Referatеt mavzu: Anorganik moddalarning sinflari Bajardi: Tekshirdi: Toshkent-2014


Download 294.18 Kb.
bet4/9
Sana18.06.2023
Hajmi294.18 Kb.
#1580232
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
anorganik moddalarning sinflari

Amfoter oksidlar. Amfoter oksidlar (4-jadval) bir paytning o’zida ham kislota ham asos hosil qiladi. Bunday oksidlar ikki yoqlama xossaga ega. Amfoterlik xossalari ZnO, BeO, SnO, PbO, Al2O3, Cr2O3, SnO2, PbO2, GeO2va MnO2 da ham kuzatiladi(4-jadval).
4- jadval. Amfoter oksidlarning kislotalari va asoslari

Amfoter oksidlar

Asosi

Kislotasi*

Tuzdagi qoldiqning
nomi

ZnO

Zn(OH)2

H2ZnO2

Zinkat

BeO

Be(OH)2

H2BeO2

Berillat

Al2O3

Al(OH)3

HAlO2
H3AlO3

m-alyuminat
o-alyuminat

Cr2O3

Cr(OH)3

HCrO2
H3CrO3

m-xromit
o-xromit

MnO2

Mn(OH)4

H2MnO3
H4MnO4

m-manganit
o-manganit

SnO2

Sn(OH)4

H2SnO3
H4SnO4

m-stannat
o-stannat

PbO2

Pb(OH)4

H2PbO3
H4PbO4

m-plumbat
o-plumbat

*bunday kislotalar erkin holda mavjud emas.
Xossalari. Amfoter oksidlar suvda erimaydigan qattiq moddalardir.
Amfoter oksidlar ham kislotalar bilan va ham asoslar bilan o’zaro ta’sirlashadi va mos kislotalarining tuzlarini hosil qiladi:

Xrom(III) oksidi kislota va ishqor eritmalarida erimaydi. Lekin ishqorlarda yoki karbonatlar ishtirokida suyuqlantirilsa xromitlar hosil qiladi:

Betaraf oksidlar.Bunday oksidlar qatoriga indifferent, ya’ni tuz hosil qilmaydigan oksidlar kiradi. Ushbu oksidlar kislota ham asos ham hosil qilmaydi. Betaraf oksidlarga CO, NO,N2O, SiOkabioksidlar kiradi.
Peroksidlar. Peroksidlar oq qattiq moddalardir. Bunday birikmalarni vodorod peroksidning H2O2tuzlari sifatida qaralishi mumkin.Peroksidlarga Na2O2, K2O2, BaO2, ozonid birikmalar KO3 kabi moddalarni olish mumkin.
Peroksidlar faol metallardan bo’lgan ishqoriy metallarning havoda yonishida hosil bo’ladi:

Aralash oksidlar. Bunday moddalar qatoriga oksidlarning aralashmasi yoki ularni tuzlar deb qarashga to’g’ri keladi. Masalan: Fe3O4, Pb2O3, Pb3O4, Mn2O3, Mn3O4, Co3O4. Bu oksidlar biror metallning tuzi ko’rinishida yozilsa Fe(FeO2)2, PbPbO3, Pb2PbO4, Mn2MnO4 tuzlar sifatida yozilishi mumkin. Aralash oksidlar qatoriga shpinellar , ya’ni II va III valentli oksidlar aralashmasini ham kiritish mumkin. Masalan: FeO*Al2O3, ZnO*Al2O3, MgO*Al2O3va boshqalar.


2.Asoslar
Asoslar metallar va gidroksil guruhidan tashkil topgan murakkab moddalardir. Ularning umumiy formulasi Me(OH)n . Me metal atomi, n- metallning valentligi.
Elektrolit sifatida asoslarning dissosialanishida metall kationi va gidroksil anioni hosil bo’ladi.
Bunday moddalar eritmasida lakmus indikatori ko’k rangga, fenolftalein indikatori qizil - pushti rangga kiradi. Ishqorlar eritmalari to’qimalarni yemirish xossasiga ega. Agar asos ko’p kislotali bo’lsa dissotsialanish bosqichli boradi. Asoslarning kislotaliligi ulardagi gidroksid guruhlar soniga teng.


Suvda eriydigan asoslar ishqorlar deyilib, ularga NH4OH, LiOH, NaOH, KOH, RbOH, CsOH, Ca(OH)2, Sr(OH)2, Ba(OH)2 kiradi. Dissotsialanish qobiliyatiga ko’ra asoslar kuchli va kuchsiz asoslarga bo’linadi. Suvdagi suyultirilgan eritmalarda to’la dissotsianadigan asoslarni kuchli asoslar deyiladi. Kuchli asoslarga barcha ishqorlar kiradi. Ishqor so’zi “o’yuvchi” ma’nosini beradi.
Suvda erimaydigan asoslar oz dissotsialanuvchi moddalar qatoriga kirib, odatda bunday asoslar bosqichli dissotsialanadi. Masalan: Cu(OH)2, Mn(OH)2, Fe(OH)2, Cr(OH)3, va boshqalar .

Download 294.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling