Referati bajardi: Axmedova z tekshirdi: Toshkent 2021 mavzu: tuban o'simliklar reja: Kirish


Download 15.92 Kb.
bet3/7
Sana31.01.2023
Hajmi15.92 Kb.
#1145691
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Referati bajardi Axmedova z tekshirdi Toshkent 2021 mavzu tub

SUVO'TLARI
Suvo'tlari avtotrof tuban o'simlik hisoblanib, aksariyati suvda hayot kechiradi va sistematik jihatdan pigmentlar tarkibi, zaxira oziqa moddalari, xivchinlarining joylashishi kabi qator belgilari bilan farq qiluvchi quyidagi bo'limlarga bo'linadi:
1. Ko‘k-yashiltoifa suvo'tlari— Cyanophycophyta
2. Qiziltoifa suvo'tlari— Rhodophycophyta
3. Yashiltoifa suvo'tlari— Chlorophycophyta
4. Tillarangtoifa suvo ‘tlari— Chrysophycophyta
5. Sariq-yashiltoifa suvo ‘tlari—Xanthophycophyta
6. Diatomtoifa suvo ‘tlari—Bacillariophycophyta
7. Pirofitatoifa suvo ‘tlari—Pyrrophycophyta
8. Evglenatoifa suvo ‘tlari—Euglehophyta
9. Qo'ng'irioifa suvo'tlari—Phaeophycophyta.
Aytib o'tilgan suvo'tlari bo'limlarining deyarli barchasi (ko'kyashil va qizil suvo'tlaridan tashqari) kelib chiqishi jihatidan bir-biriga bog'liq bo'lib, ularning boshlang'ich avlodlari har xil rangli, xivchinli suvo'tlari hisoblanadi. Bunga asos qilib hozirgi paytdagi vegetativ hayoti davomida harakatsiz bo'lgan suvo'tlarining stadiyalarida xivchinli zoospora va gametalari ayrim suvo'tlarining vegetativ tuzilishiga aynan o'xshash ekanligi va hujayralarining tuzilishi hamda uning kimyoviy tarkibi jihatidan yaqinligi olingan.Suvo'tlari evolutsiyasida o'ziga xos parallellik kuzatilib, deyarli hamma bo'lim vakillarida ham tallomining tuzilishi jihatidan quyidagi morfologik strukturalar kuzatiladi:
1. Monad struktura — bir hujayrali yoki kolonial tuzilishga ega bo'lib, vegetativ hayoti davrida harakatchan.
2. Kokkoid struktura — bir hujayrali yoki kolonial, vegetativ hayoti davomida harakatsiz.
3. Ipsimon struktura — hujayralari uzunasiga bo'linishi natijasida shoxlangan yoki shoxlanmagan ip shaklidagi tallomli suvo'tlari.
4. Har xil ipsimon (gctcrolrixial) struktura — iplari har xil bo'lib, yirik va undan o'sib chiqqan ingichka iplardan iborat.
5. Plastinkasimon (to‘qimasimon) struktura — hujayralari uzunasiga
va ko'ndalangiga bo'linishi natijasida parcnximatik plastinka shaklida bo'ladi.
6. Sifonal struktura — ipsimon yoki boshqacha ko'rinishdagi ko'p yadroli, alohida hujayralarga bo'linmagan tallom.
7. Sifonoldadial struktura — ipsimon yoki boshqacha ko'rinishdagi ko'pyadroli va ko'p hujayrali suvo'tlari.
8. Rizopodial (ameboid) struktura — hujayra qobig'i faqat sitoplazmatik mcmbranadan iborat bo'lgan va rizopodiyalar hosil qilib, o'z shaklini o'/.gartirib turuvchi suvo'tlari.
9. Pallmelloid (kapsal) struktura — harakatsiz shilimshiqqa o'ralgan suvo'tlari.
Ko'pchilik monad strukturali suvo'tlarining vegetativ hujayralari va bir qator boshqa strukturali suvo'tlarining zoospora hamda gametalari tashqi hujayra qobig'iga ega bo'lmasdan, „yalang'och" holda faqat sitoplazm atik membrana bilan o'ralgan bo'ladi. Suvo'tlarining ko'pchiligida hujayraning sitoplazmatik membranasi ustida gemotselluloza va pektin moddalaridan iborat am orf matriks shaklidagi ikki fazali sistema ko'rinishidagi hujayra qobig'i joylashgan. Qobiq ichida biriktiruvchi tola bor. Ayrim suvo'tlarining hujayra qobig'i qavatlarida qo'shimcha komponentlar shaklida kalsiy karbonat (xara, padina), algin kislota, fukoidin, fuksin (qo'ng'ir suvo'tlari), temir (qizil suvo'tlari), yupqa ustki qavat shaklida xitin (kladofora, cdogonium) moddalari to'planishi mumkin. Bunday suvo'tlarining ustki qismida epifitlar ko'p miqdorda joylashib oladi. A ksincha, hujayra qobig'i shilim shiqlangan (matashuvchilar, ko'pchilik qizil va qo'ng'ir suvo'tlari) suvo'tlarida esa epifitlar deyarli bo'lmaydi. Diatom suvo'tlarining pektin matriksidan tuzilgan hujayra qobig'ida skelet modda sifatida selluloza o'rnida kremniy (qumtosh) to'planadi. Suvo'tlarining hujayra qobig'i bir butun yoki ikkita yarim palladan tuzilgan bo'lishi mumkin. Eukariotik suvo'tlarining hujayra sitoplazmasi o'zining tuzilishi bo'yicha yuksak o'simliklardan keskin farq qilmaydi. Lekin ayrim sitoplazmatik organoidlar o'ziga xos joylashgan bo'lib, ular joylashgan o'rni va strukturasi biroz soddaligi jihatidan ajralib turadi. Ayniqsa, suvo'tlarining hujayra sitoplazm asida joylashgan xrom atoforlar (suvo'tlarida fotosintczni amalga oshiruvchi organoid) submolekular tuzilishi jihatidan yuksak o'simliklarning xloroplasti bilan bir xil bo'lishiga qaramasdan, tilakoidlarining (xloroplastlarda fotosintez jarayonini amalga oshiruvchi asosiy membranali element) soni va yashil suvo'tlaridan tashqari suvo'tlarining barcha vakillarida granlar hosil qilmasligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, yuksak o'simliklarning xloroplastidan farqli ravishda suvo'tlarining xromatoforlarida maxsus oqsil hosila — „pirenoid" bo'lib, unda kraxmal (yashil suvo'tlarida) to'planadi. Suvo'tlarining ayrim vakillarida pirenoidlar xromatoforlardan tashqarida bo'lib, bagryankali kraxmal donachalari (qizil suvo'tlari) yoki param ilon (evglena suvo'tlarida) to 'p lan ad i. Suvo'tlari xromatoforlarining shakli ham xilma-xil bo'ladi. Ko'pincha hujayra po'stiga yaqin joylashgan xromatoforlar kosachasimon (xlamidomonada), halqa shaklida joylashgan plastinka ko'rinishida (cdogonium, kladofora), bir yoki bir necha spiral lenta (spirogira), bir yoki ikkita pariyental plastinka (patsimon diatomlar) va boshqa shakllarda bo'ladi. Ko'pchilik suvo'tlarining hujayralarida xromatoforlar hujayra qobig'iga yaqin joylashgan donachalar yoki diskchalar shaklida (sifonal suvo'tlari, xaralar, pirofita va qizil suvo'tlari) bo'ladi. Ayrim hollarda xromatofor hujayra markazida joylashib, ulardan hujayra chetiga qarab o'simta yoki qirralar tarqaladi (zignema va ko'pchilik desmidiyalar). Suvo'tlarining jinsiy ko'payishi ham xilma-xildir. Jinsiy ko'payish jarayoni gam etalar hosil bo'lishi bilan bog'liq bo'lsa, bunday ko'payishning umumiy nomi gametogamiya deb ataladi. U uch xil ko'rinishda bo'ladi:
1. Izogamiya — ushbu jarayonda morfologik jihatdan bir xil va vegetativ hujayralarda hosil bo'lgan gametalar qo'shilib zigotani yuzaga keltiradi. Izogamiyaning ko'rinishlaridan biri matashuvchilarda va diatom suvo'tlarida vegetativ hujayralaming o'zaro qo'shilishidir.
2. Geterogamiya yoki anizogamiya — ushbu jinsiy ko'payishda gametalaming biri ikkinchisiga nisbatan kattaroq va sust harakatchan bo'ladi. Gametalar vegetativ hujayralarda (ko'pchilik suvo'tlarida) yoki maxsus, vegetativ hujayradan farq qiluvchi jinsiy ko'payish a’zolarida vujudga keladi.
3. Oogamiya — harakatsiz yirik tuxum hujayraning mayda, xivchinli, harakatchan spermatozoid bilan qo'shilishidan hosil bo'ladi. Ushbu jarayon ham suvo'tlarining har xil sistematik guruhlarida keng tarqalgan bo'lib, qizil suvo'tlarida sperm atozoidlar o'rnida spermatsiylar (xivchinsiz) vujudga keladi. Suvo'tlarining tarkibida jinsiy a ’zolari ko'p hujayrali bo'lgan vakillari ham mavjud. Bularga xara va qizil suvo'tlarining ayrim vakilllari misol bo'ladi.

Download 15.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling