Referati 2 Lidiya davlati


So‘nggi Mermnadlar davrida Lidiya podsholigi


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana27.10.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1726919
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
Lidiya davlati 2.2-topshiriq

So‘nggi Mermnadlar davrida Lidiya podsholigi. Lidiya shohlari Sadiatt va 
Aliatt davrlarida g‘arbda Milet bilan kurash olib boradi. Midiya bilan urush 
m.av. 585-yil 28-maydagi sulh bilan tugaydi. Chunki, shu kuni quyosh tutilib, 
jang maydoni qop-qorong'i tunga aylanadi. Bu hodisadan qo'rqib dahshatga 
tushib har ikki tomonning qo'shini jang maydonini tashlab qochadi. Sulhga 
binoan Galis daryosi ikki mamlakatning chegarasi bo’lib qoladi. Sulhga ko'ra 
Alitta o’z qizini Midiya shahzodasi Astiagga uzatadi. Podsho Krez davrida 
Lidiya qo'shinlari Kichik Osiyo sohilidagi yunon shaharlarini bosib oladi. Shu 
davrda Eron Lidiyaga tahdid sola boshlaydi. M.av. 546-yili Krez qo‘shinlari 
Kappadokiyadagi Pteriya shahri yaqinida Eron qo'shinlari bilan to'qnashadi. 
Urush har ikki tomon uchun natijasiz tugaydi. Shu yili Eron shohi Kurush II 
qo'shinlari Sardi shahri yaqinida Lidiya qo'shiniarini tor-mor etadi. Krez asir 
olinib o'ldiriladi. Shu bilan Lidiya podsholigi barham topib, Ahamonivlar davlati 
tarkibiga qo'shib olinadi. 
3. Lidiyaning ijtimoiy tuzumi, xo‘jaligi va madaniyati. Lidiya Kichik Osiyodagi 
quldorlik davlatlaridan biri edi. Lidiya yakka hokimlikka asoslangan davlat 
bo’lib, davlat tepasida shoh turardi. Shoh saroyida qarindoshlari va oliy 
darajadagi aslzodalarning mavqeyi ham baland edi. Davlatning asosiy tayanchi 
piyoda, otliq va jangovar aravalardan tuzilgan qo'shin edi. Shoh huzurida aslzoda 
va harbivlardan tuzilgan kengash faoliyat olib borar edi. Davlat ahamiyatiga ega 
b’lgan masalalarni hal etish uchun xalq yig'ini ham chaqirilib turilardi. Lidiyada 
taxt albatta otadan bolaga meros qilib qoldirilgan. 
Asosiy ishlab chiqaruvchilarni ibodatxona va podsho xazinasiga soliq 
to’lovchilar bo’lgan erkin mayda dehqonlar, chorvadorlar hamda hunarmandlar 
tashkil etgan. Lidiya jamiyatida ijtimoiy va tabaqaviy ierarxiyaning eng quyi 
qismini xususiy va boshqa turdagi qullar tashkil qilgan. 
Lidiya xo'jaligining asosini dehqonchilik tashkil etgan. Genu, Pektol va 
Meandr daryolari vodiysining tuprog'i juda unumdor bo'lib, dehqonlar bu 
yerlarga dukkakli o'simliklar, g'alla va sabzavot ekishgan. Tog’ yonbag'rlariga 
uzum, olma, anor, nok ekib bog'dorchilik bilan ham shug'ullanganlar. 
Lidiya yaylovlarida qo'y-echki, cho'chqa, qoramol podalari va yilqi uyurlari 
boqilgan. 
Lidiya tog’laridan tilla, kumush, mis, temir va qalay qazib olingan.
Lidiyada hunarmandchilik ancha rivoj topgan bo’lib, ustalar ajoyib zargarlik, 
kulolchilik buyumlari, xushbichim kiyimlar tayyorlashga mohir bo’lishgan. 
Hunarmandlar pishiq gisht, turli bo'yoq va sard oxrasini yaratganlar. Lidiyada 
savdo-sotiq rivojlangan edi. Savdogarlar Yunoniston va Old Osiyo mamlakatlari 
bilan qizg'in savdo-sotiq ishlarini olib borganlar. Shuni ta’kidlash kerakki, Lidiya 
shaharlarida uzoq-yaqin mamlakatlardan kelgan savdogarlar va mehmonlar 
uchun maxsus mehmonxonalar bo'lgan. M .av. VII asrda, va'ni Giges va Krez 
davrlarida kumush, oltin, oltin va kumushning tabiiy qotishmasi elektrumdan 
tanga pullar zarb etilgan. Lidiyaliklar o'zlariga xos madaniyat yaratgan. Ular 



yunon alifbosi asosida o'z yozuvlarini yaratganlar. Lidiyada turli amaliy bilimlar, 
xususan tabobat ancha rivoj topgan edi. Tabiblar bemorlarni davolashda 
shifobaxsh meva va giyohlardan dori-darmon sifatida keng foydalanganlar. 
Lidiyalik ustalar me’morchilikda shuhrat qozonib, ajoyib saroylar, ibodatxonalar 
va mehmonxonalar qurgan. Qadimgi Lidiyada naqqoshlik, rassomlik va tasviriy 
san’atning boshqa tarmoqlari ham rivoj topgan edi. 
Mahalliy xalqlar naqshinkor gazlamalar, hashamatli kiyimlar, ajoyib bosh kiyim
va poyabzal tayyorlashni bilishgan.Ular kulolchilik buyumlari bilan nom 
taratgan. Ayniqsa, guldor idishlar va sirli sopol taxtachalar shular jumlasidandir. 
Ular mustahkam g’isht , mineral bo’yoqlar tayyorlashni kashf qilishadi, masalan, 
mashhur sard oxrasida to’q qizil rangli bo’yoq ishlatishgan. 
Zargarlar oltin, kumush, qimmatbaho toshlardan nafis zeb-ziynat buyumlari 
yasab shuhrat qozongan. Lidiyaliklar musiqa, raqs va qo‘shiqchilikda ham katta 
yutuqlarga erishganlar. 
Lidiyaliklar Sandon, Attis, Sabaziy va boshqa xudolarga e’tiqod qilishgan. Ular 
Ulug' Ona, Ona Xudo, Kibeli kabi xudolarga alohida ehtirom bildirilganlar. 
Lidiyaliklar qo'shni xalqlar madaniyatidan keng foydalanib. ular madaniyatiga 
ijobiy ta’sir ko'rsatganlar. 






4. Lidiya yozuvlarini muntazam ravishda to’plash , o’qib chiqish va nashr etish XX 
asr boshlarida boshlanadi. Bu jihatdan lidiya-aramey yozuvlarining topilishi 
lidiya epigrafik matnlarini o’qilishini yengillashtirdi. XX asrning 60-yillaridan 
boshlab lingvinistlar eng qadimgi lidiy va kariy davrigacha bo’lgan yozuvlarni 
o’qish ustida qizg’in tajribalar va bahslar olib bormoqda. Lingvinistik 
ma’lumotlarni va epigrafik yodgorliklarni o’qib chiqishda A.Seys, I.Fridrix, 
P.Mridji, R.Gusman, O.Karruba, A.Xoybek va E.Laroshlarning xizmatlari 
kattadir. 
Lidiya tarixi haqida kelib chiqishi Kariydan bo’lgan Gerodotning “Tarix”ida 
ham qimmatli ma’lumotlar bor. M.avv. IV asrda yashagan lidiyalik tarixchi 
Ksanfa asarlarida ham ko’p ma’lumotlar uchraydi. 



M.avv. I asrda yashagan Nikolay Damasskiy, m.avv. I asr va milodiy I asrda 
yashagan Strabonning “ Geografiya “ asarida ham Kichik Osiyo va 
kichikosiyoliklar haqida ham ko’p ma’lumotlar bor. K.Belegen “Troya shohligi”, 
E.Akrugalya “Frigiya tarixi, san’ati “ , G.Kalltcha , K.Mazetti Lidiyaning 
xronologiyasi haqida ko’p ma’lumot qoldirishgan. 
Xulosa. Bu podsholik tarixda ilk bor tangani kashf etgan davlat sifatida muhim 
o’rin tutadi.Lidiyaning madaniyati qo’shni xalqlar tarixiga ta’siri katta bo’lgan 
va ijobiy ta’sir ko’rsatgan.
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. “QADIMGI SHARQ TARIXI” Abdujabbor Kabirov Toshkent-2016 
“Tafakkur” nashriyoti 203-204 ,216-219- betlar 
2. “JAHON TARIXI” D.Urakov, R.Tursunov, A.Biykuziyev, B.Xaynazarov 
Toshkent 2020 “Innovatsiya-Ziyo” nashriyoti 81-85- betlar 
3. https//uz.wikipedia.org
E’tiboringiz uchun rahmat! 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling