Referati bajardi: Asilbek Solijonov Tekshirdi: Suyarov. Z


Download 66.06 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi66.06 Kb.
#1388001
TuriReferat
Bog'liq
Документ Microsoft Word


O’zbekiston Respublikasi
Oliy va o’rta maxsus talim vazirligi

Toshkent Moliya Instituti


Andijon fakulteti
Bank ishi va auditi yo’nalishi
1-Kurs Talabasi
Solijonov Asilbekning
O’zbekistonning eng yangi tarixi
fanidan yozgan
REFERATI

Bajardi: Asilbek Solijonov


Tekshirdi: Suyarov.Z


Mavzu:Islom Karimovning hokimiyat tepasiga kelishi va O’zbekiston mustaqilligining e’lon qilinishi


REJA:
1.Islom Karimovning hayoti va faoliyati


2.Islom Karimovning hokimiyat tepasiga kelishi
3.O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining e’lon qilinishi
4.Xulosa

Kirish:
O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti rahmatli Islom Abdug’aniyevich Karimov haqida birinchi bo’lib so’z ochilmasa bo’lmas edi.Shuning uchun birinchi rejada u insonning hayoti va faoliyati degan nom tanladim.Uning hayoti va faoliyatini menimcha barcha o’zbek farzandlari bilishi shart deb hisoblayman.Chunki O’zbekistonni O’zbekiston qilgan shaxs aynan o’sha inson bo’ladi.Uning qilgan ishlarini soatlab,kunlab gapirib o’tirish mumkin.Uning O’zbekistonni mustamlakadan olib chiqqani,qilgan har bir ishlarini bilishimiz shart deb hisoblayman.Va mana shu mavzularni mazkur referatta yoritmoqchiman.
Islom Abdug’aniyevich Karimov 1938-yil 30-yanvarda Samarqand shahrida,xizmatchi oilasida tavallud topdi.O’rta Osiyo Politexnika instituti va Toshkent xalq xo’jaligi institutini tugatgan. Mehnat faoliyatini 1960-yilda Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi („Tashselmash“) zavodida master yordamchiligidan boshladi. Soʻng mazkur korxonada master, texnolog. 1961-yildan 1966-yilgacha  V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor boʻlib ishladi.1966-yilda Oʻzbekiston Davlat plan komitetiga ishga oʻtib, bosh mutaxassislikdan respublika Davlat plan komiteti raisining birinchi oʻrinbosarigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi. 1983-yildan Oʻzbekiston SSR Moliya vaziri, 1986-yildan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti raisining oʻrinbosari — respublika Davlat plan komitetining raisi. 1986-1989 -yillarda Oʻzbekiston KP Qashqadaryo viloyat komitetining birinchi kotibi, 1989-yil iyunidan Oʻzbekiston KP MK birinchi kotibi. 1990-yil 24-martda Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida Islom Karimov O’zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi.1991-yil 30-avgust Karimov tarixiy voqea — Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini eʼlon qildi.1991-yil 29-dekabr muqobillik asosida oʻtkazilgan umumxalq saylovida Karimov O’zbekiston respublikasi prezidenti etib saylandi. 1995-yil 26-martda boʻlib oʻtgan umumxalq referendumi yakunlariga koʻra, Karimovning Prezidentlik vakolati 2000-yilga qadar uzaytirildi. 2000-yil 9-yanvarda u muqobillik asosida Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti etib qayta saylandi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89- va 93-moddalariga muvofiq, Karimov ayni vaqtdaO’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamsi Raisi (1990-1992,),O’zbekiston respublikasi Qurolli Kuchlarini Oliy Bosh qoʻmondonidir. Karimov O’zbekiston fanlar akademiyasi shuningdek, iqtisod, fan, taʼlimni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun oʻndan ortiq xorijiy mamlakat universitet va akademiyalarining faxriy fan doktori,professor hamda akademiklikka  saylangan.

Uning


  1. Oʻzbekistonning oʻz istiqlol va taraqqiyot yoʻli

  2. Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang

  3. Oʻzbekiston — bozor munosabatlariga oʻtishning oʻziga xos yoʻli

  4. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin

  5. Istiqlol va maʼnaviyat

  6. Vatan sajdagoh kabi muqaddas

  7. Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari

  8. Barkamol avlod orzusi

  9. Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari

  10. Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq

  11. Olloh qalbimizda, yuragimizda

  12. Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot — pirovard maqsadimiz

  13. Tinchlik uchun kurashmoq kerak

  14. Oʻzbekistonda demokratik oʻzgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yoʻnalishlari

  15. Yuksak ma’navuyat va yengilmas kuch

va boshqa asarlarida iqtisodiyot, ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotning dolzarb masalalari tadqiq qilingan, Oʻzbekistonning ichki va tashqi siyosati ilmiy asoslab berilgan, hozirgi va istiqboldagi vazifalar koʻrsatib oʻtilgan. Uning asarlari ingliz,rus,fransuz,ispan,nemis,hind,xitoy,arab,koreys,turk va boshqa xorijiy tillarga tarjima qilinib, bir necha bor nashr etilgan.
Uning bolaligi urush va urushdan keyingi yillarga to‘g‘ri keldi. U va uning barcha yaqinlari bir burda nonning haqiqiy bahosini bilganiga qarmasdan, qiyinchilik va yo‘qchilikni boshidan kechirdi, ular minglab vatandoshlarimiz kabi Ikkinchi jahon urushi vaqtida O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan kishilar bilan o‘z uyi va tuz-nonini baham ko‘rgandi.Islom Karimov 1945 yilda Samarqanddagi A.S.Pushkin nomidagi 21-maktabga o‘qishga kirib, uni oltin medal bilan tamomladi. O‘quvchilik yillari mobaynida ko‘p adabiyotlarni, ayniqsa, tarix bo‘yicha adabiyotlarni o‘qidi. U aniq fanlarni yoqtirardi, shaxmatga, modellashtirish va stol tennisiga qiziqardi.1955 yilda Islom Abdug‘aniyevich O‘rta Osiyo politexnika institutiga o‘qishga kirdi. 1960 yilda uni tamomlab va “muhandis-mexanik” mutaxassisligi bo‘yicha diplom olib, “Toshselmash” zavodida o‘z mehnat faoliyatini boshladi va qisqa davr ichida usta yordamchisi, usta va texnolog kabi lavozimlarda ishlashga ulgurdi. Bu zavod qishloq xo‘jaligi texnikasining har xil turlarini, shu jumladan paxta terish mashinalarini ishlab chiqarardi. Ular O‘zbekiston va boshqa respublikalar dehqonlarining mehnatini yengillashtirardi, shuningdek, boshqa mamlakatlarga eksport qilinardi. Islom Abdug‘aniyevich uchun bularning barchasini vujudida his qilish, ishlab chiqarishda tajriba orttirish, zavod hayotining “murakkab” va “ijobiy” tomonlarini ko‘rish muhim edi.O‘zining intiluvchanligi, bilimdonligi va tashkiliy fazilatlari tufayli 1961 yilda u sobiq Sovet Ittifoqining harbiy-sanoat majmuasining yirik korxonalaridan birida - Toshkent aviatsiya zavodida muhandis lavozimiga tayinlandi. Bu yerda u 1966 yilgacha ishlab, yetakchi muhandis-konstruktor lavozimigacha ko‘tarildi.Taqdir unga kulib boqmagandi. U qator qiyinchiliklar va to‘siqlarni bartaraf etishi lozim edi. Bu esa uning xarakterini toblar, uni yanada mustahkam qilardi. U hayot yo‘lini, avvalambor, o‘z kuchi va bilimlariga tayanib bosib o‘tdi. Maktab yillarida, institutda, ishlab chiqarishdagi mehnat faoliyatida va iqtisodiy ta’lim olayotganida va dissertatsiyasini himoya qilganida ham u o‘z kuchi va bilimiga tayandi.U ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim oldi.Aynan shu tarzda 1967 yilda u Toshkent xalq xo‘jaligi institutining kechki bo‘limini tamomladi.1973 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutida “O‘zbekiston SSR sanoatining tarmoq tuzilishi va uni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.1975 yilda Moskvada nufuzli Xalq xo‘jaligi boshqaruvi institutida iqtisodiy-matematik usullar va hisoblash texnikasini qo‘llagan holda ishlab chiqarish va rejalashtirishni boshqarish, tashkil qilish zamonaviy usullari sohasi bo‘yicha tahsil oldi.1994 yilda unga iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasi, “makroiqtisodiyot” ixtisosligi bo‘yicha professor ilmiy unvoni berildi. U O‘zbekiston Fanlar akademiyasining “iqtisodiyot” ixtisosligi bo‘yicha haqiqiy a’zosi etib saylandi.1966 yildan e’tiboran Islom Abdug‘aniyevich O‘zbekiston Davlat reja qo‘mitasiga o‘tib, fan bo‘limi bosh mutaxassisi lavozomidan Davlat reja qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimigacha yo‘lni bosib o‘tdi, jiddiy va o‘ziga xos fikrlaydigan iste’dodli iqtisodchi obro‘siga erishdi.1983 yilda Moliya vaziri, 1986 yilda Ministrlar Kengashi raisining o‘rinbosari - O‘zbekiston Davlat reja qo‘mitasi raisi bo‘ldi.Iqtisodchi, nazariyachi va amaliyotchi Islom Karimov xo‘jalik yuritishning ma’muriy-buyruqbozlik tizimi butunlay noto‘g‘riligini ko‘rib anglagan. Respublikaning moliyaviy-iqtisodiy rivojlanishi rejalarini shakllantirgan Davlat reja qo‘mitasida va Moliya vazirligida xizmat pillapoyalaridan o‘tayotib, tahliliy tafakkurga ega bo‘lgan holda hech kimga ma’lum bo‘lmagan yuzaga kelgan muammolarni ich-ichidan his qilardi1986 yilda O‘zSSR Davlat reja qo‘mitasi raisi bo‘lgan Islom Abdug‘aniyevich vaziyatni chuqur o‘rganganidan keyin respublika iqtisodiy talofat oldida turganini angladi. U vaziyatni tushungan va uni yaxshi tomonga o‘zgartishni xohlagan holda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy qo‘mitasiga “O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishi muammolari va istiqbollari haqida”gi ma’lumotnoma tayyorladi.U jiddiy va aniq choralar ko‘rilishiga umid qilgandi. Lekin vujudga kelgan vaziyat rahbariyatning shu darajada g‘azabiga sabab bo‘ldiki, uning Toshkentda bundan buyon qolishga imkoni yo‘q edi. “Nomaqbul” I.A.Karimovdan qutulish istagi shunchalik kuchli ediki, shu tufayli partiya tomonidan viloyat partiya qo‘mitasi birinchi kotibi lavozimiga tayinlashning belgilangan tartibi buzildi. Shunday qilib, u Siyosiy byuro yig‘ilishida Qashqadaryo viloyati partiya qo‘mitasi birinchi kotibi lavozimiga sirtdan tayinlandi. Amalda bu uning markazdan uzoqroqqa “surgun qilinishi” edi.Islom Abdug‘aniyevich juda murakkab viloyatga yuborilgan edi. Butun O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat oson emasdi, Qashqadaryo viloyatida esa vaziyat ancha murakkablashgan edi, chunki avvalgi viloyat rahbariyati xalqning ko‘z ongida o‘zi obro‘sini tushirgan, u yerda partiya rahbarlariga nisbatan ishonch umuman yo‘q edi.Ehtimol, Islom Abdug‘aniyevichning Qashqadaryoga tayinlanishi uni sindirish uchun kerak bo‘lgandir, biroq bu aksincha uning taqdirida burilish yasadi.U Qashqadaryoda qariyb uch yil ishladi. Uning bosh maqsadi xalqning ishonchini qozonish, hokimiyatga nisbatan munosabatini o‘zgartirish, viloyatda ishlarning ahvolini yaxshilashdan iborat edi. Va u buni uddaladi. Qariyb 300 km yo‘llar, bozorlar, ijtimoiy-madaniy ob'yektlar qurildi. Hozirgacha viloyatda odamlar Islom Abdug‘aniyevich Karimov ishlagan kunlarini mamnuniyat bilan eslaydilar.Islom Karimov qanday lavozimda ishlamasin, u, avvalambor, o‘z Vatanining fuqarosi bo‘lib qoldi, xalqining baxtli va farovon turmush kechirishini xohladi. Xalq ham o‘z hayotidagi ijobiy o‘zgarishlarni his qilib, unga katta ishonch bilan qarabgina qolmay, balki o‘z yo‘lboshchisining haqiqiy fikrdoshi bo‘ldi.O‘sha yillarning o‘zida uning Vatan oldidagi xizmatlari “Mehnat Qizil Bayroq” va “Xalqlar do‘stligi” ordenlari bilan taqdirlangandi.1989 yil 23 iyun kuni I.A.Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy qo‘mitasi birinchi kotibi etib saylandi va o‘sha vaqtda fojeali voqealar ro‘y bergan pallada O‘zbekiston boshqaruvini o‘z zimmasiga oldi.
Islom Abdug‘aniyevich yuksak lavozimga kelgan vaziyatni to‘laqonli his qilish uchun uning o‘z so‘zlariga murojaat qilaylik: “Sovet kommunistik tizimi xali-hamon hukmron bo‘lgan 1989 yilni eslaylik. Mayning oxiri — iyun oyining boshida “Farg‘ona voqealari” deb nom olgan mudhish voqealar yuz berdi. Ular butun sobiq Ittifoqni hayratga soldi va nafaqat O‘zbekistondagi, balki butun O‘rta Osiyodagi vaziyatni portlatib yuborishi mumkin edi”.Aynan o‘sha kunlari respublikadagi vaziyat keskin va nafaqat Farg‘ona vodiysida, balki Toshkent, Sirdaryo viloyatlari va boshqa viloyatlarning ayrim hududlarida yer go‘yoki yonib turgan bir paytda O‘zbekiston shaxsiy jasorati va yuz berayotgan voqealarning mazmun-mohiyatiga davlat qarashi, o‘z xalqi va o‘z mamlakati uchun alohida mas’uliyati bo‘lgan rahbarga ega bo‘ldi.Islom Karimov bularning negizida kasodga uchragan ma’muriy buyruqbozlik tizimi, respublikaning milliy, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini inkor etish siyosati, hukmronlik va xalqni kamsitish siyosati yotishini yaxshi anglagan. Markaz tashabbusi bilan tahqirlovchi “paxta ishi”, “o‘zbek ishi” asoratlari xaligacha kishilarning yodida turibdi.Xalokatli vaziyat xom ashyo yo‘nalishiga moslashgan iqtisodiyotda ham vujudga kelgan edi. Respublikada, ayniqsa, aholisi zich yashagan Farg‘ona vodiysida o‘z ijtimoiy-iqtisodiy ahvolidan norozi bo‘lgan kishilarning sabr kosasi to‘lgan edi.Endilikda aniqlik bilan aytish mumkin: aynan Islom Karimov millatlararo ziddiyatni to‘xtatdi, fuqarolar urushi olovini o‘chirdi, yuz minglab, balki millionlab kishilarning hayotini saqlab qoldi, respublikamizda ham, ko‘p millatli aholi yashaydigan Markaziy Osiyo mintaqasida ham tinchlik va xotirjamlikni ta’minladi.
Islom Karimov O‘zbekiston rahbari etib saylanganidan keyingi kunidayoq, ya’ni 1989 yil 24 iyunda hukumat yig‘ilishida u qat’iyan: “Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunday yashashga zamonning o‘zi yo‘l qo‘ymaydi”, degan fikrni ilgari surdi, shuningdek, qadamba-qadam respublikamizni rivojlantirish bo‘yicha chuqur o‘ylangan o‘z dasturini tatbiq etishga kirishdi.Qisqa muddatlarda tubdan ko‘rilgan boshqa choralar bilan birga 1989 yil avgustidayoq tarixiy qaror qabul qilindi - 400 ming gektarga yaqin sug‘oriladigan yerlar qariyb 2,5 million oilaga tomorqa sifatida ajratib berildi. Bu, shubhasiz, dolzarb ijtimoiy muammolarni hal qilishda mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni saqlashga xizmat qildi. Agar bitta tarixiy faktni hisobga oladigan bo‘lsak, ushbu birinchi navbatdagi o‘zgarishning butun miqyosini anglash qiyin emas: sovet hokimiyatining 72 yili mobaynida O‘zbekiston qishloq aholisiga atigi 300 ming gektar yer ajratilgan edi, xolos.1989 yil oktyabrida juda uzoq vaqt mobaynida ikkinchi darajali o‘rinlarda bo‘lgan o‘zbek tiliga davlat tili maqomini bergan “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingani Islom Karimovning dadil siyosiy qadami bo‘ldi. Bu o‘zbek xalqining milliy ongi yuksalishi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, mustaqillikni qo‘lga kiritish yo‘lida birinchi g‘alaba edi.Ta’kidlash joizki, o‘sha vaqtda O‘zbekiston SSSR tarkibida bo‘lgan, unda juda katta mamlakatni boshqaradigan qattiq ma’muriy-buyruqbozlik tizimi amal qilgan. Garchi mazkur qaror Moskva markazi siyosatiga zid bo‘lsa ham, u qabul qilinib tatbiq etildi.O‘zbekiston zimmasiga yuklangan qarorlarga ko‘ra barcha ekinlar uchun mo‘ljallangan maydonlarning deyarli 80-90 foizi bitta ekin - paxta bilan band qilingan edi. Bu katta ijtimoiy va iqtisodiy muammolarga sabab bo‘ldi. Va Islom Karimovgacha kishilar dardiga quloq solib ularning dolzarb muammolarni yechish uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladigan bironta rahbar bo‘lmadi.
Islom Karimov shaxsiy jasurlik bobida ham ibrat bo‘la olardi. Toshkent viloyati Bo‘ka va Parkent tumanlarida avj olgan mitinglarda shaxsiy xavfsizligi haqida bosh qotirmay, u odamlarni so‘zi bilan ishontira olganligini eslashning o‘zi kifoya qiladi. Yoki 1991 yilning oxirida Namangan viloyati ma’muriyatining ekstremistlar tomonidan to‘laligicha nazorat qilingan binosiga himoya qiluvchi xodimlarsiz bir o‘zi kirib, har qanday ekstremizmni, shu jumladan diniy ekstremizmni istisno qiluvchi demokratik va dunyoviy davlat qurish bo‘yicha o‘z nuqtai nazarini qat’iy va aniq qilib ko‘rsatib berdi.Keltirilgan faktlar o‘sha oson bo‘lmagan vaqtning haqiqiy holatini ishonchli tarzda aks ettiradi va hech qanday izoh talab qilmaydi.1990 yil mart oyida M.S.Gorbachev va uning atrofidagilarni hayron qoldirib, O‘zbekiston ittifoqdosh respublikalardan birinchi bo‘lib Respublika Prezidenti lavozimini joriy qildi. 1990 yil 24 mart kuni Oliy Sovetning sessiyasida I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti etib saylandi.1990 yil 21 iyunda O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida I.A.Karimovning tashabbusi bilan “Mustaqillik to‘g‘risidagi deklaratsiya” qabul qilindi. Bu mustaqillik kurash borasidagi jasur va hal qiluvchi qadamlardan bo‘lib, ular ko‘p millionli xalqimiz Moskva markazidan aytilgan kommunistik mafkuraning bosimi ostida boshqa yashashni istamasligining tasdig‘i bo‘ldi.Ta’kidlash joizki, yaratilgan huquqiy asoslarga qaramay, haqiqiy mustaqillikka hali ancha yo‘l bosish zarur edi. Bundan tashqari, Moskva rahbariyati loqaydlik kayfiyatida bo‘lishiga qaramasdan o‘z tasarrufida dunyodagi eng kuchli qatag‘on qiluvchi apparatlardan biriga ega edi va istalgan vaqtda “suverenitetlar paradi”ni bekor qilishi mumkin edi.Aynan shunday vaqtda haqiqiy yetakchi o‘z xalqining qo‘llab-quvvatlashini va ishonchini his qilib, mamlakat taqdiri uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi va qat’iyatlilik, mardlik hamda jasorat namunasini ko‘rsatdi.1991 yil 31 avgustda 12 chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi. O‘sha kunning o‘zida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonunga imzo chekdi.1990 yilning avgustidayoq Islom Karimov kompartiyani qayta tashkil qilishga kirishdi, xalqimizning “Yangi uyni qurmay turib, eskisini buzmang” degan dono fikrini qo‘llab-quvatlab, uning mafkurasi va siyosatini amalda tubdan o‘zgartirishga harakat qildi. Odamlar va ma’muriyat ulkan zaxiralari bo‘lgan hukmron partiya mutlaqo yangi mafkura va siyosatiga ega xalq demokrtatik partiyasiga o‘zgartirildi.Kommunistik partiyaning obro‘si tushib ketgan lahzada o‘zlarini muxolif deb e’lon qilgan “Birlik” va “Erk” partiyasi kabi muqobil partiyalar va harakatlar paydo bo‘ldi.Mamlakatdagi ichki siyosiy vaziyat murakkabligiga qaramay, Islom Karimov fikrlar xilma-xilligini va demokratik qadriyatlarga sadoqatni namoyon qilgan holda dadil qadam qo‘yishga - ko‘p partiyaviylik va muqobillik asosida saylov o‘tkazishga qaror qildi.Saylov 1991 yil 29 dekabrda umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazildi. Mutlaq ko‘pchilik ovoz bilan ushbu yuksak lavozimga Islom Abdug‘aniyevich Karimov saylandi. Unga saylovchilarning 86 foizi ovoz berdi.Prezident saylovi bilan bir vaqtda O‘zbekiston mustaqilligi masalasi bo‘yicha referendum o‘tkazildi. Ovoz berishga kelgan deyarli barcha fuqarolar mustaqil suveren O‘zbekiston uchun fikr bildirdilar.Saylovdagi g‘alabasi bilan Islom Karimov o‘zining butun xalq tomonidan qo‘llab-quvvatlangan siyosati qonuniyligini tasdiqladi. Prezident lavozimidagi vakolatlari haqqoniyligining bunday tasdig‘i, shubhasiz, Islom Karimovga mustaqillikni mustahkamlash hamda orziqib kutilgan siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha olib borayotgan ishlar to‘g‘riligiga ishonchni yanada mustahkamladi.Tarixan qisqa davrda mamlakatimizda davlat va jamiyat qurilishining asosiy tamoyillari aniq ta’riflangan Asosiy qonun - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ishlab chiqilib qabul qilindi. Islom Abdug‘aniyevich uning ustida ishlashda bevosita qatnashib, O‘zbekiston Respublikasi Asosiy qonuni ustida ishlashda konstitutsiyaviy tajribasidan foydalanish uchun AQSh, GFR, Yaponiya, Kanada, Frantsiya, Portugaliya, Italiya, Shvetsiya, Turkiya, Ispaniya, Hindiston, Pokiston, Misr kabi mamlakatlarning konstitutsiyalarini batafsil o‘rganib chiqdi.Islom Abdug‘aniyevich Asosiy qonunni ishlab chiqish bo‘yicha komissiyani boshqarayotib, O‘zbekiston negizida millati, dinga munosabati, ijtimoiy mavqei va siyosiy e’tiqodidan qat’i nazar, insonparvarlik hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash tamoyillari yotgan kelajagi buyuk davlatni ko‘rgandi.Uch oy mobaynida Konstitutsiya loyihasi umumxalq muhokamasidan o‘tib, uning doirasida 6 mingdan ziyod taklif kiritildi va komissiya tomonidan ko‘rib chiqildi.1992 yil 8 dekabrda O‘zbekiston Oliy Kengashi ushbu tarixiy hujjatni qabul qildi.Yangi Konstitutsiya fuqarolarni va davlatni huquq va majburiyatlar orqali o‘zaro bog‘lab turadi. Shu ma’noda hujjat Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining barcha printsipial qoidalarini, ya’ni hayot, shaxs va inson erkinlining daxlsizligi qoidasini o‘zida mujassam etgan.Yangi jamiyat qurishning asosiy negizi sifatida mulkka nisbatan munosabat printsipial ahamiyatga ega. Konstitutsiyada xususiy mulk nafaqat uning boshqa shakllari bilan teng huquqliligi, balki davlat va uning institutlari himoyasi ostida ekanligi e’lon qilingan. Ta’kidlash joizki, ilgari sobiq SSSR huquqiy tizimida “xususiy mulk” tushunchasini “shaxsiy mulk” tushunchasi bilan almashtirgan holda uni chetlab o‘tishga urinishlar bo‘lardi.Ko‘p yillik bir partiyali monopoliyadan keyin davlat hokimiyati qonunchilik, ijroiya, sud hokimiyatiga bo‘linishi tamoyili asosida tashkil qilinishi va tuzilishining huquqiy asoslari yaratildi.Alohida ta’kidlash lozimki, yangi Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqish jarayonida BMT fundamental hujjatlarining qoidalariga va xalqaro huquq printsiplariga qat’iy amal qilindi.Hatto Yevropa mamlakatlari va AQShning eng talabchan ekspertlari, shuningdek, BMT va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik kengashining ko‘p sonli ekspertlari Oliy Kengash tomonidan qabul qilingan Qonunni diqqat bilan tahlil qilib, u umumqabul qilingan demokratik normalarga muvofiqligini e’tirof etdilar. Shu boisdan ham Islom Abdug‘aniyevich “Konstitutsiya — bizning buyuk yutug‘imiz” deb ta’kidlashiga to‘la haqli edi.I.A.Karimov muqobillik asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri, umumiy, yashirin ovoz berish yo‘li bilan bir necha marotaba O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi va har safar saylovchilarning mutlaq ko‘pchilik ovozini oldi. Bu 2000 yil 9 yanvar, 2007 yil 23 dekabr, 2015 yil 29 mart kunlari kuzatildi.Hozirgi vaqtda mamlakatimizda o‘z harakat dasturlari va elektoratiga ega bo‘lgan hamda barcha darajadagi saylovlarda, jumladan mamlakat Prezidenti, Oliy Majlis va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida ishtirok etadigan to‘rtta siyosiy partiya faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidir. Bundan tashqari, mamlakatimizda O‘zbekiston ekologik harakati faol ish olib bormoqda.
Davlat va iqtisodiyotning totalitar, markazlashtirilgan boshqaruv tizimini yo‘q qilish, mustaqil O‘zbekistonning yangi siyosiy va davlat tuzilishining asoslarini shakllantirish, hokimiyatning markazdagi va joylardagi konstitutsiyaviy, vakillik organlari yaxlit tizimini yaratish bo‘yicha ishlar markazda va joylarda maqsadli, bosqichma-bosqich amalga oshirildi.Davlat boshlig‘i tomonidan qabul qilinayotgan qonunlarni tatbiq etishga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qodir, o‘z faoliyatida Oliy Majlis va Prezident oldida mas’ul ijroiya hokimiyatining samarali tizimi yaratildi. Viloyat, tuman va shaharlarda hududlar rivoji uchun javob beradigan hokimlar instituti amal qiladi.Mutlaqo yangi asosda va qisqa muddatlarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va milliy xavfsizlik organlari tizimi shakllandi, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov rahbarlik qilgan Qurolli kuchlarimiz tuzildi.Ichki ishlar vazirligi va davlat xavfsizligi organlari tarkibiy bo‘linmalarining hududiy bo‘ysunuvi bir respublika doirasida shakllangan edi, Qurolli Kuchlarda esa bu masala oson emasdi.O‘zbekistonning o‘z Qurolli Kuchlari bo‘lmagan. Uning hududida bir necha respublikalarni qamrab olgan keng Turkiston harbiy okrugining harbiy qismlari joylashgandi.Ushbu barcha masalalar O‘zbekiston atrofida, ayniqsa, Tojikiston va Afg‘onistonda yuz berayotgan xatarli jarayonlarni hisobga olgan holda tezkor qaror qabul qilishni talab etdi.Umuman olganda, tarkibidagi harbiy qismlarning jangovor qobiliyatiga jiddiy zarar yetkazmagan holda o‘z Qurolli Kuchlarini yaratish bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, huquq-tartibot va milliy xavfsizlik organlari isloh qilindi. Shunday qilib, hozirgi kunda ham mamlakatimiz suvereniteti, konstitutsiyaviy tuzilishi, hududiy yaxlitligi va jamoat tartibining ishonchli himoyasini ta’minlaydigan tizim yaratildi.I.A.Karimov sud hokimiyati tizimini shakllantirishga va mustahkamlashga, uning demokratlashuvi va liberallashuviga, sudning mustaqilligi, xolisligi va odilligini ta’minlashga katta e’tibor qaratdi. Sudlarning ixtisoslashuvi amalga oshirildi, kassatsiya instituti isloh qilindi, ishlarni qayta ko‘rib chiqish apellyatsiya tartibi joriy qilindi, sud muhokamasining barcha bosqichlarida tomonlarning tengligi ta’minlandi.Inson huquqlari bo‘yicha samarali faoliyat ko‘rsatadigan milliy institutlar tizimini yaratish O‘zbekiston demokratik rivojlanishining muhim xususiyatlaridan biri bo‘ldi. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti yaratildi. Ular bir-birini takrorlamasdan, mustaqil va o‘z yo‘liga ega bo‘lib, jamiyatimizda qonun ustuvorligi tamoyiliga rioya qilishga, fuqarolarning huquqlari qonunchilikka muvofiq himoya qilinishiga sharoitlar yaratadi, ularning tatbiq etilishi monitoringini yuritadi.Birgalikda O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutsional tuzilmasini tashkil qiluvchi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar, harakatlar, kasaba uyushmalari, jamoat birlashmalari va jamg‘armalar, nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT), mustaqil ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligi kafolatlandi. Ularning nafaqat soni, balki ishining samaradorligi oshib bordi.
O‘zbekiston xalqi hayotida mahalla singari noyob, asrlar davomida vujudga kelgan o‘zini o‘zi boshqarish jamoat instituti ulkan ahamiyatga ega. Istiqlol yillarida mahalla hayoti bilan bog‘liq yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik, mehribonlik, yordamga muhtoj kishilar haqida g‘amxo‘rlik qilish kabi an’analar tiklandi va rivoj topdi.
Bugungi kunda 10 mingga yaqin fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi ilgari mahalliy hokimiyat organlari vakolatidagi 30 dan ziyod vazifani bajarib kelmoqda, xususan joylarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, jamiyatda axloqiy-ma’naviy qadriyatlar qaror topishi, barkamol yosh avlodni tarbiyalash, aholining ish bilan bandligini oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha ko‘plab masalalarni samarali hal qilmoqda.Biron-bir davlatni bayroq va gerb singari davlat ramzlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Va shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, mustaqil O‘zbekistonning ushbu muhim ramzlarining muallifi Islom Abdug‘aniyevich Karimov hisoblanadi. Shuningdek, u “Mustaqillik”, “Amir Temur”, “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari kabi mukofotlarni yaratish bo‘yicha muallif hamdir.Mustaqillik qo‘lga kiritilishi bilan Prezident I.A.Karimovning faol tashqi siyosiy faoliyati boshlanadi.O‘sha davr uchun eng muhim vazifani hal qilish — O‘zbekiston suveren, mustaqil davlat sifatida e’tirof etilishiga erishish, xalqaro huquqning to‘laqonli sub'yektiga aylanish zarur edi. Butun dunyo nigohi qaratilgan respublikamizda aniq ishlar, tub o‘zgarishlar zarur edi.1992 yil 2 mart kuni O‘zbekiston xalqaro huquqning to‘lqonli sub'yekti sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. Bu respublikamizning rivojlanishida sifat jihatidan yangi bosqichni boshlab berdi, shuningdek, faol xalqaro iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik uchun imkoniyat yaratildi.133 ta mamlakat O‘zbekiston bilan xalqaro aloqalar sub'yekti sifatida diplomatik munosabatlar o‘rnatdi. O‘zbekiston 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlarga ham a’zo bo‘lib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar ishida faol ishtirok etib, mintaqaviy va global rivojlanishning ko‘p masalalarini hal qilishga salmoqli hissa qo‘shib keldiShu ma’noda fundamental muammoni hal qilish - tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyat apparatlarini aslida noldan boshlab yaratish lozim edi. Malakali kadrlar yetishmasligi eng murakkab masala edi. Ularni xalqimizning iste’dodli yoshlariga tayangan holda o‘zimizda, O‘zbekistonda tayyorlashga qaror qilindi.Bundan tashqari, I.A.Karimovning 1992 yilning iyulida Xelsinkida o‘tkazilgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha Kengashda ishtirok etgani O‘zbekistonning xalqaro obro‘si e’tirof etilgani hisoblanadi. U YeXHTning yig‘ilishida raislik qilib, “O‘zgarishlar vaqtiga tahdid” deb nomlangan yakuniy hujjatini muhokama qildi. I.A.Karimov BMT Bosh Assambleyalarida va boshqa xalqaro tashkilotlarda bir necha marotaba so‘zga chiqib, o‘zining gohida kutilmagan, balki dolzarb xalqaro muammolarning yechimi bo‘yicha hamisha to‘g‘ri, o‘z yuragidan chiqqan yondashuvni taklif etgan.U XXI asr vabosi hisoblangan terrorizm va u bilan yaqin bog‘langan narobiznesni faqat birgalikdagi harakatlar orqali yo‘q qilish mumkinligi to‘g‘risidagi masalani birinchilar qatorida ko‘tarib chiqdi, ushbu xavf-xatarlarni bartaraf qilish va Markaziy Osiyoda “xavfsizlik belbog‘ini” shakllantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar taklif qildi. Ushbu tashabbuslar Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ular prekursorlarining qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishiga qarshi kurashish bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot muvofiqlashtirish markazi tuzilganida, shuningdek, O‘zbekistonda ShHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining qarorgohi ochilishida ro‘yobga chiqdi.Islom Abdug‘aniyevich Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani yaratish bo‘yicha tashabbusni ilgari surgan va bu borada izchil harakatlar qilgan. Ushbu zonaning yakuniy shakllanishi AQSh, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Xitoy va Rossiya — yadro davlatlari “beshligi” tomonidan imzolangan Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona to‘g‘risidagi shartnomaga Xavfsizlik kafolatlari haqidagi bayonnomada mustahkamlab qo‘yildi.
Islom Abdug‘aniyevich Karimovning faoliyati xalqaro darajada ham yuksak baholandi. U boshqa mamlakatlarning quyidagi mukofotlari bilan taqdirlangan:
— Ukraina Prezidentining Faxriy nishoni (Ukraina), 1992 yil.
— “Mugunxva” ordeni (Koreya Respublikasi), 1995 yil.
— “Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun” Katta Xochi kavaleri ordeni (Italiya), 1997 yil.
— “Altin iran” (Oltin burgut) ordeni. Qozog‘iston, 1997 yil.
— Birinchi darajali “Dono Yaroslav” ordeni (Ukraina), 1998 yil.
— “Ulug‘ Vitautas” ordeni (Litva), 2002 yil.
— “Fuqarolik xizmatlari uchun” ordeni (Ispaniya), 2003 yil.
— “Xizmatlari uchun” birinchi darajali ordeni (Polsha), 2003 yil.
— “Oltin Runo” ordeni (Gruziya), 2003 yil.
— “Stara Planina” ordeni (Bolgariya), 2003 yil.
— “Xaloskor” ordeni” (Gretsiya), 2003 yil.
— “Turkmenistanyn Hormatly il yasulusy” (Turkmaniston), 2007 yil oktyabr.
— “Uch yulduz” ordeni (Latviya), 2008 yil.
— “Jasorat” prezident ordeni (Gruziya), 2013 yil.
— Birinchi darajali “E’tirof xochi” ordeni (Latviya), 2013 yil.
— “Magtymguly Adyndaky Halkara Bayragy” ordeni va “Maxtumquli” xalqaro mukofoti (Turkmaniston), 2014 yil.
Bundan 31 yil avval, 1989 yilning 23 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov mamlakat rahbari o‘laroq ish boshlagan edi. U 1989 yil 23 iyunda O‘zbekiston SSR kompartiyasi Markaziy qo‘mitasi Birinchi kotibi etib tayinlangan edi. Sovet Ittifoqi respublikalarini idora etish amaliyotiga muvofiq, Karimov Kommunistik partiyaning Siyosiy byurosi hamda shaxsan SSSR davlat boshlig‘i Mixail Gorbachyov tasdiqlagach, partiya yetakchisi sifatida O‘zbekiston SSR rahbari vazifasiga kirishdi. 
O‘sha kezlar sobiq Sovet Ittifoqida, jumladan, O‘zbekistonda siyosiy va iqtisodiy vaziyat o‘ta og‘ir bo‘lgani barchaga ma’lum. 
O‘zbekiston SSR ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi bo‘yicha Sovet Ittifoqida so‘nggi o‘rinlarda edi. Milliy va etnik ziddiyatlar esa vaziyatni yanada murakkablashtirgan edi. 
1989 yilning may-iyun oylarida Farg‘ona viloyatida “Farg‘ona voqealari” deb atalgan ommaviy to‘qnashuvlar ro‘y berdi. Oqibatda, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 100 dan ziyod kishi qurbon bo‘ldi, 735 ta turarjoy, 28 ta davlat ob’ekti hamda 275 ta avtotransport vositasi yoqib yuborildi.
Boshqa qator viloyatlarda ham vaziyat notinch edi. Odamlarni tartibsizlikka undovchi kuchlar harakatga tushib qolgandi. 
Moskvadagi SSSR rahbariyati O‘zbekiston SSRdagi vaziyatni izga solmog‘i talab etilar edi. Mintaqada holat o‘ta qaltis ekanini yaxshi anglagan Moskva o‘sha kezlar respublika viloyatlaridan birini boshqarayotgan aqlli, kuchli va shijoatli yetakchiga ishonch bildirdi. Qayd etish joizki, Qashqadaryo viloyati Islom Karimov rahbarlik qilgan 3 yil ichida jadal rivojlana boshladi. Karimov viloyatda ishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yib, qisqa muddatda uni yuqori pog‘onalarga ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi.
Moskva Karimov nomzodini tanlar ekan, u shunchaki respublikani idora etib qolmay, yig‘ilib qolgan jiddiy muammolarni hal qilishiga ishonchi komil edi.
Islom Karimov butun faoliyati davomida yuksak natijalarga erishdi – SSSR hududida respublikaning eng yosh moliya vaziri (1983-1986) bo‘lib qolmay, hali Sovet Ittifoqi hukmfarmolik qilib turgan davrda (1990 yilning marti) ittifoqdosh respublikaning birinchi Prezidenti o‘laroq butun SSSR miqyosida favqulodda qadam tashladi. 
Islom Karimov o‘sha davrni shunday xotirlagan edi:
“1989 yilning iyuni. Tahlikali kezlar edi. Farg‘ona, Qo‘qon, Quvasoy, Guliston, Parkent, Bo‘kadagi qirg‘inu yong‘inlar... Fitna-fasod darvozasi lang ochilib ketgan edi go‘yo. Mamlakat bo‘ylab yoyilgan qudratli to‘lqin mutelik zamonining jamiki dov-dastgohini o‘z domiga tortdi. Hukumat vaziyatni idora qilolmay qoldi.
Boshboshdoqlikka chek qo‘yib, jar yoqasidagi respublikani halokatdan saqlab qolishga qodir inson qidirilayotgan edi. Pirovardida menga murojaat qilishdi. O‘sha pallada nafaqat mening kareram, ta’bir joiz bo‘lsa, butun hayotim garovga qo‘yilganini yaxshi anglar edim. Balandparvozlikka yo‘ymang, ammo “xalq meni to‘g‘ri tushunadi va albatta qo‘llab-quvvatlaydi” degan ishonch menga kuch bag‘ishladi. 
10 yoki 11 iyun kuni, aniq esimda yo‘q, Siyosiy byuro O‘zbekiston kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasi Birinchi kotibi masalasini ko‘rayotgan edi. Muhokama nainki tanqidiy, hatto bepisand ruhda o‘tardi. Beo‘xshov luqmalar, nomaqbul mulohazalar. O‘shanda men minbardan Gorbachyovga qarata: “Mixail Sergeyevich! Mening nomzodimni olib tashlang. Bu yerda kimgadir yoqmayotganga o‘xshayman. Rafiq Nishonovni yana olti oycha lavozimida qoldirishni taklif etaman. U vaziyatni tartibga solganidan so‘ng bugungi masalaga qaytish mumkin. Endi esa mening ketishimga ijozat bering”, dedim. Gorbachyov meni olib qolishga urindi. Men esa: “Ko‘ndirishga harakat qilmang. Menga hammasi kundek ravshan. Ketishimga ijozat bering”, dedim. “Bo‘pti, shunga qaror qilibsiz, ketavering”, dedi u. Men Toshkentga uchdim. Zavodga qaytishga qaror qilgandim. 
Biroq oradan ikki kun o‘tib, uyimga Nishonov qo‘ng‘iroq qildi va Moskva mening birinchi kotiblikka ko‘rsatilishimga rozilik berganini aytdi. 23 iyun kuni O‘zbekiston kompartiyasi MQ plenumi bo‘lib o‘tdi va unda men Birinchi kotib lavozimiga saylandim”.
Islom Karimov zimmasiga yuklangan mas’uliyatni mudom chuqur his etdi, hamisha ko‘ksini o‘z xalqi manfaatlari yo‘lida qalqon qildi. Insoniy fazilatlari, vatanparvarlik va oddiy insonlar talab-ehtiyojini anglay bilish xislati tufayli Islom Karimov tarix sahifalaridan o‘z xalqini mustaqillik sari boshlagan yetakchi sifatida o‘rin oldi.
Karimov kuchli davlat barpo qildi, an’analar, diniy va tarixiy obidalarga qayta hayot baxsh etdi. U ajdodlarga munosib ehtirom ko‘rsatdi. O‘z ona Vatanining madaniyati va tarixini chuqur bilgan holda, yosh davlatning milliy va madaniy o‘zligi g‘oyalarini yaratib, hayotga tatbiq eta oldi. Uning qat’iy maslagi va mashaqqatli mehnati tufayli o‘zbek xalqi o‘zligini angladi. Islom Karimov o‘z Vatani, xalqini sevar edi. Odamlar uning siymosida ularning hayoti uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan ota timsolini ko‘rdi. Ushbu o‘zaro samimiy ehtirom bugun ham davom etmoqda, va Birinchi Prezidentlarini uning ona shahri Samarqandda ziyorat etayotgan yuzlab insonlarning xayrli duolarida namoyon bo‘layotir.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi, Ittifoqdagi vaziyatni oldindan ko`ra bilganligi va unga to`g`ri baho bera olganligi, shunda ko`rinadiki, SSSR tarkibiga kiritilgan respublikalar ichida birinchilardan bo`lib u 1990 yil 20 iyunda " Mustaqillik deklaratsiyasi"ni qabul qildi. O`sha davrda Ittifoqni tish-tirnog`i bilan saqlab qolishga intilayotgan qora kuchlar milliy nizolarni avj oldirish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solgan. Buning misoli sifatida Farg`ona bilan Oshdagi voqealarni keltirishimiz mumkin. O`zbekistonni Mustaqilligining e'lon qilinishi va uning tinchliksevar mamlakatlar tomonidan tan olinib qo`llab-quvvatlanganligi O`zbekistonning tinch yo`l bilan o`z huquqini mustahkamlab olishida juda katta yordam berdi.O`zbekistonning davlat mustaqilligiga erishishida, avvalo, 1990 yil 24 mart kuni Sobiq Ittifoq respublikalari ichida birinchi bo`lib Prezidentlik lavozimining joriy etilishi muhim ahamiyatga egadir. O`zbekiston Respublikasida Prezidentlik lavozimining joriy etilishi mustaqillik g`oyalarini tezkorlik bilan amalga oshishi uchun shart-sharoitlar yaratib berdi. O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan 1990 yil 20 iyunda Oliy Kengash yig`ilishi chaqirilib, "Mustaqillik Deklaratsiya"si qabul qilindi. Bu hujjatning tarixiy ahamiyati shundan iboratki, u o`zbek davlatchiligi tarixidagi birinchi tinch yo`l bilan o`z taqdirini o`zi belgilash huquqi to`g`risidagi hujjat edi. Unga ko`ra, o`zbek xalqi davlat boshqaruvida har bir millatning o`z taqdirini o`zi belgilash huquqini va farovon hayot kechirishini ta'minlashni oliy maqsad deb o`z zimmasiga olgan holda, xalqaro huquq qoidalariga asoslanib o`zining "Mustaqillik Deklaratsiya"sini e'lon qildi. Va bundan buyon O`zbekiston o`zining tashqi munosabatlarida, davlat hokimiyati masalalarini hal etishda tanho hokimligini, uning chegaralari va hududi daxlsiz ekanligi, o`z taraqqiyot yo`lini, o`z nomini, davlat ramzlarini (gerb, bayroq, madhiya) o`zi ta'sis etishi va demokratik huquqiy davlat tashkil topganligini butun dunyoga ma'lum qildi.O`zbekistonning davlat mustaqilligiga erishishi uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma'rifiy yangilanish istiqbollari rejalarini belgilab berdi. Batamom mustaqillikni qo`lga kiritish uchun ma'lum bir vaqt talab qilinar edi. Chunki Sobiq Ittifoq markazida bunga qarshi juda katta kuchlar tayyor bo`lib turar edi. Mana shunday og`ir bir vaziyatda: "taqdir I.A.Karimov zimmasiga jamiyatning murakkab ichki va tashqi siyosiy sharoitlarida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va davlat huquqi masalalarini hal qilishga da'vat etilgan, uning qayta o`zgartiruvchisi bo`lishdek nihoyatda og`ir vazifani yukladi. Shunday vaziyatda ham I.A.Karimov o`zini buyuk rahbar sifatida ko`rsatdi."[1][16]Davlat va jamiyat hayotidagi muammolarni tezkorlik bilan hal etish kechiktirib bo`lmas ahamiyatga ega edi. Chunki o`sha vaqtlarda SSSRning taqdiri hal bo`layotgan edi. "markaz" rahbarlari xalqni har xil siyosiy yo`llar va kuch bilan qo`rqitib, Ittifoqni saqlab qolishga harakat qilayotgan edilar. O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi, Ittifoqdagi vaziyatni oldindan ko`ra bilganligi va unga to`g`ri baho bera olganligi, shunda ko`rinadiki, SSSR tarkibiga kiritilgan respublikalar ichida birinchilardan bo`lib u 1990 yil 20 iyunda "O`zbekiston Respublikasining Mustaqillik deklaratsiyasi"ni qabul qildi.O`sha davrda Ittifoqni tish tirnog`i bilan saqlab qolishga intilayotgan qora kuchlar milliy nizolarni avj oldirish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solgan. Buning misoli sifatida Farg`ona bilan Oshdagi voqealarni keltirishimiz mumkin.Shunga qaramasdan 1991 yil 31 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining sessiyasi chaqirilib, "Davlat Mustaqilligi to`g`risida Oliy Kengash Bayonot"i e'lon qilindi: "O`tmishdan saboq chiqarib Ittifoqning siyosiy hamda ijtimoiy hayotidagi o`zgarishlarni e'tiborga olib, xalqaro-huquqiy hujjatlarda qayd etilgan o`z taqdirini o`zi belgilash huquqiga asoslanib, O`zbekiston xalqlarining taqdiri uchun butun mas'uliyatni anglab, shaxsning huquq va erkinliklari, mustaqil davlatlar o`rtasida chegaralarning buzilmasligi to`g`risidagi Xelsinki shartnomalariga qat'iy sadoqatni bayon etib, millati, diniy e'tiqodi va ijtimoiy mansubligidan qat'iy nazar, respublika hududida yashovchi har biri kishining munosib hayot kechirishini sha'ni va qadr-qimmatini ta'minlaydigan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat barpo etishga intilib, "Mustaqillik Deklaratsiya"sini amalga oshira borib, O`zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi O`zbekistonning davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat – O`zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e'lon qildi".Shu kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi O`zbekiston Respublikasining "Mustaqillik Deklaratsiyasi"ga va "Davlat mustaqilligi to`g`risidagi Oliy Kengash Bayonoti"ga asoslanib, "O`zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to`g`risida"gi konstitutsiyaviy qonunni qabul qildi. Ushbu qonun O`zbekistonning davlat mustaqilligiga erishganligini uzil-kesil mustahkamladi. Unda, jumladan "O`zbekiston Respublikasi o`z tarkibidagi Qoraqalpog`iston Respublikasi bilan birga, mustaqil demokratik davlatdir" deyiladi. Ushbu qonunda O`zbekiston Respublikasi xalqining severenligi, davlat hokimiyati uning xohish-irodasiga muvofiq vakillik organlari tizimi orqali amalga oshirilishi, hududi va chegaralari daxlsiz va bo`linmasligi, u O`zbekiston xalqining roziligisiz o`zgartirilishi mumkin emasligi prinsiplari mustahkamlandi. Shuningdek, davlat hokimiyati idoralarining tizimi, hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo`linishi tartibiga asoslanishi belgilab berildi. O`zbekiston Mudofaa ishlari vazirligini tuzish, Milliy gvardiya va muqobil xizmatni tashkil etish mustaqil davlatning asosiy belgisi sifatidagi huquqi ekanligi ko`rsatildi. Uning hududidagi barcha moddiy va ma'naviy boyliklar umummilliy boylik ekanligi, ishlab chiqarish vositalari va boshqa noishlab chiqarish fondlari, transport, aloqa va energetika tizimlari respublika mulkidir, deb mustahkamlandi. Dastlabki bozor munosabatlarini rivojlantirishda mulk shakllari bundan buyon to`liq takomillashtirilishi va buning tegishli qonunlar asosida kafolatlanishi belgilab berildi. Chet davlatlar bilan diplomatik, konsullik, savdo aloqalari, muxtor vakillar bilan ayriboshlash, xalqaro shartnomalar tuzish, xalqaro tashkilotlarga a'zo bo`lish uning ajralmas huquqidir deb ko`rsatildi. Shular bilan birga, O`zbekiston Respublikasi o`z hududida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy munosabatlarni rivojlantirish va tartibga solishda inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga muvofiq, inson qadr-qimmati ulug`lanishini doimo nazarda tutishini, o`z taraqqiyot yo`lini, o`z davlat ramzlari va davlat tilini o`zi belgilashini deb e'lon qildi."O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi dunyoga kelishiga asosan ikkita omil sabab bo`ldi. Shulardan biri jamiyatning bozor munosabatlari tomon tutgan yo`li, yangi taraqqiyotdagi umumiy qonuniyatlar va yo`nalishlarga muvofiq ravishda O`zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirib borishi bo`ldi… O`zbekistonning davlat mustaqilligi O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini ishlab chiqish va qabul qilinishini taqozo etgan ikkinchi omil bo`ldi."[3][18]Respublikaning yangi Konstitutsiyasini ishlab-chiqish zururligi to`g`risidagi g`oya XII chaqiriq Oliy Kengashning 1990 yil martida bo`lib o`tgan birinchi sessiyasidayoq yangragan edi. Oliy Kengashning 1990 yil iyunda bo`lib o`tgan ikkinchi sessiyasi respublika Prezidenti I.A.Karimov raisligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya komissiyasini tashkil etdi. Komissiya tarkibiga viloyatlar, Qoraqalpog`iston Respublikasi vakillari, xo`jaliklar, korxonalarning rahbarlari, davlat va jamoat idoralari rahbarlari, olimlar va xalq xo`jaligi mutaxassislari kirdi. Komissiya a'zosi bo`lgan akademik SH.Z.O`razayevning "Mustaqil O`zbekiston Konstitutsiyasi" nomli risolasida quyidagilar bayon qilingan:Shunday qilib, Prezident I.A.Karimovning zimmasida ikkita eng muhim muammoni hal etish vazifasi turgan edi. Bu-respublikaning davlat mustaqilligini ta'minlash va uning Konstitutsiyasini qabul qilishdir. Mazkur vazifalar kechiktirib bo`lmas, birinchi darajali mazmun kasb etib turgan ijtimoiy muammolarni hal etishga e'tiborni susaytirmagan holda amalga oshirilishi lozim edi.Davlat mustaqilligining O`zbekiston Konstitutsiyasida mustahkamlab qo`yilganligi butun bir davr mazmuniga ega voqealarni o`z ichiga olib, bunda Prezident davlat faoliyatining gultoji hisoblanadi. 1991 yil 12 aprelda I.A.Karimov boshchiligida Konstitutsiya komissiyasining birinchi majlisi bo`lib o`tdi. Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishga tayyorgarlik sohasidagi butun ishni markazlashtirib turish maqsadida Konstitutsiya komissiyasi a'zolaridan hamda taniqli olimlar va mutaxissislardan 32 kishidan iborat ishchi guruhi tuzildi. Uning tarkibiga Oliy Kengashning qator qo`mitalarining, vazirliklar, prokuratura, sud organlarining rahbarlari, olimlar, Respublika Prezidenti devoni va Oliy Kengash idorasining mas'ul hodimlari kirdilar.Konstitutsiya komissisiyasining raisi ishchi guruhi oldiga aniq vazifa qo`ydi: jahon tajribasi o`rganilsin, boshqa mamlakatlarning inson huquqlari borasida, demokratiya va qonunchilik sohasida qo`lga kiritgan yutuqlari asosida tushunarli siyosiy va yuridik xujjat yaratilsin.Konstitutsiya bu muhobatli asar, butun qonunchilikning umurtqa pog`anasi. Qanday bo`lishi lozimligini oldindan bilmay turib, uning Konstitutsiya komissiyasining topshirig`iga binoan, ishchi guruhi, eng avvalo bo`lajak Konstitutsiyaning konsepsiyasini ishlab chiqishga kirishdi. Uchta konsepsiya tayyorlandi. Falsafa va huquq institutining konsepsiyasi (u Fanlar akademiyasi rayosati tomonidan muxokama qilindi va tasdiqlandi). Siyosatshunoslik instituti konsepsiyasi va Prezident devonining davlat sho`basi tayyorlagan konsepsiya. Ishchi komissiyasining bir guruh a'zolari bu konsepsiyalarning g`oyalarini umumlashtirib, ulardan bitta asos ishlab chiqdilar. So`ngra Konstitutsiya komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan ana shu konsepsiya asosida ish boshlab yuborildi.Loyihaning 158 moddadan iborat dastlabki varianti 1991 yil noyabrgacha tayyorlab berildi. I.A.Karimov bu loyiha bilan tanishib chiqib, kam ish qilinganligi to`g`risida gapirdi va yo`llanma berib, bo`lg`usi loyihaning shakl-tamoyillariga oydinlik kiritib berdi.Loyihaning ikkinchi ishchi varianti 149-moddadan iborat bo`ldi. Respublika Prezidenti yana qo`liga qalam olib, matnni yaxshilab ko`rib chiqdi. Shu tariqa Konstitutsiya komissiya raisining nigohidan o`tgach, loyiha lo`nda va ifodali bo`lib bordi.Uchinchi qilingan variant 137-moddani tashkil qilar edi. Matbuotda e'lon qilinishi oldidan yana bir bor diqqat bilan o`rganilib, 127-moddadan iborat tartibda, mazmundor qilib tuzildi. Konstitutsiya komissiyasining qarori bilan loyiha 1992 yil 26 sentabrda umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e'lon qilindi.O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasining muxokamasi barcha mehnat jamoalarida, korxonalar, o`quv yurtlarida, idoralar va vazirliklarda, tumanlar, viloyatlar, Qoraqalpog`iston Respublikasi faollarining yig`ilishlarida, matbuotda, televideniye va radioda, xalq demokratik partiyasining Markaziy Kengashlari va mahalliy tashkilotlarda, kasaba uyushmalari hamda xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlarida, ijodiy uyushmalarda, olimlarning birlashmalarida va boshqa tashkilotlarda bo`lib o`tdi.Konstitutsiya komissiyasiga kelgan fikrlar, taklif va mulohazalarni hisobga olgan holda muhokamani davom ettirish uchun 1992 yil 21 noyabrda yana bir bor matbuotda e'lon qilindi. Respublika fuqarolari loyihaga kiritilgan o`zgartirishlar va aniqliklar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo`ldilar.«Yangi Konstitutsiyamizning ijobiy jihatlari, ya'ni tomonlari, avvalgi Konstitutsiyalardan farqlari nimalardan iborat?» Avvalombor bu Konstitutsiya o`zining tub mohiyati falsafasi, g`oyasiga ko`ra yangi hujjatdir. Unda kommunistik mafkura, sinfiylik, partiyaviylikdan asar ham yo`q. Jamiyki dunyoviy ne'matlar orasida eng ulug`i-inson degan fikrni ilgari surdik va shu asosida «fuqaro-jamiyat-davlat» o`rtasidagi o`zaro munosabatlar oqimida huquqiy yechimni topishga intildik.Loyiha inson huquqlari va davlat mustaqilligi g`oyalariga sodoqat, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas'uliyatni anglash, o`zbek davlatchiligining tajribasiga tayanish, demokratiya va qonuniylikni hurmatlash, xalqaro huquqning jahonda e'tirof etilgan qoidalarini tan olish, O`zbekiston fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta'minlash, insonparvar huquqiy jamiyat barpo etish va nihoyat, fuqarolar tinchligi va milliy hamjihatlikni kafolatlash kabi olijanob maqsadlarni ko`zladi"[4][19]Shunday qilib, Konstitutsiya loyihasi matbuotda ikki marta e'lon qilindi va umumxalq muxokamasidan o`tdi. Buning yakunlari bo`yicha komissiya yana bir bor loyihani ko`rib chiqib Oliy Kengash sessiyasida ko`rib chiqishga tavsiya etdi. Loyiha Oliy Kengashning sessiyasida moddama-modda muxokama qilinib uzoq tortishuvlar, xilma-xil fikrlar bildirilgan holda qabul qilindi.«Tabiiyki, har qaday davlatning yuzi, obro`-e'tibori uning Konstitutsiyasi hisoblanadi. Zotan, Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan Qomusnomadir. Shu ma'noda asosiy qonunimiz xalqimizning irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniyatini aks ettiradi. Chunki uni ishlab chiqish va muhokama etishda butun xalq ishtirok etdi. Bir so`z bilan aytganda, Konstitutsiyamiz tom ma'noda xalqimiz tafakkuri va ijodining mahsulidir».Asosiy qonunimizni baholashda AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik Kengashi kabi nufuzli davlat va xalqaro tashkilotlarning olimlari faol qatnashdilar. Lekin hech kim, hattoki, bizni xush ko`rmaydigan kishilar ham uning demokratik mohiyatini inkor eta olmadi.]O`zbekiston Respublikasining Asosiy Qonuni o`zining tuzilishi, mazmuni jihatidan O`zbekiston tarixida amal qilib kelgan Konstitutsiyalardan tubdan farq qiladi. 1990 yil 20 iyunda hali Sobiq Ittifoqi mavjud bo`lgan davrda, O`zbekiston o`z Mustaqilligini dunyoga ma'lum qilib, Konstitutsiyaviy islohotlarni boshlab yuborgan edi. 1978 yilgi O`zSSR Konstitutsiyasiga ko`plab o`zgartirishlar kiritildi. Chunki, bu qonun zamon talablariga javob bermay qolgan edi Respublikaning yangicha yashashga bo`lgan xohishini bo`g`ib, turar edi. O`ta mafkuralashgan bu Konstitutsiyaga vaqtincha qo`shimcha va o`zgartirishlar kiritilib, yangi Asosiy qonun loyihasini yaratishga kirishildi. Bu jarayon ya'ni uning loyihasi ustida ikki yil davomida ishladik, degan, edi O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov: "U ikki yarim oy mobaynida umumxalq muxokamasidan o`tdi, xalqning fikr xazinasi durdonalari bilan boyitildi, sayqal topdi»[7][22]1992 yil 8 dekabrda O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilingan Konstitutsiyasi mustaqil O`zbekiston demokratik suveren davlatining birinchi Konstitutsiyasi bo`ldi, mustaqil davlat omillaridan kelib chiqib yaratilganligi bu Konstitutsiyaning o`ziga xos hususiyati deb hisoblash lozim. Dastlabki, moddasidan tortib to oxirgi 128 moddasigacha u mustaqillik g`oyasi bilan sug`orilgan. «Biz so`nggi yetmish yil ichida davlatga qaramlik va sig`inish holatida yashadik, mamlakatning undagi barcha boyliklarning, mulkning egasi davlat deb hisoblab keldik. Ana shu masalada ham Konstitutsiyada tub burilish yasalgan. Ya'ni «davlat uning idoralari va mansabdor shaxslar jamiyat hamda fuqarolar oldida mas'uldirlar». Sobiq totalitar davlat sharoitida bunday fikrni hech kim hayoliga ham keltira olmasdi. Endilikda inson, uning hayoti, erki, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquq hamda erkinliklari muqaddas sanalib, ular davlat tomonidan kafolatlanadi»[9][24]O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy xususiyatlarini, u tartibga soladigan muhim yo`nalishlari bo`yicha o`rganishimiz mumkin. Bizga ma'lumki, har qanday davlat o`zida o`rnatilgan tartib-qoidalarni siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy sohalar bilan belgilab o`z hokimiyatini amalga oshiradi. Shuning uchun ham uning Asosiy qonun sifatida siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy sohalari, milliylik ruhi bilan sug`orilib yaratildi:Siyosiy yo`nalishi; O`zbekistonning mustaqil demokratik respublika ekanligi, hokimiyatni amalga oshirishda, xalqning yakkahokimligi ta'milanganligi, uning hududida birorta qoida uning roziligisiz o`rnatilmasligi, o`zga davlatlar bilan xalqaro huquq normalari asosida munosabat yuritishi belgilangan:
Ijtimoiy munosabatlarda; hamma demokratik davlatlar hisoblangan, erkin millatlar jamiyatlarida bo`lgani kabi, o`zbeklar yurtida ham bunday jamiyatni tuzilishi, umuminsoniy qadriyatlar millatlarning qonun oldida tengligi, davlat o`zining har bir fuqarosi uchun xizmat qilishi, shaxs-davlat va jamiyat o`rtasidagi o`zaro munosobatlarga asoslanadi.«Avvalambor bu Konstitutsiya o`zining tub mohiyati, falsafasi, g`oyasiga ko`ra yangi hujjatdir. Unda kommunistik mafkura, sinfiylik, partiyaviylikdan asar ham yo`q. Jamiyki dunyoviy ne'matlar orasida eng ulug`i inson degan fikrni ilgari surdik va shu asosda “fuqaro – jamiyat - davlat” o`rtasidagi o`zaro munosabatning oqilona huquqiy yechimini topishga intildik.» Iqtisodiy yo`nalishida; davlatning ishlab chiqish qurollari va uning ne'matlari qay asoslarda yaratilishi, taqsimlanishi, mulk shakllari, egalik qilishning turlari mujassamlashgan. Shuningdek uni amalga oshiruvchi davlat organlari, korxonalar va tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqiy kafolatlari belgilangan.Ma'naviy kamol topishida; davlat hokimiyatini amalga oshirishda uning kelib chiqishi, milliyligi, an'analariga qat'iy rioya etilishi ta'minlanadi, tarixiy davlat boshqaruviga, o`tgan ulug` ota-bobolar ruhiyatiga tayangan holda, inson uchun eng muhim bo`lgan erkinlik g`oyalarini ulug`lantiradi.O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mana shu yuqorida ko`rsatib o`tilgan omillarga asoslanganligi, uning kelajak avlodlar uchun umrbod xizmat qilishini mustahkamladi.Davlatimizning vijdoni hisoblangan bu hujjat, tabiat va jamiyatning rivojlanish qonuniyatlari asosida yaratilgan, unda sun'iylik yo`q, bu uning eng muhim hususiyati hisoblanadi. Yana bir muhim hususiyati, boshqa bir davlat tuzumiga o`tishga yo`l qo`ymaydi.«O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hokimiyat va muholifat o`rtasidagi o`zaro munosabatlar asosida kelib chiqishi ehtimoli bo`lgan barcha masalalarni joy joyiga qo`yib berdi.» O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 7, 10, 12, 29, 31, 57, 61-moddalarida Konstitutsiyaviy tuzumni, o`zbeklarning davlatini har qanday yo`llar bilan o`zgartirish mumkin emasligi, faqat xalqining hohishi va irodasi bilan har qanday davlat boshqaruvini o`rnatish mumkin ekanligi belgilanganMasalan: Konstitutsiyaning 7-moddasida shunday deyiladi: «Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir.» O`zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko`zlab va O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi.Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o`zlashtirish, hokimiyat idoralari faoliyatini to`xtatib qo`yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi, muvoziy tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo`ladi. Shuningdek, jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga qo`yilishi mustahkamlangan. Konstitutsiyaviy tuzum-insoniyat ijtimoiy turmushining buyuk g`alabasi, umum e'tirof etgan hayot shakli hisoblanadi.O`zbekiston Konstitutsiyasi uning xalqi erishgan huquq va erkinliklarini, davlat hokimiyatini tashkil etishdagi o`z xohish istaklarini qonuniy tartibda rasmiylashtirib, mustahkamladi"O`zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to`g`risida"gi konstitutsiyaviy qonun e'lon qilingan kundan boshlab to yangi Konstitutsiya qabul qilingunga qadar 15 oy vaqt o`tdi, ana shu davr ichida davlat boshqaruvini qayta tashkil etishda g`oyat katta amaliy ishlar tajribasi to`plandi. Unda yashovchi xalqlarning yangicha yashashga va o`z davlat tuzumini barpo qilishga bo`lgan intilishlari va ularning huquq va erkinliklarini rivojlantirishning eng muhim kafolati ekanligi unda mustahkamlab qo`yildi. Shu davr mobaynida demokratik ijtimoiy va davlat tuzumining asoslari, oliy va mahalliy davlat hokimiyati va idora organlarining tizimi tarkib topdi, umuminsoniy demokratiya prinsiplari o`rnatildi. O`zbekiston Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari maromiga yetkazildi. Bu prinsiplar xalq ommasining ham mamlakat ichida, ham butun jahonda mustaqillik uchun olib borgan kurashlari natijasini o`zida mujassamlashtirdi. Shu tariqa, mustaqil O`zbekistonning konstitutsiyaviy tuzumi asoslarini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, davlat hokimiyati organlarining tashkil etilishi hamda faoliyati prinsiplarini va boshqa ijtimoiy munosabatlarni belgilab beradigan Konstitutsiya qabul qilish zaruriyati paydo bo`ldi.

Xulosa:
Ushbu mavzudan olgan hulosalarim juda ko’p va juda ijobiy.Biz yoshlar muhtaram birinchi prezidentimiz qanday qiyinchiliklar bilan davlatimizni mustaqillika olib chiqqanini,to’sqinliklar qilinganini,Islom Karimov qanday iroda ko’rsatganini va qanday qiyinchiliklarga duch kelganini bilishimiz lozim.Nafaqat biz yoshlar o’zini O’zbekiston fuqarosiman deb bilgan barcha shaxs bu narsalarni bilishi va o’rganishi shart.Ushbu referatimda bu narsalarga e’tibor qaratib o’tgan joylarim ham bor.Bu mavzu juda ham ajoyib mavzu.Bu mavzuni birgina referat bilan yoritib bo’lmasligini shaxsan o’zim tushindim.Chunki men ham ancha ma’lumotlarimni qo’sha olmadim yoki tashlab ketdim.Muhtaram birinchi prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov qilgan ishlar,islohotlar va erishgan yutuqlarini shu jumladan yutuqlargacha bo’lgan yo’lda duch kelgan qiyinchiliklari juda ko’p.Bu shaxsni buyuk bir alloma deb atasak ham mubolag’a bo’lmaydi.Chunki u shaxsni qilgan ishlari butun bir jasorat,aql bilan yuritib qilingan ishlar.U insonni qilgan islohotlari va eng asosiysi jasorati mevalarini hali hamon biz yurtimizda ko’ryapmiz.
Download 66.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling