Referati 2 Lidiya davlati


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana27.10.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1726919
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
Lidiya davlati 2.2-topshiriq

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



 
 
2.  Lidiya podsholigining tashkil topishi va rivoji. M. av. XIII asrda Sardi shahri 
Assuva (Osiyo) mamlakatining poytaxti bo'lgan ekan. M. av. XIII asrda Assuva 
xett qo'shinlari tomonidan bosib olinadi, uning poytaxti Sardi talanib, so'ng unga 
o‘t qo‘yiladi. Xettlar katta o’lja va ko'pdan-ko'p harbiy asirlar bilan vatanlariga 
qaytadilar. Xettlardan keyin mamlakatni yunonlar osonlik bilan bosib oladi. 
M.av. I mingyillik boshlarida Lidiya Frigiya podsholigi tomonidan bosib olinadi. 
M.av. VII asr boshlariga kelib Frigiya podsholigi parchalanib ketadi. Lidiya 
uning tarkibidan chiqib ketadi. 
 Mermnadlar sulolasi davrida Lidiya. M.av. VII asr boshlarida Lidiya o‘zini 
tiklab oladi. Lidiya podsholigi Mermnad sulolasining asoschisi Giges (m.av. 
692-654) podsholik qilgan davrda kuchayadi. Giges davrida Frigiyaning bir 
qismi. Karn, Troya va Misiya Lidiya tarkibiga qo‘shib olinadi. Giges Egey 
dengizi sohillariga chiqishi uchun Milet va Smirna shaharlari ustiga qo‘shin 
tortadi. Gigesning bu yurishi yaxshi natija bermaydi. Giges ossur podshosi bilan 
ittifoq tuzib, Kappadokiyada kimmeriylar ustidan g‘alaba qozonadi. Shu yo'l 
bilan Ossuriya Lidiyani o‘ziga tobe qilib olmoqchi edi. Lidiya Ossuriya asoratiga 
tushib qolrnaslik uchun Misr va Bobil bilan bitim tuzadi. Shu vaqtda 
kimmeriylar Lidiyaga bostirib kirib, Gigas qo'shinlarini yengadi. Jangda Giges 
halok bo’ladi. Gigesning o‘g'li Ardis (m.av. 654-605) davrida Lidiya nozik 
siyosat qo’llab, ossurlar va kimmeriylar asoratidan qutuladi. Ardis 
kimmeriylaming yangidan boshlagan hujumini qavtarib, Egey dengiziga yo'l 
ochish uchun kurash boshlaydi.




Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling