Referati 2 Lidiya davlati
So‘nggi Mermnadlar davrida Lidiya podsholigi
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Lidiya davlati 2.2-topshiriq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lidiyaning ijtimoiy tuzumi, xo‘jaligi va madaniyati.
- E’tiboringiz uchun rahmat!
So‘nggi Mermnadlar davrida Lidiya podsholigi. Lidiya shohlari Sadiatt va
Aliatt davrlarida g‘arbda Milet bilan kurash olib boradi. Midiya bilan urush m.av. 585-yil 28-maydagi sulh bilan tugaydi. Chunki, shu kuni quyosh tutilib, jang maydoni qop-qorong'i tunga aylanadi. Bu hodisadan qo'rqib dahshatga tushib har ikki tomonning qo'shini jang maydonini tashlab qochadi. Sulhga binoan Galis daryosi ikki mamlakatning chegarasi bo’lib qoladi. Sulhga ko'ra Alitta o’z qizini Midiya shahzodasi Astiagga uzatadi. Podsho Krez davrida Lidiya qo'shinlari Kichik Osiyo sohilidagi yunon shaharlarini bosib oladi. Shu davrda Eron Lidiyaga tahdid sola boshlaydi. M.av. 546-yili Krez qo‘shinlari Kappadokiyadagi Pteriya shahri yaqinida Eron qo'shinlari bilan to'qnashadi. Urush har ikki tomon uchun natijasiz tugaydi. Shu yili Eron shohi Kurush II qo'shinlari Sardi shahri yaqinida Lidiya qo'shiniarini tor-mor etadi. Krez asir olinib o'ldiriladi. Shu bilan Lidiya podsholigi barham topib, Ahamonivlar davlati tarkibiga qo'shib olinadi. 3. Lidiyaning ijtimoiy tuzumi, xo‘jaligi va madaniyati. Lidiya Kichik Osiyodagi quldorlik davlatlaridan biri edi. Lidiya yakka hokimlikka asoslangan davlat bo’lib, davlat tepasida shoh turardi. Shoh saroyida qarindoshlari va oliy darajadagi aslzodalarning mavqeyi ham baland edi. Davlatning asosiy tayanchi piyoda, otliq va jangovar aravalardan tuzilgan qo'shin edi. Shoh huzurida aslzoda va harbivlardan tuzilgan kengash faoliyat olib borar edi. Davlat ahamiyatiga ega b’lgan masalalarni hal etish uchun xalq yig'ini ham chaqirilib turilardi. Lidiyada taxt albatta otadan bolaga meros qilib qoldirilgan. Asosiy ishlab chiqaruvchilarni ibodatxona va podsho xazinasiga soliq to’lovchilar bo’lgan erkin mayda dehqonlar, chorvadorlar hamda hunarmandlar tashkil etgan. Lidiya jamiyatida ijtimoiy va tabaqaviy ierarxiyaning eng quyi qismini xususiy va boshqa turdagi qullar tashkil qilgan. Lidiya xo'jaligining asosini dehqonchilik tashkil etgan. Genu, Pektol va Meandr daryolari vodiysining tuprog'i juda unumdor bo'lib, dehqonlar bu yerlarga dukkakli o'simliklar, g'alla va sabzavot ekishgan. Tog’ yonbag'rlariga uzum, olma, anor, nok ekib bog'dorchilik bilan ham shug'ullanganlar. Lidiya yaylovlarida qo'y-echki, cho'chqa, qoramol podalari va yilqi uyurlari boqilgan. Lidiya tog’laridan tilla, kumush, mis, temir va qalay qazib olingan. Lidiyada hunarmandchilik ancha rivoj topgan bo’lib, ustalar ajoyib zargarlik, kulolchilik buyumlari, xushbichim kiyimlar tayyorlashga mohir bo’lishgan. Hunarmandlar pishiq gisht, turli bo'yoq va sard oxrasini yaratganlar. Lidiyada savdo-sotiq rivojlangan edi. Savdogarlar Yunoniston va Old Osiyo mamlakatlari bilan qizg'in savdo-sotiq ishlarini olib borganlar. Shuni ta’kidlash kerakki, Lidiya shaharlarida uzoq-yaqin mamlakatlardan kelgan savdogarlar va mehmonlar uchun maxsus mehmonxonalar bo'lgan. M .av. VII asrda, va'ni Giges va Krez davrlarida kumush, oltin, oltin va kumushning tabiiy qotishmasi elektrumdan tanga pullar zarb etilgan. Lidiyaliklar o'zlariga xos madaniyat yaratgan. Ular 5 yunon alifbosi asosida o'z yozuvlarini yaratganlar. Lidiyada turli amaliy bilimlar, xususan tabobat ancha rivoj topgan edi. Tabiblar bemorlarni davolashda shifobaxsh meva va giyohlardan dori-darmon sifatida keng foydalanganlar. Lidiyalik ustalar me’morchilikda shuhrat qozonib, ajoyib saroylar, ibodatxonalar va mehmonxonalar qurgan. Qadimgi Lidiyada naqqoshlik, rassomlik va tasviriy san’atning boshqa tarmoqlari ham rivoj topgan edi. Mahalliy xalqlar naqshinkor gazlamalar, hashamatli kiyimlar, ajoyib bosh kiyim va poyabzal tayyorlashni bilishgan.Ular kulolchilik buyumlari bilan nom taratgan. Ayniqsa, guldor idishlar va sirli sopol taxtachalar shular jumlasidandir. Ular mustahkam g’isht , mineral bo’yoqlar tayyorlashni kashf qilishadi, masalan, mashhur sard oxrasida to’q qizil rangli bo’yoq ishlatishgan. Zargarlar oltin, kumush, qimmatbaho toshlardan nafis zeb-ziynat buyumlari yasab shuhrat qozongan. Lidiyaliklar musiqa, raqs va qo‘shiqchilikda ham katta yutuqlarga erishganlar. Lidiyaliklar Sandon, Attis, Sabaziy va boshqa xudolarga e’tiqod qilishgan. Ular Ulug' Ona, Ona Xudo, Kibeli kabi xudolarga alohida ehtirom bildirilganlar. Lidiyaliklar qo'shni xalqlar madaniyatidan keng foydalanib. ular madaniyatiga ijobiy ta’sir ko'rsatganlar. 6 7 4. Lidiya yozuvlarini muntazam ravishda to’plash , o’qib chiqish va nashr etish XX asr boshlarida boshlanadi. Bu jihatdan lidiya-aramey yozuvlarining topilishi lidiya epigrafik matnlarini o’qilishini yengillashtirdi. XX asrning 60-yillaridan boshlab lingvinistlar eng qadimgi lidiy va kariy davrigacha bo’lgan yozuvlarni o’qish ustida qizg’in tajribalar va bahslar olib bormoqda. Lingvinistik ma’lumotlarni va epigrafik yodgorliklarni o’qib chiqishda A.Seys, I.Fridrix, P.Mridji, R.Gusman, O.Karruba, A.Xoybek va E.Laroshlarning xizmatlari kattadir. Lidiya tarixi haqida kelib chiqishi Kariydan bo’lgan Gerodotning “Tarix”ida ham qimmatli ma’lumotlar bor. M.avv. IV asrda yashagan lidiyalik tarixchi Ksanfa asarlarida ham ko’p ma’lumotlar uchraydi. 8 M.avv. I asrda yashagan Nikolay Damasskiy, m.avv. I asr va milodiy I asrda yashagan Strabonning “ Geografiya “ asarida ham Kichik Osiyo va kichikosiyoliklar haqida ham ko’p ma’lumotlar bor. K.Belegen “Troya shohligi”, E.Akrugalya “Frigiya tarixi, san’ati “ , G.Kalltcha , K.Mazetti Lidiyaning xronologiyasi haqida ko’p ma’lumot qoldirishgan. Xulosa. Bu podsholik tarixda ilk bor tangani kashf etgan davlat sifatida muhim o’rin tutadi.Lidiyaning madaniyati qo’shni xalqlar tarixiga ta’siri katta bo’lgan va ijobiy ta’sir ko’rsatgan. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. “QADIMGI SHARQ TARIXI” Abdujabbor Kabirov Toshkent-2016 “Tafakkur” nashriyoti 203-204 ,216-219- betlar 2. “JAHON TARIXI” D.Urakov, R.Tursunov, A.Biykuziyev, B.Xaynazarov Toshkent 2020 “Innovatsiya-Ziyo” nashriyoti 81-85- betlar 3. https//uz.wikipedia.org E’tiboringiz uchun rahmat! Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling