Referati Bajardi : Roziqova Barchinoy Qabul qildi: Fayziyeva Mabuda


Download 164.84 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi164.84 Kb.
#1374329
TuriReferat
Bog'liq
2 5298925651015773352





Guliston davlat universiteti
Pedagogika fakulteti
Maktabgacha ta'lim yo'nalishi
56-21 guruh talabasi Roziqova Barchinoyning"UmumiyPedagogika "fanidan tayyorlagan
Referati
Bajardi :Roziqova Barchinoy
Qabul qildi: Fayziyeva Mabuda


Mavzu: Mustaqil Òzbekiston ta'lim tizimi. Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlar rivoji.
REJA:
1.Mustaqillik va ta’lim sohasidagi islohotlar
2.Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro’yobga chiqarishning asosiy bosqichlari
3. Bugungi kunda ta’lim sohasidagi islohatlar.
Mustaqil Respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini yangilash va yangi ijtimoiy muhit sharoitida uni yanada rivojlantirish zarur edi. Chunki huquqiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalarda olib borilayotgan islohotlarda asosiy maqsad ham barcha fuqarolarning hayotini ijtimoiy himoyalash, ularning turmush sharoitini yaxshilash, ma’naviy jihatdan yuksaltirish, eng muhimi, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdan iborat edi.
Ana shu maqsadni amalga oshirish borasida Respublikamiz hukumati uzluksiz ta’lim tizimini tubdan isloh qilishni va milliy kadrlarga bo’lgan ehtiyojni tobora ortib borayotganligini hisobga olib ta’lim tizimini ham yangilashni taqozo etar edi. Shu maqsadda dastlab 1992 yilda, ikkinchi marotaba 1997 yil 29 avgustda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1X sessiyasida “Ta’lim to’g’risida” Qonun hamda “Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi” keng muhokama qilindi va tasdiqlandi.
1997 yilda qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun respublikamizda ta’lim va tarbiya tizimini takomillashtirish, fuqarolar kasbiy tayyorgarligi va har bir fuqaroning ilm olish konstitutsion huquqini ta’minlash kabi qator dolzarb vazifalarni belgilab berdi. Respublikamizda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy sohadagi islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirib borish ishlari boshlab yuborildi. Ta’lim sohasidagi islohotlarni ham bosqichma-bosqich amalga oshirish djasturlari qabul qilindi.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilishning tashkiliy, ilmiy va metodik asosi bo’lib xizmat qildi. Milliy dasturning asosiy maqsadi uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish bo’lib, u ijodiy va mustaqil fikrlovchi, tafakkuri rivojlangan, erkin shaxsni shakllantirish bilan barcha sohalarda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni kafolatlash bilan ahamiyatli bo’ldi. Shunga ko’ra, mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq boy madaniyatimizni tiklash va uni rivojlantirish, ta’lim tizimini takomillashtirish, uni zamon talablariga javob bera oladigan jahon andozalari darajasiga ko’tarish maqsadiga e’tibor qaratildi. 1996-1997 o’quv yilidan boshlab birinchi sinflarda o’qishning lotin yozuviga asoslangan fan dasturlari, o’quv adabiyotlari va darsliklarining yaratilishi – ta’lim sohasida qo’yilgan dastlabki qadamlar edi. O’tgan davrda yangi turdagi ta’lim muassasalari tashkil etildi. Oliy o’quv yurtlari qoshida litseylar ochildi. Qobiliyatli o’quvchilar chet ellarda ta’lim ola boshladi. O’qituvchilar xorijiy davlatlarda bo’lib, ilg’or tajribalarni o’rganib kela boshladilar.
Viloyatlarda yangi-yangi biznech maktablari, kichik va o’rta kasb hunar kurslari ochila boshlandi va bozor iqtisodi sharoitida fermer, soliq va bojxona xodimlari, audit va boshqa yangi mutaxasissliklar kiritildi.
Oliy maktab sohasida test usuli joriy etildi. Viloyatlardagi pedagogika institutlari universitetlarga aylantirildi, chet el mutaxassislari respublikamiz o’quv muassasalariga jalb etildi. “Mahalla”, “Kamolot”, “Sog’lom avlod uchun”, “Nuroniy”, “Ulug’bek”, “Umid” jamg’armalari ta’lim sohasini rivojlantirishga o’z hissalarini qo’shib keldilar.
Ta’kidlash joizki, mustaqillikning dastlabki yillarida xalq ta’limi tizimi zamon talablari darajasida emas edi. Ta’lim tizimi Sho’ro zamonidan meros bo’lib qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’liq xalos bo’la olmay, sohadagi muammolar to’liq hal etilmagan, amaldagi ta’lim tizimi taraqqiy etgan davlatlar darajasida tashkil etilmagan edi. Shuningdek, mutaxassis kadrlar tayyorlash, ularga ta’lim va tarbiya berish tizimining mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga mutanosib emasligi, ta’lim muassasalarining moddiy texnika bazasi zamon talablarga javob bermasligi, kadrlar tayyorlash muammosi hal etilmayotganligi ko’za yaqqol tashlanib qoldi. Ta’lim muassasalarining davlat ta’lm standartlari, o’quv dasturlari, darslik va qo’llanmalari ham zamon talablariga javob bera olmayotganligi ma’lum bo’ldi.
Oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimida ham islohot o’tkazish zarurati yuzaga keldi. Bularning barchasini hisobga olib, 1997 yil mart oyida Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga muvofiq, respublikamizda ta’lim tizimini isloh etilish, kadrlar tayyorlash jarayoniga zamon talabi darajasida o’zgartirishlar kiritish maqsadida maxsus komissiya tuzildi va natijada “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” Oliy Majlis sessiyasida qabul qilindi.
1997 yilda qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunga asosan Ta’lim O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyot sohasida ustuvor deb e’lon qilindi. Ta’lim sohasidagi davlat siyosati quyidagi asosiy tamoyillar ustuvorligida olib borildi:
- ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterida ekanligi;
- ta’limning uzluksiz va izchilligi;
- umumiy o’rta, shuningdek o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi;
- o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo’nalishini: akademik litsey va kasb-hunar kollejida o’qishni tanlash ixtiyoriyligi;
- ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
- davlat standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
- ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
- bilimli bo’lish va iste’dodni rag’batlantirish;
- ta’lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini uyg’unlashtirish.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga binoan ta’lim tizimini isloh qilish bosqichma-bosqich amalga oshirilishi nazarda tutildi:
Birinchi bosqich – 1997-2001 yillarni o’z ichiga olib, bu o’tish davri deyiladi. Bu yillarda yangi davlat talablari darajasidagi ta’lim standartlarini yaratish, o’quv dasturlari ustida ishlash, umumta’lim maktablarini qayta qurish, ularni rekonstruktsiya qilish, o’rta maxsus va kasb-hunar ta’lim tizimiga zamin tayyorlash va uzluksiz ta’lim tizimiga asos solishga qaratildi. Bu davrda maktablar qayta ta’mirlandi. Yangi tipdagi akademik litsey va kasb-hunur kollejlari barpo etildi. Ularning moddiy texnik bazasi zamon talablari darajasida mustahkamlandi. Davlat ta’lim o’quv-me’yoriy xujjatlariga asos solindi. O’quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratishga erishildi. Ta’lim va tarbiya mazmunida milliy va umumbashariy qadriyatlarning ustuvorligi tamoyiliga amal qilindi.
Ikkinchi bosqich – 2001-2005 yillarga mo’ljallandi. Bu davrda milliy dasturni to’liq amalga oshirish ko’zda tutildi. Ushbu davrda asosiy e’tibor uzluksiz ta’lim tizimining barcha turlarida sifat va samaradorlikka erishish, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini o’zlashtirish va o’quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etishga qaratildi. Asosiy maqsad – har tamonlama etuk malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishishdan iborat edi. Bu borada ko’plab muvofaqqiyatlarga erishildi. Biroq, uzluksiz ta’lim tizimida bir qancha yutuqlarga erishilgan bo’lsada, anchagina muammolarga ham duch kelindi. Masalan, maktabgacha ta’lim tizimi mutlaqo e’tibordan chetda qolib, unda bolalar qamrovi 25% dan pastga tushib ketdi; ayrim maktablar nochor holatga tushib qoldi; ko’plab kasb-hunar kollejlarida o’quvchilar davomati, ta’lim sifati achinarli holga kelib qoldi; oliy ta’lim tizimida kooruptsion holatlarga yo’l qo’yildi; uzluksiz ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash jarayoni va sifati xalqaro standart talablariga javob bera olmay qoldi. Bugungi kunda uning ko’plab kamchilik va qoidalariga o’zgartirishlar kiritilmoqda.
Uchinchi bosqich – 2005 yil va undan keyingi yillarni o’z ichiga oladi. Bugungi kunda ta’lim sohasidagi islohot tajribalari tahlil etilib, umumlashtirildi. Kadrlar tayyorlash tizimi tubdan takomillashtirilib, yanada rivojlantirilib borilmoqda.
Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev davlat rahbari bo’lgan kundan boshlaboq, O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strotegiyasi qabul qilindi. Respublikamizning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalarida keskin o’zgarishlar sodir bo’la boshlandi. Ijtimoiy sohaning muhim tarkibiy qismi bo’lgan ta’lim tizimini isloh qilishga kirishildi.
Dastlab, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev shu kunga qadar juda og’ir ahvolga tushub qolgan maktabgacha ta’lim muassasalarini isloh qilish, uni tubdan takomillashtirishga qaratilgan bir nechta farmon va qarorlar qabul qildi. Ushbu farmon va qarorlarda belgilab berilgan vazifalar jadal suratlar bilan bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari soni yil sayin ortib bormoqda. Bugungi kunga kelib, bog’chalarda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar qamrovi 60%dan ortdi. 2023 yilga qadar MTTlarda bolalar qamrovi 75%;ni tashkil etilishi kutilmoqda. Yangi tipdagi MTT binolari, ularning moddiy texnik bazasi, o’quv qurollari, me’yoriy xujjatlari va davlat o’quv dasturlari, ularda olib borilayotgan o’quv-tarbiya jarayonlari rivojlangan davlatlar maktabgacha ta’lim va tarbiya muassasalaridan qolishmaydi.
Shuningdek, Prezidentimiz umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi, professional ta’lim, oliy ta’lim tizimida ham keng islohatlarni joriy etdilar. Ushbu ta’lim tizimi turlari bo’yicha ham Prezidentning bir necha farmon va davlat qarorlari qabul qilindi. Shu kunga qadar o’zini to’laqonli oqlamagan kasb-hunar kollejlari tugatilib, 9 yillik umumiy o’rta ta’lim maktablari 11 yillik majburiy ta’limga aylantirildi. Kasb-hunar ta’limi professional ta’limga o’zgartirilib, uning turli darajadagi shakl va bosqichlari tashkil etildi.
“Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” Prezident qarori qabul qilindi. Oliy ta’limda ochiqlik, shaffoflik, erkinliklar ta’minlandi. Ta’lim olishning turli (kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy, inklyuziv va boshqa) shakllari tashkil etildi. Boshqacha qilib aytganda, fuqarolarning ta’lim olishlari uchun davlat tomonidan barcha huquqiy asoslar va imkoniyatlar, muhim shart-sharoitlar yaratildi.
Seminar va amaliy mashg’ulotlarda sizlar bilan birgalikda ta’lim sohasida olib borilayotgan davlat islohatlari, bu borada qabul qilingan farmon va qarorlarning mazmuni, ularda belgilab berilgan vazifalarni amaliyotga joriy etilish holatlari yuzasidan fikr almashamiz.
Ta’lim va tarbiya sohasida olib borilgan davlat islohatlari “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning yangi tahririni (2020 yil 23 sentyabrda) qabul qilishga olib keldi. Ushbu “Ta’lim to’g’risida”gi yangi Qonunga muvofiq O’zbekiston Respublikasida ta’lim siyosati printsiplari, ta’lim tizimi va uning turlariga o’zgartirishlar kiritildi.
Ta’lim sohasidagi asosiy printsiplar quyidagilardan iborat:
ta’lim ustuvorligining tan olinishi;
ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi;
ta’lim sohasida kamsitishlarga yo’l qo’yilmasligi;
ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi;
ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi;
ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati;
ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
o’n bir yillik ta’limning hamda olti yoshdan etti yoshgacha bo’lgan bolalarni bir yil davomida umumiy o’rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi;
davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
o’quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi;
insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi;
jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi;
ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi;
bilimlilik, qobiliyatlilik va iste’dodning rag’batlantirilishi;
ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg’unligi;
ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik.
Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi.
Fuqarolarning ta’lim olish huquqi:
ta’lim tashkilotlarini rivojlantirish;
ta’lim tashkilotlarida innovatsion faoliyatni qo’llab-quvvatlash va o’quv dasturlarini innovatsion texnologiyalarni qo’llagan holda amalga oshirish;
ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, kechki, masofaviy) ta’lim olishni tashkil etish;
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
umumiy o’rta, o’rta maxsus ta’limni va boshlang’ich professional ta’limni bepul olish;
oilada yoki mustaqil o’qish orqali ta’lim olgan fuqarolarga, shuningdek umumiy o’rta ta’lim olmagan shaxslarga akkreditatsiyadan o’tgan davlat ta’lim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan o’tish huquqini berish orqali ta’minlanadi.
Chet ellik fuqarolar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga va qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasida ta’lim olishga haqlidir.
O’zbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan fuqaroligi bo’lmagan shaxslar ta’lim olish uchun O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.


O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi, uning turlari va shakllari quyidagilarda o’z aksini topgan.
Ta’lim tizimi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablarini, o’quv rejalari va o’quv dasturlari;
davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablari va o’quv dasturlarini amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlari;
ta’lim sifatini baholashni amalga oshiruvchi tashkilotlar;
ta’lim tizimining faoliyat ko’rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo’lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar;
ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlarini, shuningdek ularning tasarrufidagi tashkilotlar. Ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir.


Ta’lim turlari quyidagilardan tashkil topgan:
- maktabgacha ta’lim va tarbiya (3 yoshdan 6-7 yoshgacha; MTTga bormagan 6-7 yoshli bolalar 1 yillik “Ilm yo’lida” davlat o’quv dasturi asosida majburiy ta’lim oladilar);
- umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim (maktab (XI yillik) va IX sinfdan keyin AL);
- professional ta’lim (boshlang’ich professional (IX sinfdan keyin maktabda - 2 yillik), o’rta professional (kasb-hunar kollejlari), o’rta maxsus professional ta’lim (texnikumlar);
- oliy ta’lim;
- oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
- kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
- maktabdan tashqari ta’lim.
Nazorat savollari
1. Respublikamizda mustaqillik e’lon qilingandan so’ng ta’lim sohasida qanday o’zgarishlar sodir bo’ldi?
2. Ta’lim sohasidagi islohotlarning mohiyati nimadan iborat edi?
3. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi birinchi qonuni qachon qabul qilingan va uni amaliyotga tatbiq etish qanday muammolarni keltirib chiqargan?
4. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi ikkinchi qonuni qachon va qaerda qabul qilingan va uni amaliyotga tatbiq etish qanday yutuq va kamchiliklarni yuzaga keltirgan?
5. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi ikkinchi qonunga ko’ra ta’lim tizimi turlari qanday ketma-ketltkda bo’lgan?
6. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy maqsad va vazifalarini sanab o’ting.
7. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro’yobga chiqarish bosqichlari qaysi davrlarni o’z ichiga oladi?
8. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro’yobga chiqarishning asosiy bosqichlarida qanday yutuqlarga erishildi va muammolarga yo’l qo’yildi?
9. Bugungi kunda ta’lim sohasida qanday islohatlar amalga oshirilmoqda?
10. Keyingi yillarda ta’lim va tarbiya sohasini isloh qilish, uni yanada takomillashtirish borasida Prezidentimiz tomonidan qanday farmon va qarorlar qabul qilindi?
11. Ta’lim sohasini isloh qilish to’g’risida qanday Qonun qabul qilindi?
12. “Ta’lim to’g’risida”gi yangi qonun oldingisidan nimasi bilan farq qiladi?
13. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi, uning tur va shakllari qanday jihatlari bilan ajralib turadi?
14. Mustaqillik yillarida uzluksiz ta’lim tizimi va pedagogika fani taraqqiyoti haqida so’zlang?


Foydalanilgan adabiyotlar
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909–son Qarori. – T., 2017 yil, 20 aprel.
2. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi O’RQ-637-son Qonuni. –T., 2020 yil 23 sentyabr.
3. Zununnov A. Pedagogika tarixi. – T., “FAN”, 2010
4. Movlonova R. va boshq. Pedagogika nazariyasi va tarixi.- T.: ”Fan va texnologiya”, 2010
5. Nishonova S., Imomova M., Xasanov R. Pedagogika tarixi. – T., O’qituvchi, 1996.
6. Nasimov K., Nishonova S. Pedagogika tarixi. –T., O’zbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti, 2005.
7. Xoshimov K., Nishonova S., Inomova M., Hasanov R. Pedagogika tarixi. –T., O’qituvchi, 1996
8. Xoshimov K., Ochil S. O’zbek pedagogikasi antologiyasi. – T., O’qituvchi, 2010


Download 164.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling