Referati bajardi: Q. Turg’unov Tekshirdi: G. Umarova Oltinko’l 2023-y


Download 66.62 Kb.
bet2/4
Sana19.06.2023
Hajmi66.62 Kb.
#1601124
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
MDM Refarat

Moliyaviy oqimlar – deb Moliyaviy oqimlaming hajmi ular asosida shakllanishi lozim bo'lgan moliyaviy resurslar fondiarining o'lchamiga bog'liq. Mamlakatning iqtisodiy qudrati qancha kuchli bo'lsa, uning o'sishiga xizmat qiluvchi moliyaviy resurslar fondi va moliyaviy oqimlar hajmi shuncha katta bo'ladi. Moliyaviy oqimlaming sifat jihatdan tavsifnomasi ular shakllan­tiruvchi moliyaviy resurslar fondining nimaga mo'ljallanganligi bilan bevosita bog'liq. Masalan, soliqli moliyaviy oqim bilan korxonaning tushumini shakllantiruvchi moliyaviy oqim sifat jihatidan bir-biridan
farqlanadi. Shuning uchun ham ularni boshqarish metodlari ham turlichadir. O'z sifat mazmuniga ko'ra quyidagilarni farqlash maqsadga muvofiq byudjetli-soliqli moliyaviy oqimlar — barcha darajalardagi byudjetlarning mablag'larini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida vujudga keladi.
Tijorat moliyaviy oqimlari — tadbirkorlik xo'jalik sub’ektlari
tomonidan amalga oshiriladi, byudjetdan tashqari moliyaviy oqimlar — notijorat tashkilotlari fondlarini shakllantiradi.

Agar moliyaviy oqimlar moliyaviy resurslar aylanishi qonuniyatlariga muvofiq ravishda, ko'zda tutilgan tartibda va rejada aks ettirilgan hajmda, ishlab chiqarish va ijtimoiy vazifalarni samarali yechish uchun zarur bo'lgan tarzda va takror ishlab chiqarish siklini pul mablag'lari bilan to'liq ta’minlash tarzida amal qilsa, bularning barchasi, moliyaviy oqimlaming samarah ekanligidan dalolat beradi.


Moliyaviy oqimlaming samaradorligi pul mablag'larining yetarli
bo'lmagan hajmda va o'z vaqtida tushmaganligida pasayadi.
Moliyaviy oqimlar me’yori buzilishi resurslarning doiraviy aylanishi va daromadlar olinishida uzilishlar chiqishiga, moliyaviy-iqtisodiy faoliyatda keskin yo'qotmalarga sabab bo'ladi.

Korxonalarning jamg’armalari, daromadlari hamda markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan moliyaviy resurslar fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonidagi pul mablag’larining miqdoriy va sifat jihatidan harakatiga moliyaviy oqim deyiladi. Moliyaviy oqimlarning hajmi ular asosida shakllanishi lozim bo’lgan moliyaviy resurslar fondlarining o’lchamiga bog’liq. Mamlakatning iqtisodiy qudrati qancha kuchli bo’lsa, uning o’sishiga xizmat qiluvchi moliyaviy resurslar fondi va moliyaviy oqimlar hajmi shuncha katta bo’ladi.


Moliyaviy oqimlarning sifat jihatdan tavsifnomasi ular shakllantiruvchi moliyaviy resurslar fondining nimaga mo’ljallanganligi bilan bevosita bog’liq. Masalan, soliqli moliyaviy oqim bilan korxonaning tushumini shakllantiruvchi moliyaviy oqim sifat jihatidan bir-biridan farqlanadi. Shuning uchun ham ularni boshqarish metodlari ham turli-chadir. O‘zining sifat mazmuniga ko’ra quyidagilarni farqlash maqsadga muvofiq:
    • byudjetli-soliqli moliyaviy oqimlar - barcha dara-jalardagi byudjetlarning mablag’larini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida vujudga keladi;


    • tijorat (tijoriy) moliyaviy oqimlari – tadbirkorlik xo’jalik sub’yektlari tomonidan amalga oshiriladi;


    • nobyudjet moliyaviy oqimlar – notijorat tashkilot-larining fondlarini shakllantiradi.


Moliyaviy oqimlarni boshqarishning funksiyalari quyi-dagilardan iborat:




    • qonunchilik – Oliy Majlisning vakolatida;


    • nazoratchilik (tartibga soluvchanlik) – Hisob palatasi va mamlakatning boshqa nazorat organlari (Moliya vazirligi, soliq va bojxona qo’mitalari va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladi;


    • boshqaruvchanlik – korxona va korporatsiyalar, banklar, soliq organlari, G’aznachilik apparati va Moliya vazir-ligining hisob-kitob- kassa va boshqa xizmatlarining vakolatida;


    • nazorat-kuzatuv – korxonalarning moliyaviy jihatdan kasodga uchraganligigi to’g’risidagi ishlarni ko’radigan va bu holda moliyaviy oqimlar ustidan nazoratni amalga oshiruvchi arbitrajlik sudlari tomonidan bajariladi.


Moliyaviy oqimlarni boshqarish bo’yicha yuqoridagi organlarning funksiyalari bir-biri bilan qo’shilib ketgan va ularni har doim ham ajratib (alohida qilib) bo’lmaydi.


Agar moliyaviy oqimlar moliyaviy resurslar aylani-shining qonuniyatlariga muvofiq ravishda, ko’zda tutilgan tartibda (rejimda) va rejada aks ettirilgan hajmda, ishlab chiqarish va sotsial vazifalarni samarali yechish uchun kerak bo’lgan tarzda va takror ishlab chiqarish tsiklini pul mablag’lari bilan to’liq ta’minlash tarzida amal qilsa, bularning barchasi, moliyaviy oqimlarning samarali ekanligidan dalolat beradi.
Moliyaviy oqimlarning samaradorligi pul mablag’-larining etarli bo’lmagan hajmda va o’z vaqtida tushmaganligida pasayadi. Moliyaviy oqimlar ritmining buzilishi resurslarning doiraviy aylanishi
va daromad-larning olinishida uzilishlarning bo’lishiga, moliyaviy- iqtisodiy faoliyatda keskin yo’qotmalarning bo’lishiga olib keladi. Moliyaviy oqimning samaradorligini quyidagicha aniqlash mumkin:
Moliyaviy tizimlar doira (chegara)sida ko‘chib yuruvchi (joylarini 
o‘zgartiruvchi) oqimlarning ko‘p qismi umuman moliyaviy bozorlar orqali o‘tmaydi va shunday qilib keltirilgan yuqorigi yo‘nalish izidan 
bormaydi. Buning o‘rniga, chizmaning pastki qismida ko‘rsatil-ganidek, ular moliyaviy vositachilarning yordami bilan bevosita erkin moliyaviy mablag‘larga ega bo‘lgan iqtisodiy sub’ektlardan resurslar defitsitligini boshidan kechirayotgan iqtisodiy sub’ektlarga o‘tadilar. 
Moliyaviy oqimlar bir joydan boshqa joyga oqib o‘tishining ushbu usulini yaqqol tasavvur qilish uchun, quyidagicha faraz qilaylik: Siz o‘z omonatingizni bank hisobraqamiga qo‘ydingiz va bank biror-bir firmaga qarz sifatida berish uchun undan foydalandi.
Emitent inglizcha “issuer”, nemischa “emittent” va lotincha “emittere” so‘zlaridan olingan bo‘lib, o‘z faoliyatini rivojlantirish va moliyalashtirish uchun qimmatli qog‘ozlarni chiqargan tashkilotni bildiradi.
Bozorlar Moliyaviy resurslari defitsit bo’lgan iqtisodiy sub’ektlar
Moliyaviy resurslari ortiqcha bo’lgan iqtisodiy sub’ektlar 
Sizda pullik talabnoma faqat bankka nisbatan bor. 
Chunki Siz unda depozit ochgansiz. Bank esa, o‘z navbatida, mazkur firmaga ma’lum pul talablarini qo‘yadi. 
Bunda Sizning bank depozitingizning likvidlik va risk darajasi bank tomonidan firmaga berilgan qarzning o‘xshash xarakteristikalaridan farqlanadi. Bu qarz, o‘z navbatida, shu paytda bankning 
aktivlaridan biri sifatida qatnashadi. Bankning aktiviga kiruvchi qarzning qoplanmasligi riski ma’lum darajada mavjud bo‘lgan bir paytda, Sizning depozitingiz (saqlash maqsadida bankka qo‘yilgan pul) to‘liq ishonchli va likvidli bo‘ladi (ya’ni, Siz istalgan paytda hisobraqamingizdan bor pulingizni yechib olishingiz mumkin). Bundan tashqari, u aksincha, nolikvid bo‘lishi ham mumkin. 
Shunday qilib, ushbu misoldan ko‘rinib turibdiki, moliyaviy oqimning bank orqali erkin (bo‘sh) moliyaviy mablag‘ga ega bo‘lgan iqtisodiy sub’ektdan shunday mablag‘lar defitsit bo‘lgan sub’ektga oqib o‘tishida, yaratilayotgan moliyaviy  vositalarning risklilik va likvidlik darajasi kuchli o‘zgarishi mumkin.
Ko‘rinib turibdiki, bunda ushbu jarayon ishtirokchilarining biri bank egalari yoki mazkur bank qo‘yilmalarini sug‘urta qiluvchi davlat tashkiloti o‘ziga qarz bo‘yicha riskni qabul qilishiga to‘g‘ri keladi. 
“Moliyaviy vositachilar”dan yuqoriga, ya’ni “Bozor-lar”ga olib 
boruvchi chiziq -ko‘rsatkich vositachilar ko‘pincha moliyaviy oqimlarni moliyaviy bozorlarga yo‘naltirishini ko‘rsatmoqda.
Masalan, o‘rta yoshdagi er-xotin ma’lum bir summani kelgusidagi pensiya ta’minoti (erkin moliyaviy mablag‘larga ega bo‘lgan iqtisodiy birlik) uchun jamg‘argan holda, uni sug‘urta jamiyati (vositachi) 
hisobraqamiga qo‘yishi mumkin. Bunda sug‘urta jamiyati, o‘z navbatida, uni (bozorda) biror-bir aksiya va obli-gatsiyaga investitsiya qiladi. Shunday qilib, bu er-xotinlar bilvosita, sug‘urta kompaniyasi orqali, ushbu aksiya va obligatsiyalarni muomalaga chiqargan firma (moliyaviy resurslari defitsit bo‘lgan iqtisodiy sub’ekt)ni moliyaviy resurs (mablag‘) bilan ta’minlaydi.
“Bozorlar”dan pastga - “Moliyaviy vositachilar”ga – yo‘naltirilgan chiziq-ko‘rsatkich moliyaviy mablag‘lar moliyaviy bozorlarga yo‘naltirilishi mumkinligini anglatibgina qolmay, balki ayrim vositachilar ularni moliyaviy bozorlardan olishlarini ham bildiradi. Masalan, uy xo‘jaligiga qarz beruvchi moliyaviy kompaniya, qimmatli qog‘ozlar bozorining tegishli segmentlarida sotish uchun aksiya va obligatsiyalarni chiqarib, zarur bo‘lgan summani yig‘ib olishi mumkin.

“TASDIQLANGAN”


O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi
Vazirning
1998-yil 16-oktabr 51-son

Download 66.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling