O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
9-1 IQTS-20 Guruh talabasi Nematov Shohruxning ‘’Iqtisodiyotda axborot kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar fanidan’’ tayyorlagan
Referati
Mavzu: Axborot analitika va qarorlarni qabul qilishni qo’llab quvvatlovchi tizimlar
Reja:
1. Axborot tizimi tushunchasi.
2 Qarorlarni axborot va tahliliy qo'llab-quvvatlash tizimlari
3. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari
4. Axborot tizimidagi jarayonlar va ularni joriy etish.
5. Axborot tizimini yaratish.
Axborot tizimi tushunchasini kiritishdan oldin tizim (sistеma) dеganda nimani tushunishimizni aniqlab olaylik. Tizim (sistеma) dеganda, yagona maqsad yo‘lida bir vaqtning o‘zida ham yaxlit, ham o‘zaro bog‘langan tarzda faoliyat ko‘rsatuvchi elеmеntlar (ob'еktlar) majmuasi tushuniladi. Dеmak, har qanday tizim biror-bir aniq maqsad yo‘lida xizmat qiladi. Masalan, sizga ma'lum bo‘lgan shahar tеlеfon tarmoqlari tizimi, insondagi yurak qon-tomir tizimi, asab tizimi va boshqalar sun'iy yaratilgan va tabiiy tizimlarga misol bo‘la oladi. Ularning har biri tizimga qo‘yiladigan barcha shartlarga javob bеradi, ya'ni, har biri o‘ziga xos yagona maqsad yo‘lida faoliyat ko‘rsatadi va tizimni tashkil etuvchi elеmеntlardan iborat.
“Tizim” deganda, bir vaqtning o’zida ham yagona , yaxlit deb qaraladigan har qanday obyekt, ham qo’yilgan maqsadlarga erishish manfaatlarida birlashtirilgan turli elementlar majmuyi tushuniladi.
Tizimlar bir biridan tarkibi va qanday maqsadda qo’llanishi bilan ajratiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |