3. Kislotalar
Kislotalar. Tarkibida vodorod atomi va kislota qoldig’i tutgan murakkab moddalar kislotalar deyiladi. Kislotalarning umumiy formulasi HnR . R- kislota qoldig’i. n- kislota qoldig’i valentligi yoki kislotalarning asosliligi. Ko’p ishlatiladigan kislotalarning ro’yxati 5 jadvalda berilgan.
Kislotalar eritmada dissotsialanib vodorod kationlarini va kislota qoldig’i anionlarini hosil qiladi.Agar kislota ko’p asosli bo’lsa bunday dissotsialanish jarayoni bosqichli boradi:
Kislota eritmalari nordon ta’mli bo’lib , lakmus indikatorini qizil rangga kiritadi. Fenolftalein indikatori kislotalar ishtirokida o’z rangini o’zgartirmaydi.
Nomlanishi. Kislorodsiz kislotalarni nomlashda element nomiga - “id “ qo’shimchasi qo’shiladi. HCl- xlorid , HBr- bromid, HI – yodid, H2S - sulfid, H2Se- selenid, HCN- sianid, HCNS- rodanid va boshqalar.
Kislota hosil qilgan element turli valentliklar namoyon etsa, ulardan eng past valentlikdagilar ( yoki oksidlanish darajasi) birikmaning kislotasiga - “gipo” old qo’shimchasi qo’shiladi. HClO- gipoxlorit, HIO- gipoyodit, HBrO- gipobromit;
Kislotadagielementningvalentligio’rtachaqiymatgaegabo’lsaelementga –“it” qo’shimchasiqo’shiladi. H2SO3- sulfit , HClO2- xlorit,HNO2- nitrit, H2SeO3- selenit, HBrO2- bromit;
Kislota hosil qilgan elementning valentligi eng yuqori bo’lsa element nomiga – “at” qo’shimchasi qo’shish kerak. H2SO4- sulfat, H2CO3- karbonat, HClO3 –xlorat, HNO3- nitrat, HBrO3- bromat va hokazo.
5- jadval. Eng muhim kislotalarning ro’yxati
№
|
Kislotalarning
formulasiva
angidridlari
|
Kislotalarning
nomlanishi
|
Kislota
qoldigi anioni
|
Tuzlari
|
1
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |