Referati mavzu : Polimerlar haqida umumiy tushuncha Bajardi: 3 20 myamt azamov. M tekshirdi: S. Axmedov


Download 320.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana08.05.2023
Hajmi320.03 Kb.
#1444810
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
3-20 maxmudjon

termoreaktiv turlarga bo’linadi. 
Termoplastik polimerlar issiqlik tasirida yumshaydi, hatto suyuqlanadi ham, 
sovutishda esa qotadi; bu jarayon qaytariluvchi xususiyatga ega bo’ladi. Bunday 
polimerlar makromolekulalarining strukturasi chiziqli yoki tarmoqlangan bo’ladi. 
Termoreaktiv polimerlar birinchi bor hosil bo’lish bosqichida chiziqli strukturaga 
ega bo’ladi va uni qizdirish natijasida yumshaydi, keyin kimyoviy reaksiya 
natijasida qotadi (fazoviy struktura hosil qiladi) va keyinchalik doimiy qattiq 
holga o’tadi. 


 7. Plastmassalarning mexanik xossalari ularning strukturasigagina bog’liq 
bo’lmasdan fizik holatiga va temperaturasiga ham bog’liq bo’ladi. Plastmassalar 
uchun fizik holatda bo’lishi mumkin: shishaga o’xshash, yuqori-elastik va 
qovushqoq-oquvchan holatlarda. 
Shishaga o’xshash holatda (qattiq yoki amorf) molekulalar zanjirini hosil qiluvchi 
atomlar turg’un holat atrofida tebranma harakat qiladi; zvenolar harakati va 
makromolekulalarning siljishi kuzatilmaydi. 
Yuqori-elastik 
holatda 
material, 
zvenolarining 
tebranishi 
va 
makromolekulalarining egilish qobiliyatiga ega bo’lib qolishi natijasida, ko’p 
bo’lmagan qizdirish natijasida qaytar katta shakil o’zgartirish xususiyati bilan 
tavsiflanadi. 
Materialning qovushqoq-oquvchan holati suyuq holatga o’xshab ketadi, ammo 
barcha makromolekulalarining harakatchanligi hisobiga, yuqori qovushqoqligi 
bilan farqlanadi. 
Konstruksion plastmassalar mexanik mustahkamlik ko’rsatkichlari bo’yicha uch 
ta asosiy guruhga bo’linadi: past, o’rtacha va yuqori mustahkamlik. 
Plastmassalarning asosiy texnologik xossalari bo’lib: oquvchanlik, cho’kish, 
qotish tezligi (reaktoplastlar) va termoturg’unlik (termoplastlar) kabi 
ko’rsatkichlari hisoblanadi. 
Oquvchanlik – bu materialni unga berilgan shakilni, ma’lum temperatura va 
bosimda, to’ldira olish qobiliyati bo’lib, u material tarkibidagi to’ldiruvchi, 
plasifikator, moylovchi materialining turi va miqdoriga bog’liq bo’ladi. Shu bilan 
birga press-formaning konstruktiv o’ziga xosligiga ham bog’liq bo’ladi. 
To’ldiruvchisiz termoplastlar uchun oquvchanlik ko’rsatkichi sifatida 
<<
suyuqlanish indeksi
>>
deb nomlanuvchi va ma’lum temperatura va bosimda 
diametri 2,095 mmli soplodan vaqt birligi ichida siqib chiqariladigan material 
miqdori qabul qilingan. 
Cho’kish tushunchasi orqali press-forma ichki yuzasi o’lchamlariga nisbatan 
detal o’lchamining absolyut yoki nisbiy kamayishi tushuniladi. Absolyut 
kattalikdagi cho’kish miqdorining katta qismini press-forma va detal materiallari 
temperatura koefitsientlari orqasidagi farq tashkil etadi. Cho’kish miqdori 
bog’lovchi smolaning fizik-kimyoviy xossalariga, to’ldiruvchining miqdori va 
tabiatiga, unda namlik va uchuvchi moddalar bor yo’qligiga, ishlov berishning 


temperatura rejimiga va boshqa omillarga bog’liq bo’ladi. Cho’kishni press-
formani loyihalayotganda hisobga olish kerak. 
Reaktoplastlarning yuqori-elastik yoki qovushqoq-oquvchan holatdan to’la 
polimerlanish holatiga o’tish jarayoni qotish tezligi bilan aniqlanadi. Qotish 
tezligi (polimerlanish) bog’lovchining (termoreaktiv smolalar) xossalariga va 
ishlov berish temperaturasiga bog’liq bo’ladi. Qotish tezligining pastligi 
materialni bosim ostida press-formada ushlab turish vaqtini oshirib yuboradi va 
jarayonning ish unumini pastlatib yuboradi. Qotish tezligining ortiqcha kattaligi 
materialni kutilgan vaqtdan avval press-formaning o’zida polimerlanishiga olib 
keladi,natijada qolip ichidagi bo’shliqning ba’zi joylari quyilayotgan material 
bilan to’lmay qolishi mumkin. 
Termoturg’unlik ostida shunday vaqt tushuniladiki, bu davir mobaynida 
termoplast parchalanmasdan ma’lum temperaturaga bardosh beradi. Yuqori 
termoturg’unlikka polietilen, polipropilen, polistirol kabilar ega bo’ladi. 
Past termoturg’unlika ega materiallar (poliformaldegid, polivinilxlorid va 
boshqalar) uchun ularga ishlov berish jarayonida parchalanib ketishini oldini 
olish choralarini ko’rib olish kerak bo’ladi. Masalan, qoliplar kesimini, diametrini 
oshirish vas hu kabilar. 
8. Polimer materiallardan tayyorlangan buyumlarning xossalari sezilarli darajada 
ularni tayyorlash yoki materialni qayta ishlash texnologiyasiga bog’liq bo’ladi. 
Xuddi shunday bog’liqlik metal buyumlarni tayyorlashda ham kuzatiladi, ammo 
qayta ishlash rejimining polimer materiallar xossalariga ta’sir etishi, tuzilishi va 
molekulalararo struktura o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan, o’ziga xoslikka ega. 
Termoplastdan tayyorlangan detallarning sifati polimerning makromolekulalar va 
molekulalararo strukturaviy xossalari bilan aniqlanadi. Bu xossalar materialni 
detalga aylantirish jarayonida hosil qilinadi va texnologik rejim ko’rsatkichlariga 
bog’liq bo’ladi. Bu polikaproamid quymasini tayyorlash misolida yaxshi 
ko’rinadi. Quymaning temperaturasini 220 dan 265
0
C gacha ko’tarish uning 
molekulyar massasini 29600 dan 16800 gacha kamayishiga olib keladi. Quyma 
temperaturasining ortishi bilan termoplastlarning (polietilen, polipropilen) 
mexanik xossalarini ifodalovchi: mustahkamlik, elastiklik moduli, nisbiy 
cho’zilish kabi asosiy hususiyatlari sezilarli darajada pasayadi. Polimerdan bosim 
ostida quyib tayyorlangan detallarning xossalari bosimning qiymatiga ham 
bog’liq bo’ladi. 


Polimerlarga termik ishlov berishning asosiy turlari: polimer materiallarga 
termik ishlov berish polimerlarni qayta ishlashning muxum texnologik 
jarayonlaridan biri xisoblanadi. Hatto plastmassalardan tayyorlangan buyumlarga 
yuqori mustaxkamlik yoki yeyilishga chidamlilik kabi talablar qo’yilmagan 
hollarda ham har qanday detal tayyorlashda ham yuzaga kelishi mumkin bo’lgan 
ichki kuchlanishlarni bartaraf etish uchun ham ularga termik ishlov beriladi. 
Kristallanuvchi termoplastik polimer materiallarga ratsional rejimlarda termik 
ishlov berish yo’li bilan uning zichligini, qattiqligini, molekulyar massasini
cho’zilish va siqilishdagi mustahkamlik chegarasini, zarbiy qovushqoqligini, 
yeyilishga chidamliligini oshirishga va foydalanish jarayonida detallar 
o’lchamining turg’unligini ta’minlashga erishiladi. 
Termik ishlov berishning samaradorligi polimerdan buyumlar olish jarayoni 
barcha bosqichlaridagi temperatura rejimlariga bog’liq bo’ladi. Metallar kabi 
polimerlar uchun ham to’rt xil termik ishlov berish turi ishlatiladi: toblash, 
yumshatish, normallash va bo’shatish. Qisqa qilib aytganda polimerlarga termik 
ishlov berish – bu, kerakli xossalarni olish maqsadida amalga oshiriladigan, 
detalni ma’lum temperaturagacha qizdirish, shu temperaturada ushlab turish va 
ovutishdan iborat jarayondir. 
Kompozitsion materiallar ichida sintetik polimerli kompozitsion materiallar bosh 
o’rinni egallaydi. Polimerlin kompozitsion materiallar (PKM) quidagi 
ko’rsatkichlar bilan ifodalanadi: 
- sun’iy kelib chiqishi
- material tarkibida kimyoviy tarkibi bo’yicha ikkitadan kam bo’lmagan va aniq 
chegaralari bilan bir-biridan ajralib turadigan tashkil etuvchilardan iboratligi; 
- tashkil etuvchilar o’zining hajmiy ko’rinishi bilan kompozitsiya hosil qilishi; 
- kompozitsiya har bir tashkil etuvchisiga tegishli bo’lmagan yangi xossalarga ham 
ega bo’lishi kabi ko’rsatkichlari bilan. 
Polimerli kompozitsion materiallarning ko’plab turli-tuman tarkiblari ichida 
minimum ikkita alohida fazalar bo’ladi – matrisasi va puxtalovchi (armatura) 
elementi, undan tashqari oraliq (fazalararo) qatlam ( element) ham bo’lishi 
mumkin. 
Matritsa tushunchasida uzluksiz fazoviy fazasi tushuniladi va u buyumning 
shaklini saqlovchi, tasir etuvchi kuchlanishni puxtalovchi elementga uzatib 
beruvchi, boshqa turdagi tashqi omillarga qarshilik ko’rsatuvchi sifatida namoyon 
bo’ladi. Bog’lovchiancha keng ma’noga ega bo’lib matritsa faqat qattiq (tayyor) 


PKMlar ychun tegishli xolos. Matritsa fazasini ifodalovchi ko’rsatkich bo’lib 
g’ovakli, germetiklik, tashqi muhit (namlik, benzin, moylar, kislotalar va 
boshqalar) ta’siriga chidamlilik, qoldiq kuchlanish, puxtalovchi bilan o’zaro 
bog’lanish mustaxkamligi, mexanik xossalari,yemirilishdagi qovushqoqligi 
kabilar kiradi. 
Bog’lovchi tushunchasi texnologik ma’noni ifodalaydi. Shuning uchun bog’lovchi 
matritsadan farqli o’laroq polimer fazasining yashovchanligini, qovushqoqligini, 
ho’llash qobiliyatini, adgeziyasini, texnologiyabopligini, yod qo’shimchalarning 
mavjudligini, cho’kishini, ekologiyabopligini ifodalaydi. 
Puxtalovchi (armatura) fazasi donador zarrachalar, uzluksiz tolasimon puxtalovchi 
elementlar, listlar, qatlamlar ko’rinishida bo’lishi mumkin. PKM larda ko’pincha 
tolasimon elementlardan foydalaniladi. Ular elementar tola, iplar to’plami, 
bog’lamlar, chiviqlar, arg’amchilar, lentalar, turli usulda to’qilgan matolar, turli 
o’lcham va zichlikdagi setkalar, fazoviy xatolik (erkin) joylashgan mayda tolalar 
va boshqa ko’rinishlarda bo’lishi mumkin. 
Oraliq (fazalararo) qatlam (faza) matritsadan farq qiladi va matritsani puxtalovchi 
element bilan to’g’ri birikishini ta’minlash va kerakli hajimni egallash uchun 
xizmat qiladi. 
Foydalanilgan adabiyotlar: U.A.Ziyamuxamedova ,,Materialshunoslik” Toshkent 
-2018.

Download 320.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling