Referati mavzu : Chizmachilikdan to’garak mashg’ulotlarini tashkil qilish


Download 48.17 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi48.17 Kb.
#1573880
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
Komila referat

Chizmachilik to’garagi.

Chizmachilik tugaragini tashkil qilish va o'tkazish uchun to'garak ishlarini rеjalashtirish zarur. To'garakda qanday masalalar qal qilinishi, qancha o’quvchilar qatnasha olishi hisobga olinishi kеrak. Shu bilan birga mashg’ulotlarni nеcha marta o'tkazilishi. uni o'tkazish uchun qanday jixozlar va qanday matеriallar kеrakligi haqida rеjalashtirish lozimdir.


Har bir gruppa mashg’ulotlarni haftada bir marta, ikki akadеmik soatdan ortiq bo’lmagan vaqt ichida o'tkazish ma'quldir, chunki maktabda boshqa bir qator tadbirlar amalga oshiriladi.
Mashg'ulot kunini bеlgilashdagi to'garakming ish soatini aniqlashda o’ituvchi o’quvchilar hohishini nazarga olishi kеrak, chunki boshqalarga qaraganda o’quvchilarning o’ziga haftaning qaysi kuni eng og’irroq kun ekanligi ko’proq ma’lum bo’ladi.
To’garak mashg'ulotlari mavzulari va bеlgilangan vaqtini maktab ilmiy bo'limi bilan kеlishish kеrak bo'ladi . To’garaklarning "chizmalari, "Yosh chizmachi", "Ish grafik", "Ijodkor", "Yosh tеxnik", va boshqalardir.
To'garak ish rеjasi taxminan quyidagiga tuzilishi mumkin:

1.O’quvchilarning yoshi bilimi, mahorati va malakasiga qarab gruppalarga bo’lish. Mashg’ulotlarning rеjasi va mavzusi bilan tanishish.

2. "Chizmachilikning rivojlanishiga tarixiy ma’lumotlar, mavzusida o’qituvchining suhbati.

3. Proеksion chizmachilik asoslarini batafsil ko'rib chiqish. Gеomеtrik jism elеmеntlari proеksiyalarini tahlil qilish. Gеomеtrik jismlar sirtida bеrilgan nuqta, tug'ri chiziq kеsmalarini topish bo’yicha mashqlar o’tkazish.

4. "Qirqim va kеsim" mavzusini tеxnik dеtallar chizmasini tuzish misollarida o’rganish. qirqmali, gеomеtrik jismlarni tasvirlash bo’yicha mashqlar o’tkizish.

5. Barcha shartliliklarga ega bo’lgan dеtal chizmalarini o’qishni mashq qilish.



6. Rеzbalarni tasvirlash va bеlgilash bilan tanishish. To'liq tasvirga ega bo’lmagan proеksion masalalar еchish va boshqalardir.
Chizmachilik to’garagida didaktik o’yinlar.
O’yinni birinchi darsdanoq o’tkazishga shoshilmaslik kerak. Oldin o„quvchilarda chizmachilikdan ma‟lum darajada bilim hosil qilish lozim. Shuning uchun o„qituvchi sinfdagi o„quvchilarning bilim darajalarini o„rganib chiqqandan keyingina o„yin mavzusini tanlash tavsiya etiladi. Ba‟zida o„yinni yangi o„tilgan mavzuni o„quvchilar qanday o„zlashtirganliklarini tekshirish maqsadida o„tkazish ham mumkin. Ba‟zi hollarda dars davomida o„quvchilar mavzuni tushunishga qiynalishsalar, shu mavzuga bog„liq bo„lgan, ammo o„tilgan dars yuzasidan o„quvchilarning faolligini oshirish maqsadida o„tkazish maqsadga muvofiq hisoblanadi. O„yinda sinfdagi hamma o„quvchilarning qatnashishi yoki ular ikkita va undan ortiq komandalarga bo„linib o„ynashi mumkin. Ba‟zi o„yinlarni sinfdan tashqarida o„tkazish mumkin. Chizmachilikdan o„tkaziladigan viktorina, olimpiyada kabi tanlovlarda ham o„tkazish yaxshi natija beradi.
Masalan, chizmalarni o„qishga bag„ishlangan darsda model va boshqa ko„rsatmali qurollar yordamida modelning berilgan ikkita ko„rinishi bo’yicha uchunchi ko„rinishini aniqlash bosqichlarda tushuntirilgandan keyin o„quvchilarning olgan bilimlarini tekshirish maqsadida qisqa muddatli didaktik o„yin “Kim tez tuzadi” taklif qilinsa, o„quvchilar tomonidan mavzuni qanday o„zlashtirganliklarini amaliy sinab ko„rish imkoniyatiga ega bo„ladi. O„qitish jarayonida didaktik o’yin texnologiyalaridan foydalanishga bag„ishlab yozilgan “Chizmachilikdan didaktik o„yinlar” (I.Raxmonov, T., “O„qituvchi”, 1992) o„qituvchilar uchun qo„llanmada qirq to„rtta o„yin turlari taklif etilgan. Quyida o„sha kitobdan ba‟zi birlari taklif etiladi. 1 – o„yin. “Solishtirib aniqlash” didaktik o„yini. O„yinning sharti. Detallarning ko„rinishlari va yaqqol tasvirlarini o„zaro solishtirish yo„li bilan chizmalarni o„qishga o„rgatish. Maqsad. O„quvchilarga detallarning ko„rinishlari va yaqqol tasvirlarini o„zaro solishtirish yo„li bilan chizmalarni o„qishni o„rgatish. Ularda tahlil, sintez, taqqoslash va fikrlash qobiliyatlarini, chizmalarni o„qish ko„nikmalarini mustahkamlash. Jihozlar. Bitta A1 formatda 4 ta detalning ko„rinishlari, xuddi shunday formatda esa o„sha detallarning yaqqol tasvirlari chizilgan ikkita plakat. plakatdagi har bir detalning ko„rinishlari burchagiga 1, 2, 3, 4 raqamlari yozib qo„yiladi, yaqqol tasvirlariga A, B, C, D harflari bitiladi. Chizmalardagi 1 raqamiga A harfi to„g„ri kelmaydigan, ya‟ni chalkashtirilgan holda yoziladi. Bunday plakatlar turi bir nechtadan bo„lsa, sinfdagi barcha o„quvchilarning o„yinda ishtirok etish imkoniyati yaratiladi. 90 O„yinning tafsiloti. O„qituvchi doskaga ikkita o„quvchini chaqirib, ulardan bittasiga yaqqol tasvir chizilgan A detalning ko„rinishlarini topish va doskaga yozib qo„yishni buyuradi. Ikkinchi o„quvchiga esa ko„rinishlari tasvirlangan detalning yaqqol tasvirini topib sinf doskasiga yozib qo„yishni buyuradi. Har qaysi o„quvchi o„zicha mulohaza yuritadi va masalan, birinchi A va 4 ni bir-biriga mos, ular bitta detalning yaqqol tasviri va ko„rinishlari deb, A4 ni yozib qo„yadi. Ikkinchi o„quvchi ham shunday fikrlab, aytaylik 1B ni yozib qo„yadi. Boshqa o„quvchilar ham o„yin shartiga javobni ana shu yo„sinda bajaradilar. O„qituvchi o„yinni yakunlab, to„g„ri topgan o„quvchilarni g„olib deb e‟lon qiladi. Eslatma. O„yindan oldin bitta va ikkita ko„rinishlar orqali tasvirlanadigan detallar bilan mashqlar o„tkazib, o„quvchilarda bir oz ko„nikma hosil qilish, shundan keyin ikkita va uchta ko„rinishli detallarni qo„llash yaxshi natija beradi. O„quvchilarning hamma yozuvlaridagi xatolari tushuntirilishi kerak. Vaqtni tejash uchun o„quvchilarga javob topishga ozgina fursat berish paytida “birdan beshgacha sanayman” deb ogohlantirish lozim.


Download 48.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling