Referat va masalalar tahlili Tuzuvchi: Sariboyev Zuhriddin
Download 1.12 Mb.
|
1 2
Bog'liqZUHRIDDIN Yo\'nalish azimuti mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Q. Bahromov, G. Haliova Geografiyadan mashq va masalalarni yechish usullari
0o
Shimol
180o Janub Azimutga oid masalalar 1) O’quvchilar yozgi dam olish oromgohiga avval shimoliy – sharqiy, so’ngra janubiy, keyin esa janubiy-g’arbiy yo’nalishda jo’nab ketdilar. Ular oromgohdan xuddi shu yo’l bilan qaytsalar qaysi yo’nalishlar bo’yicha yuradilar? 2) Agar maktabga 45o azimut bilan borgan bo’lsangiz, uyga qaysi yo’nalishda qaytasiz? 3) O’quvchilar o’lkashunoslik muzeyiga 90o azimut bilan bordilar. Ular qaysi yo’nalishda va qanday azimut bilan qaytib keladilar? 4) O’quvchilar ko’lgacha avval 270o, keyin 225o va 180o azimutlar bo’yicha yurdilar. Ular yurgan yo’nalishlarni aytib, shu yo’lni sxema tarzida tavsirlang. 5) Siz yuz tomoningiz bilan janubga qarab turgan bo’lsangiz sharq, g’arb, janubiy – g’arb va shimoliy – sharq qaysi tomonda ekanligini aniqlang. 6) Siz janubiy – g’arbiy yo’nalishda ketayotgan bo’lsangiz, Sizning o’ng tomoningizda ufqning qaysi tomoni turadi? 7) Tush vaqtida uylarning soyasi tushib turmaydigan ko’cha qaysi yo’nalishda ekanligini aniqlang? 8) Shimol tomonga uchayotgan samolyot, o’z yo’nalishini o’zgartirmasdan qanday qilib janubiy yo’nalishda uchayotgan bo’ladi? Bu yer sharining qayerida sodir bo’lishi mumkin. 9) Jangovor razvedkachi erta saharda qutb yulduziga qarab razvedka uchun dushman ortiga bordi. Kun botayotganda u quyoshga qarab o’z makoniga qaytdi. Sizningcha u qanday qilib quyoshga qarab va qaysi yo’nalishda qaytgan? 10) Yoz kunlaridan birida o’quvchi o’rmon orqali ko’lga chiqayotgan paytda quyosh undan chap tomonda edi. 6 soat o’tgach u uyga qaytayotganda quyosh o’quvchining qaysi tomonida turishini aniqlang. 11) Daftaringizga 30o ,60o ,300o ,330o li azimut yo’nalishlarini chizing va u ufqning qaysi yo’nalishi ekanligini ko’rsating. Xulosa Har qanday aylana 360o ga teng. Ufq tomonlarini yaxshi bilgan kishi adashmaydi lekin uni qanday aniqlaymiz degan savol paydo bo’ladi. Kunduzi quyoshga qarab aniqlaymiz, Tunda esa yulduzlarga qarab. Yopiq hududda ufq tomonlarini aniqlash qiyin. Agar siz old tomoningiz bilan Shimolga qarab turgan bo’lsangiz o’ng tomoningiz Sharq, chap tomoningiz esa G’arb bo’ladi, Orqa tomoningiz Janub bo’ladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Q. Bahromov, G. Haliova Geografiyadan mashq va masalalarni yechish usullari 5-sinf geografiya darslik Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling