teng hodisalar emas, ammo ular biri ikkinchisini to’ldiradi. O’zbek tili -davlat tili O’zbekiston Respublikasining “davlat til haqida ” –gi Qonuni 1989yil 21-oktyabrda qabul qilingan shu davrdan boshlab har yili bu kunni til bayrami sifatida nishonlaymiz. Mustaqqillik sharofati bilan o’zbek tili-davlat tiliga e’tibor kuchaydi, ona tilimizning ijtimoiy mavqeyi kengaydi. O’zbek tilining taraqqiyoti va istiqboli to’grisida g’amxo’rlik qilinib, bir qancha qarorlar qabul qilindi. 1993 yil 2-sentyabrda “lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida” Qonun qabul qilinishi Vatanimizning ma’naviy-madaniy hayotida jahonshumul ahamiyat kasb etdi. Yangi alifboga kiritilgan o’zgarishlar asosida “O’zbek tilining asosiy imlo qoidalari” ishlab chiqildi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1995 yil 24-avgustda tasdiqlandi. Davr taqozasi bilan “Davlat tili haqida ”gi qonunga ham ayrim o’zgartirishlar kiritildi va 1995 yilning 21- dekabrida O’zbekiston Respublikasining yangi taxririda “Davlat tili haqida ”gi qonuni e’lon qilindi. Bu qonun 24- moddan iborat bo’lib, uning birinchi moddasida asosiy qonunimiz bo’lgan Konstitutsyamizning 4-moddasida yozilganidek, “O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir”, deb yozib qo’yilgan. Davlat tilini o’rganish, unga amal qilish tabiiy ehtiyoj va zaruratga, hatto anglagan majburiyatga aylanib bormoqda. O’zbek tilida to’g’ri, ifodali so’zlash va yozish, ona tilimizning sofligi va boyligi to’g’risida tinmay g’amxo’rlik qilish, uning iste’mol doirasini kengaytirib borish davlatimiz fuqarolarining burchi sanaladi. Xususan, har bir yosh o’quvchi o’z ona tilidagi so’z boyligini oshirish hamda til imkoniyatlaridan o’rinli foydalanishga doimo harakat qilishi lozim. So’z fikr qurolidir, kishi qanchalik so’z bilsa, uning fikrlash doirasi, dunyoqarashi ham shunchalik keng bo’ladi. Adabiyotlar ro`yxati 1. Nurmonov A., Iskandarova Sh. Tilshunoslik nazariyasi. Toshkent, 2008. 2. Mo`minov S., Nurmonova D., Karimova O. Nutq madaniyati, Toshkent, 2005. Download 17.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling