Referati ilmiy rahbar : xiva-2023 Mavzu: Shartnoma tushunchasi Reja: Shartnoma tushunchasi
-rasm. Shartnomaviy majburiyat doirasi
Download 95.91 Kb.
|
Kamron iqtisot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sotish to`g`risidagi shartnoma va yollash to`g`risidagi shartnoma
6.1-rasm. Shartnomaviy majburiyat doirasi«Munosabatli» odam oqilona maqsadli harakat me’yoriga amal qiladi, lekin shu bilan birga u o`z xatti-harakatini ishonch, empatiya va bozor konstitutsiyasini tashkil qiluvchi boshqa me’yorlar asosida ham quradi. Uni tuzish va bajarish lahzalarining vaqt bo`yicha mos kelmasligini nazarda tutuvchi shartnoma odatiy holatni o`zida namoyon etadi. Bozor konstitutsiyasiga ko`ra, shaxs xatti-harakatiga «tabiiy» omillarning ta’sirini aniq oldindan aytishning iloji yo`q. Chunki bozor konstitutsiyasi shaxs va «tabiat» o`rtasidagi emas, balki shaxslar o`rtasidagi o`zaro hamkorlikni tartibga soluvchi me’yorlar yig`indisini o`zida namoyon etadi. Shaxslar o`rtasidagi o`zaro hamkorlik natijalariga «Tabiat» ta’sirining uchta varianti mavjud. «Tabiat» o`zaro hamkorlik natijalariga ta’sir ko`rsatmaydi, shaxslar ushbu holatda aniqlik sharoitida bo`ladi «Tabiat» o`zaro hamkorlik natijalariga ta’sir ko`rsatadi, lekin uning ta’sirini oldindan aytish mumkin. Shaxs tomonidan qabul qilinadigan qarorni muqobil natijalarning paydo bo`lishi ehtimoli ma’lum bo`lganida «hisoblab chiqish» mumkin. «Tabiat» o`zaro hamkorlik natijalariga ta’sir ko`rsatadi, lekin uning ta’sirini oldindan aytib bo`lmaydi. Qaror qabul qilish natijalarini «hisoblab chiqish» mumkin emas, chunki qarorni qabul qilish vaqtida ularning paydo bo`lishi ehtimoli emas, balki faqat uning muqobil yakunlari ma’lum. Xatar va noaniqlik sharoitida hamma shaxslar ham bir xil harakat qilmaydi. Insonlarning xatarga nisbatan munosabatlari nuqtai nazaridan ularning uchta xili mavjud: xatarga qarshi insonlar; xatarga betaraf munosabatda bo`ladigan insonlar va xatarga moyil insonlar (risk aversion, risk neutrality, risk preference). Sotish to`g`risidagi shartnoma va yollash to`g`risidagi shartnomaQaysi institutsional doiralar insonlarning «tabiiy» («tabiat» bilan shartlangan) xatar va noaniqliklarga bo`lgan munosabatlarining o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda shartnomalar tuzish imkonini beradi? Ushbu institutsional doiralar bitim tomonlaridan biriga o`zaro hamkorlik natijalariga «tabiiy omillar» ta’siridan qat’i nazar kafolatlangan daromad olish huquqini qo`lga kiritib, xatardan voz kechish imkoniyatini beruvchi yollash to`g`risidagi shartnomada belgilanadi. Biroq bunda shartnomaning xatarga qarshi bo`lgan tomoni vaziyat qulay tus olgan hollarda katta daromad olish uchun e’tirozlardan voz kechadi. «Yollash to`g`risidagi shartnoma» atamasi yollanma xodim va ish beruvchining o`zaro hamkorligi modelidan kelib chiqib, unda shu narsa nazarda tutiladiki, yollanma xodim – xatarga qarshi, ish beruvchi esa xatarga nisbatan betaraf. Bozor kon’yunkturasi va yollanma xodim ishlab chiqaradigan mahsulotga bo`lgan talab qanday bo`lishidan qat’i nazar, u mehnati uchun qat’iy belgilangan mukofotni oladi. Bunda shartnomaning o`zida qaysi harakatlarni amalga oshirganlik uchun yollanma xodim mukofot olishi aniq ko`rsatilmaydi, harakatlar xususiyati «tabiiy» omillar bilan shartlangan u yoki bu vaziyat sodir bo`lishidan kelib chiqadi. Amalda yollash to`g`risidagi shartnoma faqat yollanma xodimning ish beruvchining qarorlariga bo`ysunishi zarurligini qayd etadi. Endi yuqorida aytilganlarni qat’iyroq shaklda namoyon etamiz. Shartnoma tuzish pallasida uning amalga oshirilishiga shartnoma ishtirokchilarining nazorati ostida bo`lmagan yei voqealar ta’sir ko`rsatishi ma’lum, deylik. Shu bilan birga ushbu ri voqealarning sodir bo`lishi ehtimoli ham ma’lum. U holda yollash to`g`risidagi shartnomani tuzishda ish beruvchi tomonidan yollanma xodim shartnomaning amalga oshirilishi pallasida qanday yei voqea sodir bo`lishiga qarab bajarishi uchun xi vazifani tanlash tartibi tafsirlanadi. Yollash to`g`risidagi shartnomada butun X vazifalar yig`indisi haqida kelishib olinadi, shulardan ish beruvchi, bunda o`zining foydalilik funksiyasini maksimallashtirgan holda xi ni tanlashi mumkin. Ya’ni yollash to`g`risidagi shartnoma deb X vazifalar yig`indisining unda funksiyaning maksimal qiymati EU[plxl(el) Q p2x2(e2) Q ...Qpkxk(ek)], bu yerda xl, ..., xk є X bo`lgan tafsirsiga aytiladi, bu yerda EU – ish beruvchining kutilayotgan foydaliligi. Yollash to`g`risidagi shartnomaga sotish to`g`risidagi shartnoma muqobil hisoblanib, unda ehtimoliy vazifalarning yig`indisi emas, balki bajarish uchun qabul qilinadigan va yei voqealar sodir bo`lishining ma’lum ehtimolligi asosida belgilangan muayyan vazifalar haqida kelishib olinadi. Shunday qilib, sotish to`g`risidagi shartnoma quyidagi funksiyaning qiymati maksimal bo`ladigan (shartnomaning amal qilish muddati mobaynida) kelgusi davrlarda bajarish uchun qabul qilinadigan vazifalarni belgilab beradi: rlU[xl(yel)]Qp2U[x2(e2)]Q...QpkU[xk(ek)], bu yerda U – bitim ishtirokchilarining xi topshirig`ini bajarishdan umumiy foydaliligi. Download 95.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling