Ulardan Bazar qal`a, Mizdakhan, Tuproq qal`a, Aybiyuir qal`a, Yonbosh qal`a, Aqshahon qal`a, Daukesken qal`a, Oyoz qal`a
Download 1.03 Mb.
|
Qoraqalpog
Qoraqalpog’istonning tarixiy joylari. Buyuk ikki daryo oralig`idagi Markaziy Osiyoning Egipeti atangan Qoraqalpog`iston eri jahon madaniyatinig qadimiy markazlaridan biri hisoblanadi. Bu ulkada bundan ikki yarim ming yil ilgari ilm, fan, madaniyat markazlariga aylangan qal`alarga asos solinadi. Ulardan Bazar qal`a, Mizdakhan, Tuproq qal`a, Aybiyuir qal`a, Yonbosh qal`a, Aqshahon qal`a, Daukesken qal`a, Oyoz qal`a singari bir nechta unlagan qal`alar o`zlarining askariy qo`rg`onlar, saroylar, ibodathonalar va ulastdan topilgan ajoiyb haykallar, rangli buyoqlar bilan yasalgan ijodiy asarlar qolaversa arxivlik daraklari bilan jahon madaniyatining oltin qo`ridan joy egallagan.O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining hurmatli akademigi ,belgili professor S.P.Tolstov akademik Ya. G`. G`ulomov bilan birgalikda Janubiy Orol buyi arxeologik yodgirliklarni birinchi bulib ochdi, ularni faqat tadqiqlab quymasdan shu yodgirliklar va ularning merosxorlari Qaroqalpoqlar, umuman Xorazmliklarning qadimgi va o`rta aslardagi tarixi haqidagi Angliya, Frantsiya, Italiya va Hindiston davlatlarining universitetlarida 1956-1958- yillari ma`ruzalar o`qib, xalqimizni dunyoga tanitdi.Odamzot tarixi bir necha yuz ming yillarni o`z ichiga oladi. Qoraqalpog`iston yerida shu davrlarning deyarli barcha bosqichlariga tegishli yodgorliklar uchrashadi. Usturtda ochilgan Esen, Shaqpaqli va Qoraquduq yodgorliklari ulkamixda odamlarning bundan bir yuz oltmish ming yildan oshiq vaqtdan buyon yashaganidan darak beradi. Temir davrid ulkamizning chegaralarining, qa`lalarning, ibodatxonalarning va saroylarning qurilishlari boshlanadi. Janubiy Orol buyi tarixida birinchi markalashgan Xorazm davlatiga asos solingan. Qadimgi davrlardan Sharq bilan G`arbni bog`lab turgan o`rta asrlarda karvon saroylar, minoralar va bazorlar quriladi.Mustaqillik yillarida boy tarixiy va madaniy meroslarimizga degan munosabat butunlay o`zgarib, asosiy egasi bo`lgan xalqga qaytarilib berildi. Natiyjada xalqimizning bao madaniy meroslari bugungi kuni o`z tarixini terangrak bilishga, o`zligini va milliyligini tanishga xizmat etayabdi.Madaniy meroslar xalqning rivojlanish yo`lining belgili bosqichlarining oynasi bo`lishi bilan kelajak avlodning ruuxiy tarafdan o`sishiga kuchli ta`sirini yasaydi. O`zi tug`ilib o`skan yerin qqadrlay biladigan yoshlarni tarbiyalashda madaniy meroslarning axamiyati katta. Qoyqirilgan qa`la Markaziy Osiyodagi eng qadimiy mavzoley- xram va observatoriya, Topiraq qa`lada Gretsiya va Rim saroylari va ularning saroylaridan, xaykallaridan, freskalaridan qolishmaydigan etib bezalgan. Buyuk Xitoy devoridan taxminan yuz yil oldin solingan Dauesken qashisida, ertaklardagi yer osti saroylariga o`xshatadigan Nazlimxan suluda bo`lgan va ularning tarixi bilan yaqindan tanishgan yoshlarning xar birida maqtanish xissini o`yg`atadi. O‘zbekiston poytaxti va yirik shaharlaridan ancha uzoqda joylashgan Qoraqalpog‘iston tarixiy yodgorliklarga juda boy: qadimiy masjid, maqbaralar, qal’a va qo‘rg‘onlar. Yodgorliklarning aksariyati asrlar davomida ochiq osmon ostida, yoz jaziramasi va qish qahratoni hamda yog‘ingarchiliklarga dosh berib kelgan bo‘lsada, ayrim insonlar shafqatsizligi oldida ojiz qolmoqda. Muhim madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan yodgorliklar qo‘pol va o‘zboshimchalik bilan qilingan ta’mirlash va restavratsiya oqibatida o‘z qiymatini yo‘qotmoqda. Tarixiy obidalar butunlay yangi binoga aylanmoqda. Afsuski ana shunday voqealardan biri XII asrda qurilgan Shamunabi maqbarasida ham sodir bo‘ldi. Qoraqalpog‘istonlik tarix fanlari nomzodi, professional gid Oktyabr Dospanovning so‘zlariga ko‘ra, shu yil yozda qadimiy yodgorlik butunlay yo‘q qilingan va uning o‘rnida... yangi bino qurilgan. «Bu XII-asrga taalluqli ajoyib mavzoley edi. Arxeologlar tomonidan u 1964-yilda Nukus yaqinidagi Mizdaxan maqbarasini qazish ishlari vaqtida topilgan edi. Betakror shaklga ega bu binoning yetti qubbasi va ularda o‘rnatilgan yetti darchasi bo‘lib, ularning barchasi Makka tomoniga qaratilgan edi. Maqbaraning ichidagi qabrlar ossuariyga, kirish darvozasi esa o‘tov eshigiga o‘xshar edi. Ushbu yodgorlikda to‘rt buyuk madaniyat va to‘rt dinga xos bo‘lgan belgilar ajoyib tarzda mujassamlashgan edi: nasroniylik, islom, buddizm va zoroastrizm. Bu avlodlar uchun asrlar uzra qoldirilgan ajoyib falsafa va toqatlilik ramzi edi». Oldin ushbu maqbaraga turistlarni olib kelganimda ular qoyil qolib tahsinlar aytar edi. Endi bo‘lsa uning o‘rnida oddiy yangi qurilgan g‘isht bino turibdi, xolos. Unda hech qanday tarix ham, sir-asror va afsona ham yo‘q. Endi hamkasabalarim bu yerga sayyohlarni olib kelishga uyaladi. Yodgorlikni qayta qurish ishlari bir yil oldin boshlangan edi. Odamlar hech qanday restavratsiya bo‘lmasligini tushunib, mavzoley buzilishiga qarshilik ko‘rsatmoqchi bo‘lganda — bizga bir talay qog‘ozlarni ko‘rsatishdi. Ushbu ruxsatnomalar Madaniyat vazirligi tomonidan berilgan edi. Mahalliy aholi guvohligiga ko‘ra, Shamunabi maqbarasi buzilmasdan oldin juda yaxshi holatda bo‘lgan. Faqat qubbalarning ba’zilari ta’mirtalab edi. Yodgorlik pishiq g‘ishtdan qurilgani sababli yana ming yil turishi mumkin bo‘lgan. Oktyabr Dospanovning so‘zlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonda yana bir necha yodgorliklar ana shunday uslubda «qayta ta’mirlangan». Masalan, Qizilqal’a. Quyidagi fotosuratlarda uning restavratsiyadan oldingi va keyingi holatini ko‘rishingiz mumkin. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling