Referati buxoro-2023 Reja Kirish Beshta muxim tashabbus mazmuni
Download 288.34 Kb.
|
12-mustaqil talim
- Bu sahifa navigatsiya:
- Beshta tashabbus va uning yuksak ma’naviy madaniyatni ta’minlashdagi o’rni.
BUXORO DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI ___ GIQ-22 Gurux talabasi _______________________________________ ning O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI FANIDAN YOZGAN REFERATI Buxoro-2023 Reja Kirish Beshta muxim tashabbus mazmuni Beshta muxim tashabbus doirasida Bo‘kada amalga oshirilgan ishlar Xulosa Beshta tashabbus va uning yuksak ma’naviy madaniyatni ta’minlashdagi o’rni. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning barkamol bo‘lib voyaga yetishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida bir qancha muhim hujjatlar qabul qilindi, amaliy ishlar yo‘lga qo‘yildi, muayyan natijalarga erishildi. Shunday bo‘lsa ham, bu borada bajariladigan ishlar hamisha keng ko‘lamli bo‘lib, o‘z dolzarbligini saqlab qolaveradi. Shu nuqtayi nazardan, Prezidentimiz rahbarligida 2019-yil 19-martda “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish to‘g‘risida” o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarni rivojlantirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi va sohalarga taalluqli 5 ta muhim tashabbus ilgari surildi. Bular quyidagilar: Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr, va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish bo‘yicha. Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o‘z qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish masalalari bo‘yicha. Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish masalalari bo‘yicha. To‘rtinchi tashabbus aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish masalalari bo‘yicha. Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash ishlarini tizimli tashkil etish masalalari bo‘yicha. Mazkur tashabbuslar yosh avlodni har tomonlama mukammal tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tkazish ishlarini qamrab olgan bo‘lib, tegishli sohalar ishtirokida amalga oshirib boriladi. Xabaringiz bor, joriy yilning 19 mart kuni mamlakatimiz rahbari boshchiligida o‘tgan videoselektorda yurtimiz yoshlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ma’naviy immunitetini kuchaytirish, qobiliyat va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun ko‘maklashish maqsadida beshta muhim ahamiyatga ega tashabbusni ilgari surilgan edi. YUrtimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi viloyatimizda ham mazkur tashabbuslarni targ‘ib qilish ishlariga katta e’tibor qaratilib, ushbu hayotiy tajriba jamiyatimizda keng tatbiq etilmoqda. Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Ayni paytda viloyat miqyosida san’at va madaniyat sohasiga qiziquvchi yoshlarning soni 39 ming nafardan oshadi. Ularning aksariyati ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan va uyushmagan yoshlardir. Bugungi kunda viloyatimizda 32 ta madaniyat markazi hamda 13 ta musiqa va san’at maktabi faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularda o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarga 2 mingdan ortiq o‘g‘il-qizlar muntazam ishtirok etadi. Afsuski, bu juda past ko‘rsatkich hisoblanadi. Tashabbus ilgari surilgach, bu yo‘nalishdagi amaliy ishlarning olib borilishi doimiy nazoratga olindi. Download 288.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling