Referati buxoro-2023 2007-yil toshkent islom madaniyati poytaxti deb e'lon qilinishining mazmuni va mohiyati
Toshkent shahri 2007-yilda “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan amalga oshiriladigan tadbirlar
Download 179.26 Kb.
|
1 2
Bog'liq9-mustaqil talim
Toshkent shahri 2007-yilda “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan amalga oshiriladigan tadbirlar
DASTURI 1.“Toshkent — islom madaniyati poytaxti” risolasini o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlash va chop etish 2007-yil mart Toshkent islom universiteti, Tashqi ishlar vazirligi 2.O‘zbekistonning chet ellardagi diplomatik vakolatxonalarida taqdimot va ko‘rgazmalar, davra suhbatlari, folklor guruhlarining chiqishlari, o‘zbek xalqining ma’naviy-madaniy merosi va uning jahon madaniyatiga qo‘shgan hissasi bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish. Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Do‘stlik jamiyatlari kengashi, Badiiy akademiya, “Tasviriy oyina” uyushmasi 3.Toshkent shahridagi mashhur islom mutafakkirlari — Shayx Zayniddin, Shayx Xovand Tohur, Qaffol Shoshiy, Xoja Alambardor, Yunusxon, Baroqxon, Zangiota me’moriy obidalari asosida ziyoratchilar uchun sayyohlik yo‘nalishlarini ishlab chiqish 2007-yil mart “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi 4.Toshkent tarixiga oid tematik, nodir kitoblar va qo‘lyozma manbalar ko‘rgazmalarini tashkil etish 2007-yil mart — dekabr O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Temuriylar davlati tarixi muzeyi, Toshkent islom universiteti, Tashqi ishlar vazirligi 5.Toshkent shahrining islom madaniyati poytaxti, deb e’tirof etilishiga bag‘ishlangan turkum maqolalar tayyorlab, rus, ingliz va arab tillariga tarjima qilish va internetda e’lon qilish 2007-yil muntazam Tashqi ishlar vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “Jahon” axborot agentligi 6.O‘zbek, rus, ingliz va arab tillarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning din va ma’naviyat masalalariga bag‘ishlangan maqola va ma’ruzalar to‘plamini nashrga tayyorlash 2007-yilning III choragi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonalari idorasi, Matbuot va axborot agentligi, Tashqi ishlar vazirligi 7.“Toshkent - islom madaniyati poytaxti” nomli hujjatli filmni yaratish va uning taqdimotini o‘tkazish 2007-yilning I choragi “O‘zbekkino” milliy agentligi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Toshkent islom universiteti, “Jahon” axborot agentligi 8.Diniy va dunyoviy ilmlar rivojiga hissa qo‘shgan mashhur islom allomalarining hayoti va ilmiy faoliyatiga bag‘ishlangan kitoblar, risolalar va ilmiy-ommabop maqolalarni chop etish 2007-yilning I—III choraklari O‘zekiston Fanlar akademiyasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Toshkent islom universiteti, O‘zbekiston musulmonlari idorasi 9.“Toshkent —islom madaniyatining durdonasi” fotoalbomini nashr etish va taqdimotini o‘tkazish (o‘zbek, rus, ingliz va arab tillarida) 2007-yilning III choragi O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Toshkent islom universiteti, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi 10.Toshkent islom universitetida “Merosimiz—faxrimiz” mavzuida tadqiqotchi va talabalar anjumanini o‘tkazish 2007-yil aprel. Toshkent islom universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston musulmonlari idorasi 11.“Buyuk ajdodlarimizning islom sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi” rukni ostida ko‘rsatuvlar tayyorlash Yil davomida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Toshkent islom universiteti 21.O‘zbekistonda mustaqillikdan so‘ng din va vijdon erkinligi, jamiyatdagi tinchlik va diniy bag‘rikenglik, millatlararo do‘stlik va hamjihatlik mavzulariga bag‘ishlangan ilmiy-ommabop maqolalarni respublika va xorijiy OAVda chop etish. Matbuot va axborot agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Respublika ma’naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi 22.Talaba va o‘quvchilarni Toshkent shahridagi me’moriy va tarixiy yodgorliklar bilan tanishtirish maqsadida ekskursiyalar uyushtirish Yil davomida Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi 23.AYSESKO saytida Toshkent shahrining islom sivilizatsiyasi ravnaqiga qo‘shgan hissasi haqida hikoya qiluvchi muhim tarixiy, ilmiy va adabiy ma’lumotlarni joylashtirish 2007-yilning III choragi Tashqi ishlar vazirligi, AYSESKO kotibiyati 24.O‘rta asrlarda yaratilgan “Tarixi jadidi Toshqand” (“Toshkentning yangi tarixi”) qo‘lyozmasi asosidagi risolani nashrga tayyorlash 2007-yilning IV choragi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 25.Toshkent islom universiteti saytida “Toshkent — islom madaniyati poytaxti” nomli rukn ochib, u yerda mazkur mavzuga oid materiallarni jamlash Yil davomida Toshkent islom universiteti 26.O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida “Toshkent: kecha va bugun” nomli ko‘rgazma tashkil etish 2007-yilning III-IV choraklari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Tarixiy shaharlar yubileylarining xalqaro miqyosda keng nishonlanishi. Toshkent shahri – Islom madaniyati poytaxti. Istiqlol tufayli milliy madaniyatimiz, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga bebaho hissa qo‘shgan buyuk bobokolonlarimizning ma’naviy merosi qaytadan o‘rganildi va tiklandi. Xalqimiz ulardan bahramand bo‘la boshladi. Mustaqillik yillarida xalqimiz ma’naviyati yulduzlari bo‘lgan buyuk allomalarimizning tavallud topgan tarixiy sanalari Yunesko bilan hamkorlikda mamlakatimizda va xalqaro miqyosda keng nishonlandi: 1991 yil – Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi; 1992 yil – Boborahim Mashrab tavalludining 350 yilligi; 1993 yil – Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi; 1994 yil – Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi; 1996 yil – Amir Temur tavalludining 660 yilligi; 1997 yil – Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon tavalludining 100 yilligi; 1998 yil – Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi; 1999 yil – “Alpomish” dostoni yaratilganligining 1000 yilligi; 2000 yil – Burxoniddin Marg‘iloniy tavalludining 910 yilligi; 2000 yil – Kamoliddin Bexzod tavalludining 545 yilligi; 2001 yil – “Avesto” yaratilganligining 2700 yilligi; 2002 yil-Termiz shahrining 2500 yilligi; 2005 yil-Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi; 2006 yil-Qarshi shahrining 2700 yilligi; 2007 yil-Samarqand shahrining 2750 yilligi; 2007 yil-Marg‘ilon shahrining 2000 yilligi; 2009 yil-Toshkent shahrining 2200 yilligi1. Islom olamining allomasi Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Maxmud az-Zamaxshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Boxovuddin Nakshbandiyning 675 yilligi keng ko‘lamda nishonlandi. Ularning boy asarlari nashrdan chiqarildi. Barcha viloyatlar va shaharlarda xar yili Bobur, Mashrab, Ogahiylarga bag‘ishlanib kechalar o‘tkazildi, Jaloliddin Manguberdining 800 yillik tavalludiga, «Alpomish» dostoni yaratilishining 1OOO yilligiga bag‘ishlangan turli kechalar, bahslar tashkil etildi. Ma’naviy hayotni takomillashtirish maqsadida Imom al-Buxoriyning yubileyiga bagishlab, Qur’oni Karimdan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan «Al-jome’ as-sahiyh» (Ishonarli to‘plam), «Al-adab al-mufrad» (Adab durdonalari) o‘zbek tiliga tarjima kilinib, nashrdan chiqarildi. 1998 yili Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi, Axmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi jahon miqyosida keng nishonlandi. Respublikada yubileylar munosabati bilan allomalar hayotiga bag‘ishlangan ilmiy anjumanlar va badiiy ko‘rgazmalar ochildi. Dunyoda hech bir xalq o‘zbeklarchalik buyuk madaniy va ma’naviy merosga ega emas. Endi mustaqillik tufayli ana shu ulkan xaritani ochish, uni o‘rganish, undan bahramand bo‘lish imkoniyati tug‘ildi. Xalqimiz bundan foydalanish yulidan bormoqda. Xususan, hukumatning maxsus qaroriga binoan, 1999 yil 17 dekabr kuni Xorazmda Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 190 yilligi, 18 dekabr kuni esa Nukusda Ajiniyoz Yeusiboy ugli tavalludining 175 yilligi, 1998 yil 24 oktabr kuni esa Farg‘onada Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi keng nishonlandi. Yurtboshimiz tantana qatnashchilariga yullagan tabrigida ulug‘ ajdodlarimizning jamiyatimiz hayotida tutgan o‘rni nihoyatda bebaho ekanligi alohida ta’kidlangan. Xususan, shu davrda Behbudiyning «Padarkush» asari, Fitratning «Qiyomat» qissasi va «Abulfayzxon» tarixiy dramasi nashr qilindi. Cho‘lponning ayrim she’rlari «Guliston» jurnalida, «Kecha va kunduz» asari esa «Sharq Yulduzi» jurnalida e’lon qilindi. Keyinroq ular alohida kitob holida nashr etildi. Ulug‘ shoir Abdulhamid Cho‘lponning adabiy-badiiy merosi xalqimizning bebaho ma’naviy mulkidir. Uning har bir asari, har bir she’ri odamlarni o‘zaro hamkorlikka, ijtimoiy adolat uchun kurashga, noxaqlikka nisbatan murosasizlikka da’vat etadi2. Bu ezgu ishlarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning sa’y-harakati va rolini alohida ta’kidlash o‘rinlidir. Fikrimizning dalili sifatida Qashqadaryo zaminida buyuk alloma, moturidiya ta’limotining yirik vakili, islomiy e’tiqod pokligi masalasida 15 ga yaqin kitob muallifi Abu Muin Nasafiy, Sherobod tumanida buyuk hadisshunos alloma Abu Iso Muhammad at-Termiziy, Buxoroda Bahouddin Naqshband hazratlari, Toshkentda Imom Termiziy nomidagi masjid va Suzuk ota maqbaralari kabi ko‘plab ziyoratgohlarni obod qilish borasidagi ezgu ishlarni qayd etish mumkin. Shuningdek, Yurtboshimizning O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga g‘amxo‘rligining yaqqol namunasi sifatida 2017 yil 15 fevraldagi “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4956-sonli farmoni, 2017 yil 24 maydagi “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2995-sonli qarori, 2017 yil 20 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3074-sonli qarori, 2017 yil 30 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3105-sonli qarorlari xalqimizning qadimiy tarixi va boy madaniyatini tiklash, buyuk allomalarimiz, aziz-avliyolarimizning ilmiy, diniy va ma’naviy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish va targ‘ib etish, chet ellarda saqlanayotgan, mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklarni aniqlash, shu tarixiy eksponatlarning asl yoki ko‘chirma nusxalarini yurtimizga olib kelish kabi ishlarni tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. 1 2 Download 179.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling