Referati buxoro-2023 Reja Kirish Beshta muxim tashabbus mazmuni
Yuqori tezlikdagi internet va Wi-Fi hududlari
Download 288.34 Kb.
|
12-mustaqil talim
Yuqori tezlikdagi internet va Wi-Fi hududlari
Sifatli telekommunikatsiya va yuqori tezlikdagi internet xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida tuman markazigacha transport telekommunikatsiya tarmog‘ini o‘tkazuvchanlik qobiliyati 2 barobarga yoki 1 Gbit/s.dan 2 Gbit/s.ga ko‘tarildi va bir paytning o‘zida telefon aloqasi, yuqori tezlikdagi internet, IP-televideniye va boshqa zamonaviy xizmatlardan faydalanish imkoniyati beruvchi 768 portli zamonaviy stansiyalar ishga tushirildi. Tumandagi 49 ta maktab, 14 maktabgacha ta’lim va 10 sog‘liqni saqlash muassasalarini yuqori tezlikdagi internet xizmatlari bilan ta’minlash maqsadida 328,5 km. optik tolali aloqa liniyalarini qurish ishlari boshlab yuborilgan. Infografika: «Mitc.uz» Shu bilan birga, bugungi kunda mobil aloqa qamrovi bo‘lmagan «Katta Rovot» MFYdagi Bog‘ mahallasiga mobil aloqa stansiyasini o‘rnatish va mobil aloqa sifatini yaxshilash maqsadida qo‘shimcha 19 ta baza stansiyalarini o‘rnatish rejalashtirildi. Ijtimoiy ob’yektlarni yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash bo‘yicha bugungi kunda 18 ta maktab, 8 ta maktabgacha ta’lim va 4 ta sog‘liqni saqlash muassasalarigacha 30 km. optik tolali aloqa liniyalari qurilib, beshta maktabda internet xizmati ishlatib berildi. Bugundan qo‘shimcha mutaxassislar jalb qilinib, ishlarni yanada tezlashtirish choralari ko‘rildi. Xulosa qilib aytganda, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta tashabbus xalqimiz, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ma’naviyatini yuksaltirishda muhim dasturiamal bo‘libgina qolmay, mamlakatimiz ijtimoiy-ma’naviy hayotidagi dolzarb vazifalarni ado etish borasidagi aniq va puxta rejalashtirilgan qimmatli hujjat hamdir. Mazkur 5 tashabbus keng jamoatchiligimiz tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Endilikda ushbu tajribani yurtimizning barcha hududlarida keng joriy qilish masalalari muhokama qilindi. Madaniyat vazirligi va Xalq ta`limi vazirligiga hokimliklar bilan birgalikda tuman va shaharlarda madaniyat markazlari va umumta`lim maktablarida yoshlarning qiziqishidan kelib chiqib, qo`shimcha 1,5 mingta to`garak tashkil etish vazifasi qo`yildi. Tashabbuskor iste`dodli yoshlar va mahalliy homiylarni jalb etgan holda, madaniyat markazlarida badiiy-havaskorlik jamoalari, yoshlar teatr-studiyalari va “Yoshlar klublari” tashkil qilish zarurligi ta`kidlandi. Taniqli san`atkor va iste`dodli ijodkorlarni tumanlardagi madaniy ishlarga ko`makchi sifatida biriktirish yaxshi natija berayotganini inobatga olib, bu tajribani butun mamlakatga yoyish bo`yicha ko`rsatmalar berildi. Unga muvofiq, taniqli artistlar tuman va shaharlarga ijodiy maslahatchi sifatida biriktirilib, o`sha joylarda madaniyat va san`atni rivojlantirishga mas`ul bo`ladi, tuman va shaharlar hokimlari esa ushbu ishlarga moddiy va tashkiliy jihatdan yordam beradi. Musiqa va san`at sohasida oliy ma`lumotli kadrlarni ko`paytirish masalasiga ham e`tibor qaratildi. Oliy va o`rta maxsus ta`lim hamda Xalq ta`limi vazirliklariga muayyan mavzular bo`yicha tarix darslarini muzeylar, tarixiy obidalar, qadamjo va teatrlarda sayyor o`tkazilishini tashkil qilish topshirildi. Download 288.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling