Referati Mavzu : Tasviriy san’at darslarida kompyuterdan foydalanish yo’llari. Tekshirdi: Ibodullayeva Nigora
Multimedia vositalarini ta’lim jarayonida qo‘llash
Download 26.91 Kb.
|
1 2
Bog'liqJaloladdin referat
Multimedia vositalarini ta’lim jarayonida qo‘llash
Multimedia («Ko’p muhitlik» degan ma’noni bildiradi) — zamonaviy axborotlar texnologiyasi bo‘lib, kompleks tushunchani anglatadi. Uning turli ko‘rinishlari -matn, jadval, grafika, nutq, animatsiya (multiplikatsiya), videotasvir, musiqa yordamida axborotni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish vazifalarini bajaradi. Multimedia «inson - kompyuter» interaktiv muloqotning yangi, takomillashgan pog‘onasi bo‘lib, bunda foydalanuvchi juda keng va har tomonlama axborot oladi. Ta’lim jarayonida multimedia vositalarini qo‘llash pedagogik va psixologik nuqtai nazardan juda katta ahamiyatga ega. Bunda beriladigan material chuqurroq o‘zlashtiriladi, vaqt tejash imkoniyatiga erishiladi, olingan bilimlar o‘quvchi xotirasida uzoq vaqt saqlanadi, talabalar passiv tinglovchi sifatida ishtirok etadigan ma’ruzalar soni qisqarib, izlanuvchanlik va bilish faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan multimedia darslari tatbiq etiladi, ta’lim jarayoniga badiiylik kiritiladi. Ma’lumki, ta’lim oluvchi birinchi marta eshitgan mavzusining faqat to‘rtdan bir qismini, ko‘rgan materialining uchdan bir qismini eslab qoladi, ham ko‘rib, ham eshitsa, axborotning ellik foizini yodda saqlaydi. Interaktiv multimediya texnologiyalaridan foydalanilganda esa bu ko‘rsatkich yet-mish besh foizni tashkil etadi. Multimediani qo‘llash uchun quyidagi texnik vositalar kerak bo‘ladi: kompyuter, lazer disklarini o‘qiydigan CD-ROM qurilmasi, SB- ovoz xaritasi, AS- faol kolonka, CD- kompakt disk. Eng zamonaviy kompyuterlarda yuqoridagi qurilmalarning ba’zilari o‘zida o‘rnatilgan bo‘ladi. Adabiyotlar Qоsimоv S Aхbоrоt tехnоlоgiyalari T 2006 N.N.Azizxo`jayeva. Pedagogik texnologiyalar va pedgogik mahorat T-2006 B.Sultоnоv va bоshqalar. Yangi pеdagоgik tехnоlоgiya asоslari. Tоshkеnt.,2007 Download 26.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling