Referati ilmiy rahbar : xiva-2023 Mavzu: Innovatsion iqtisodiyot tushunchasi va o’ziga xos xususiyatlari Reja


Amerika qo`shma shtatlarida innovatsion faoliyatni boshqarish xususiyatlari


Download 91.9 Kb.
bet5/6
Sana16.04.2023
Hajmi91.9 Kb.
#1359179
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Diyor iqtisod

Amerika qo`shma shtatlarida innovatsion faoliyatni boshqarish xususiyatlari.
AQSHda innovatsion faoliyatni boshqaruvchi davlat organlariga quyidagilar kiradi:

  • Amerika ilmiy fondi (fundamental tadqiqotlarni boshqaradi);

  • Amerika ilmiy kengashi (sanoat, universiteti);

  • Milliy kosmik agentligi (NASA);

  • Milliy standartlar byurosi;

  • Sog’liqni saqlashning milliy instituti;

  • Mudofa ministrligi;

  • Sanoat tadqiqotlarining milliy markazi,

  • Milliy fanlar akademiyasi;

  • Milliy texnik akademiya;

  • Fan rivojlanishini qo`llab quvvatlovchi Amerika assotsiatsiyasi.

Oxirgi to`rtta tuzilishlarning moliyalashtirish manbai turlicha bo`lsada, qolganlari faqat federal byudjetdan moliyalashtiriladi.
Fan talab juda katta bo`lgan va samarali tadqiqotlarni davlat ularning murakkabligini, xarajatlar va tavakkalchilik darajasi yuqori bo`lgani va kuchli xalqaro raqabotchilikni hisobga olib to`la o`z hisobidan moliyalashtiradi.
Milliy ilmiy fondning ma`lumotlariga asosan hozirgi davrda ilmiy texnik taraqqiyotda kichik biznes ilmiy tekshirish ishlarining o`rni kuchayib bormoqda.
Kichik va o`rta biznes firmalari oxirgi o`n yillikda yirik korporatsiyalarga nisbatan o`rtacha bir kishiga 2,5 marta ko`p ixtirolar yaratilgan.
Boshqa texnologik rivojlangan davlatlar kabi AQSHda ham venchur firmalar, «spin-off» firmalar (oliy o`quv yurtlari, mustaqil institut, davlat tadqiqot markazlari va yirik korporatsiyalarning maxsus laboratoriyalaridan ajralib chiqqan firmalar) va investitsion firmalar faoliyat ko`rsatib bormoqda. Davlat faol ravishda «spin-off» firmalarni yirik notijorat ilmiy markazlar, universitetlar tomonidan subsidiyalashtirilib bormoqda. Bundan tashqari «spin-off» firmalari orqali ilmiy yutuqlarni tarqatish maqsadida, mamlakatda milliy ilmiy fond tomonidan moliyalashtiriladigan bir qator innovatsion fondlar faoliyat ko`rsatmoqda.
Bu erda, o`zlarining «spin-off» firmalarini tashkil etuvchi xohlovchilar (asosan universitet o`qituvchilari va studentlari) kurs o`qishida. Kursning maqsadi-kichik firmalarni tuzish jarayonini engillashtirishdan iborat.
Bu erda, yana qo`shimcha qilib tijorat maqsadlar uchun federal hukumatning byudjet hisobiga moliyalashtirilgan tadqiqotlar natijasida olingan patent va ixtirolarni firmalarga bepul sotish tajribasini ko`rsatish mumkin.
Investitsion fondlar faoliyatning asosiy maqsadi kichik innovator firmalarga va yakka ixtirochilarga moliyaviy yordam ko`rsatishdan iboratdir. Kichik firmalarni investitsiyalashda Milliy ilmiy fond muhim o`rin egallaydi, ya`ni ushbu fond investitsion firmalarni kredit bilan ta`minlaydi, balki ularga grantlar ajratadi.
Bunday fondlar qatoriga AQSH energetika vazirligining investitsion fondini kiritish mumkin. Bu fond ham kichik firmalar tomonidan amalga oshirilayotgan ayrim tadqiqot loyihalar kabi, shaxsiy ixtirochilarni subsidiyalash bilan shug’ullanadi.

Download 91.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling