Referati bajardi: Axmedova z tekshirdi: Toshkent 2021 mavzu: tuban o'simliklar reja: Kirish


KO‘K-YASHIL TOIFA SUVO'TLARI BO'LIMI -CYANOPHYCOPHYTA


Download 15.92 Kb.
bet4/7
Sana31.01.2023
Hajmi15.92 Kb.
#1145691
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Referati bajardi Axmedova z tekshirdi Toshkent 2021 mavzu tub

KO‘K-YASHIL TOIFA SUVO'TLARI BO'LIMI -CYANOPHYCOPHYTA
Ko'k-yashil toifa suvo'tlariga bir hujayrali, kolonial va ipsimon tuzilgan, xlorofill hamda ko'k — fikotsianin. qizil — fikoeritrin pigmentlarining ma’lum nisbatdagi aralashmasidan yuzaga keluvchi, rangi jihatidan xilmaxil suvo'tlari kiradi. Ularning boshqa suvo'tlaridan bir qator farqlari bo'lib, bunga birinchi navbatda prokariotik tuzilishi, harakatchan stadiyasi(bosqichi) bo'lmasligi va pigment tarkibi jihatidan ajralib turishi kiradi. Optik mikroskop orqali kuzatilgan hujayra sitoplazmasida vakuol bo'lmasligi, rangsizroq hujayra markazi—sentroplazmadan va to'qroq hujayra chetlari — xromatoplazmadan iborat ekanligini ko'rish mumkin. Scntroplazmada haqiqiy yadro qobig'i, yadrochalar va yadroning o'zi bo'lmasa-da, yadro elementlari hisoblanuvchi DNK va RNK to'plangan bo'ladi. Umuman, sitoplazma tarkibida zaxira oziqa modda sifatida to'planuvchi kiritmalar (glikogen, volyutin va sianofitsin donachalari) hamda gaz vakuoli yaqqol ko'zga tashlanadi.Ko'k-yashiltoifa suvo'tlarining hujayralari elektron mikroskop yordamida kuzatilganda hujayra qobig'ining ichki va tashqi qismida joylashgan, o'zaro maxsus teshikchalar (poralar) bilan birlashib turuvchi sitoplazmatik mcmbranani ko‘rish mumkin. Ko'pchilik ko'k-yashiltoifa suvo'tlarining hujayralari tolasimon tuzilgan shilimshiq qin bilan o'ralgan. Sitoplazmada qator ribosomalar, mitoxondriya ckvivalcntlari hisoblanuvchi fermentoaktiv granulalar va fotosintetik membranalar bo'lmisli tilakoidlarni ham ko'rish mumkin. Ko'k-yashiJtoifa suvo'tlarida jinsiy ko'payish jarayoni kuzatilmaydi. Ko'pchilik bir hujayrali va kolonial vakillari (xrookoksim onlar sinfi) hujayralarining ikkiga bo'linishi yordamida vegetativ usul bilan ko'payadi. Ipsimon tuzilgan vakillari esa gormogoniyalar hosil qilib ko'payadi. Shuningdek, ipsimon vakillari sporalar (akinetalar) hosil qilib, jinssiz usulda ko'payishi mumkin. Ko'k-yashiltoifa suv o 'tlari tallomining tuzilishi va ko'payish xususiyatini hisobga olib ikkita sinfga bo'linadi.



Download 15.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling