Referatеt mavzu: Anorganik moddalarning sinflari Bajardi: Tekshirdi: Toshkent-2014
Download 294.18 Kb.
|
anorganik moddalarning sinflari
Birelementbirxilvalentlikdavodorodatomlarisonibilanfarqlanadigankislotalarhosilqilganidavodorodatomlarisonikamiga - “meta” , vodorodatomlarisoniko’piga –“orto” oldqo’shimchasiqo’yiladi. H2SiO3- meta- silikat, H4SiO4– orto-silikat, HBO2- meta-borat, H3BO3–orto-borat, HPO3 – meta-fosfat, H3PO4- orto-fosfat. Kislota hosil qiluvchi element eng yuqori valentlini namoyon etganida unga “ per” old qo’shimchasi qo’shiladi. HClO4- perxlorat, HMnO4- permanganat, HIO4- periodat. Ba’zan kislotalardan suv chiqib ketishi hisobiga ham ma’lum nomlanishlar beriladi: H4P2O7-piro- yoki difosfat, H2Cr2O7– dixromat yoki bixromat. Xossalari. Kislotalar asoslar bilan ta’sirlashib tuz va suv hosil qiladi: Kislotalar asosli oksidlar bilan ta’sirlashib tuzlar hosil qiladi: Кislotalar tuzlarga ta’sir etib kuchsiz kislotalarni siqib chiqaradi: Kislotalardan НСl,H2SO4,H3PO4,CH3COOHfaol metallar (Mg, Zn,Al,Fe)bilan ta’sir etganda kislotalarning tuzlari va vodorod ajralib chiqadi: Agar kislotalarga passiv metallar (Cu, Ag, Hg, Au, Pt) ta’sir ettirilsa, bu metallarning aktivligi kam bo’lgani uchun ular kislotalar bilan ta’sirlashmaydi. Konsentrlangan sulfat kislota metallar bilan butunlay boshqacha ta’sir etadi. Konsentrlangan sulfat kislotaga Fe, Al, Cr, Au, Pt kabi metallar ta’sir etmaydi. Agar konsentrlangan sulfat kislotaga Сu, Ag, Hg kabi metallar ta’sir ettirilsa jarayon quyidagicha sodir bo’ladi: Konsentrlangan kislota aktiv metallarga (Ca,Mg,Zn) ta’sir ettirilganda: Nitrat kislota ham metallar bilan butunlay boshqacha ta’sir etadi. Konsentrlangan nitrat kislota Fe,Cr, Al,Au ва Pt kabi metallar bilan ta’sirlashmaydi. Cu, Ag, Hg va Pb kаbi faolligi kam metallar bilan ta’sirlashganda quyidagi jarayon sodir bo’ladi: Agar shu metallar suyultirilgan nitrat kislota bilan ta’sirlashsa : Konsentrlangan nitrat kislotani faol metallar bilan ta’siri mahsulotlari qatoriga NO2, N2 , N2O kirishi mumkin. Bunday faol metallar sifatida Ca, Mg, Zn olinsa, ana shu metallar bilan suyultirilgan nitrat kislota NO yoki NH4NO3hosil qilishi ko’zda tutiladi. Kislotalarning olinishi. Kremniy (1V) oksiddan boshqa deyarli barcha oksidlar suv ta’sirida mos kislotalarga aylanadi: Kislorodsiz kislotalar vodorod va metallmaslar ta’siridan hosil bo’lishi mumkin.Hosil boladigan moddalar gazlar, ular suvda eriganda kislotalar hosil bo’ladi: Tuzlarga kislotalar ta’sir ettirilganda ham kuchsiz kislotalar hosil bo’ladi va kuchsiz uchuvchan kislotalarning hosil bo’lishi yoki ularning parchalanishi kuzatiladi: Sanoat miqyosida ishlatiladigan nitrat va sulfat kislotalarning alohida olinish usullari bor. 4.Tuzlar Tuzlar quyidago turlarga bo’linadi: o’rta tuzlar, nordon tuzlar, asosli, qo’sh va kompleks tuzlar. O’rta tuzlar tarkibiga ko’ra faqat metall atomi va kislota qoldig’idan tuzilgan. Ular to’la dissotsilanadi. Shuning uchun ular dissotsilanganda faqat metall kationlari va kislota qoldig’i anionlari hosil bo’ladi: Nomlanishi. Nomlashda avval metall, keyin kislota qoldig’i aytiladi. CuSO4–mis(II) sulfati; Al(NO3)3 – aluminiy nitrati; Fe2(SO4)3- temir(III)sulfati;K4P2O7-kaliy difosfati yoki kaliy pirofosfati; FeSO4 - temir (II) sulfati va hokazo. Ba’zan tarixiy nomlashlar ham uchraydi. AgNO3 kumush nitrat yoki liapis; Na2CO3 – natriy karbonat yoki soda; Nordon tuzlar. Bunday tuzlar tarkibida metall atomi, vodorod atomi va kislota qoldig’i bo’ladi. Nordon tuzlar (6-jadval) ko’p asosli kislotalardan hosil qilinadi. Agar tuz hosil qilish uchun olingan kislota tarkibida faqat bitta vodorod atomi bo’lsa undan nordon tuz hosil bo’lmaydi. Nordon tuzlarning dissotsialanishi bosqichli boradi. Eritmada metall kationi, kislota qoldig’i anioni va vodorod kationi mavjud bo’ladi: Olinishi. Nordon tuzlarni olishda ko’p asosli kislotalarga kuchli asoslar ta’sir ettiriladi.Reaksiyada kislotalar mo’l miqdorda olinadi.Reaksiya bosqichli borib avval nordon tuzlar keyin esa o’rta tuzlar olinadi. 6-jadval. Nordon tuzlarni hosil qiladigan kislotalar va ularning tuzlari
Ko’p asosli kislotalarning o’rta tuzlariga shu kislotalarning o’zini qo’shish orqali ham nordon tuzlar olish mumkin. Masalan: Ko’p asosli kislotalarning o’rta tuzlariga kuchli kislota (H2SO4) ta’sir etishda ham nordon tuz hosil qilganida: Nordon tuzlar asoslarga kislotali oksidlarning ta’sirida ham hosil bo’ladi: Nordon tuzlarning grafik formulasini yozish uchun shu tuz hosil qilgan kislotani grafik formulasini yozib olish kerak. So’ngra kislota qoldig’ini aniqlash va uni asosida nordon tuzni grafik formulasini yozish kerak. Oxirida shu kislota qoldig’iga metall atomi qo’yiladi. Asosli tuzlar. Bunday tuzlar tarkibida metall atomi, gidroksil guruhi va kislota qoldig’i bo’ladi.Asosli tuzlar bir kislotali asoslardan hosil bo’lmaydi.Bunday tuzlar quyidagi asoslardan olinishi mumkin(7-jadval). Download 294.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling