Referati mavzu : Polimerlar haqida umumiy tushuncha Bajardi: 3 20 myamt azamov. M tekshirdi: S. Axmedov


Download 320.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana08.05.2023
Hajmi320.03 Kb.
#1444810
TuriReferat
  1   2   3
Bog'liq
3-20 maxmudjon



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI 
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI 
QO’QON FILIALI 
ELEKTRONIKA VA ELEKTRA TEXNIKA FAKULTETI 
Polimer materiallar fanidan 
REFERATI 
 
Mavzu: Polimerlar haqida umumiy tushuncha 
Bajardi:3_20 MYaMT Azamov.M 
Tekshirdi:S.Axmedov 


Polimerlar xaqida umumiy tushuncha 
REJA: 
1 Polimer materiallar
2 Polimerlarning olinishi 
3 Polimerlarning strukturasi va xossalari 
4 Polimerlarning sinflanishi 
5 Polimer matrisasining turi 
6 Polimerlarning qovushqoqlik va teplofizik xossalari 
7 Polimerlarning mexanik xossalari 
8 Polimer materiallarga termik ishlov berish 


1.Hozirgi vaqtga kelib,o’z xossalari jixatidan xilma-xil 
plastmassalar,yog’ochlar va rezinalar, juda puxta konstruksion materiallar 
plastmassalar, yarimo’tkazgichlar, o’tkazgichlar magnitli va boshqa 
plastmassalar yaratilgan. 
Bu materiallar ko’p hollarda qimmat turadigan metallar o’rnida ishlatilmoqda. 
Texnika taraqqiyoti sanoatga plastmassalarning joriy qilinishiga ko’p darajada 
bog’liqdir. 
Qisman yoki butkul yuqori molekulyar birikmalar, ya’ni polimerlardan iborat 
bo’lib, sun’iy ravishda tayyorlangan va muayyan harorat va bosimda plastiklik 
xossalariga ega bo’lgan materiallar plastik massalar (plastmassalar) deyiladi. 
Ko’pincha plastmassalar bir necha xil moddalardan iborat bo’ladi. 
Ularning tarkibiga masalan bog’lovchi va to’ldiruvchi moddalar, plasifikatorlar, 
bo’yoq moddalar va boshqalar kiradi. Ba’zi plastmassalar , masalan organik 
shisha, poliamid, polietilen faqat polimerlardan iborat bo’ladi. 
Murakkab tarkibli plastmassalarda bog’lovchi moddalar vazifasini polimer 
o’taydi. 
Polimerlar juda ko’p bir necha mingdan tortib, to bir necha milliongacha atomdan 
iborat birikmalardir. Polimerlar tabiiy va sun’iy bo’ladi. Tabiiy polimerlarga 
selluloza, jun, ipak, tabiiy kauchuk va boshqalar sun’iylariga esa organic shisha, 
polietilen, viskoza, kapron, naylon, sun’iy kauchuk va boshqalar kiradi.
Yuqori molekulyar organik birikmalar yoki ularning guruhlari ko’pincha smolalar 
deb ataladi. 
2.Polimerlar ikki xil usul bilan: polimerlash va polikondensatlash usullari bilan 
olinadi. 
Polimerlash 
usulida 
bir 
xil 
monomerning 
masalan 
etilenning 
juda 
ko’pmolekulalari birin-ketin birikib, o’sha tarkibli, ammo tamomila boshqa 
xossaliyangi modda (polietilen) hosil qildi. 
Polimerlanish yo’li bilan polistirol, polivinilxlorid, poliakrilat (organic shisha) va 
boshqa polimerlar olinadi.
Ikkita har xil monomerni birgalikda polimerlash yo’li bilan ham yangi polimer 
olish mumkin. Bu holda olingan yuqori molekulyar moddalar sopolimerlar deb 
ataladi. Sopolimerda ikkala monomerning xossalari mujassamlangan bo’ladi. 


Polikondensatlash usulida ikki yoki undan ortiq xil monomer o’zaro kimyoviy 
ta’sir ettiriladi. Bunda polimer bilan bir qatorda qo’shimcha maxsulot (suv, 
ammiak yoki boshqa modda ) ham hosil bo’ladi. Masalan fenol bilan fenol 
farmadegid qizdirilgan holda va katalizator ishtirokida o’zaro ta’sir ettirilsa, 
polimer-penoplast va suv hosil bo’ladi. 
Makromolekulalarining tuzilishiqa qarab polimerlar quidagi turlarga bo’linadi:a) 
chiziqli; b) tarmoqlangan; d)tikilgan; e) setkasimon 
Polimer makromolekulalarining tuzilishining sxematik ko’rinishi. 
Chiziqli makromalekulalarning uzunligi ko’ndalang kesim yuzasiga nisbatan bir 
necha ming marta katta.Qizdirilganda yumshaydi, sovutilsa qotadi. Qayta 
qizdirish natijasida qayta yumshaydi. Masalan poliamid, polietilen. 
Tikilganformalar formalar (pog’onali, setkasimon, fazoviy) ancha mustahkam, 
erituvchilariga uncha erimaydigan ,yumshamaydigan polimerlarga mansub. 
To’rsimon uch o’lchamli formali makromolekulali polimerlar mo’rtligi va tashqi 
kuchlarga yuqori turg’unligi (yumshamaydi,ishmaydi) bilan xarakterli. 
3 Polimerlar (yunonchada polymers – ko’p qisimlardan tashkil topgan, ko’p 
shakilli degan ma’noni beradi va undagi poly -ko’p va meros – qism, bo’lak 
ma’nolarini ifodalaydi) – yuqori molekulyar massaga ega bo’lib ularning 


molekulalari ko’p sonli turg’un yoki noturg’un takrorlanuvchi atomlar zanjiri 
guruhlaridan tashkil topgan bo’ladi. 
Ko’p sonli elementar bo’laklardan (monomerlardan) tashkil topgan,bir xil 
kimyoviy tarkibga va strukturaga ega bo’lgan molekulalar makromolekulalar deb 
yuritiladi. Moddaning xossalari makromolekulalarning kimyoviy tarkibi 
bilangina aniqlanmasdan,ularning o’zaro joylashishi va tuzilishi bilan ham 
aniqlanadi. Makromolekulalarning ko’ndalang kesmi odatda bir necha 
nanometrni tashkil qiladi, uzunligi esa bir necha ming nanometrga yetadi yoki bir 
necha mikrometrga yetishi mumkun, shuning uchun makromolekulalar yaxshi 
egiluvchanlikka ega bo’ladi. 
4. Polimerlar xossalarini uning tarkibi va strukturasiga bog’liqligini o’rganishni 
osonlashtirish maqsadida ularni turli belgilari (tarkibi,makromolekulyar 
shakli,fazoviy holati, qutubliligi, qizdirishga munosabati) bo’yicha sinflash 
mumkin. Tarkibi bo’yicha barcha polimerlar organik, elementli organik

Download 320.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling