Referati mavzu: Bayon uchun material tayyorlash. Reja
Bolalarni bayon yozishga tayyorlash
Download 37.92 Kb.
|
Bayon uchun material tayyorlash.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Bayon tahliliga e`tabor qaratish.
2.Bolalarni bayon yozishga tayyorlash .
Ushbu turdagi mashqlar ham oʻquvchilarni bayon yozishga tayyorlaydi. Bayon oʻquvchilarda koʻnikma va malakalarni oshiradi u asosan dasturda bogʻlanishli nutq yoki nutq oʻstirish boʻlimida kiritiladi. Boshlangʻich sinf oʻquvchilariga bayon yozdirishdan oldin ishning maqsadi va vazifasi belgilab olinadi. Shu bilan birga oʻquvchilarning bilimi yosh xususiyatiga moslab matn tanlanadi. 2-sinfda oʻquvchilarga bayon yozdirish ikki xil tartibda olib boriladi. 1. Oʻqituvchi tuzgan reja asosida bayon yozish. 2. Oʻqituvchi rahbarligida oʻquvchilarning oʻzlari tuzgan reja asosida bayon yozdirish.Oʻquv yilining 1-yarimida bayon rejasini oʻqituvchi tuzadi. Keyinchalik oʻquvchilarning oʻzlari mustaqil tuzadilar.2-sinf oʻquvchilariga bayon yozdirishda quyidagi maqsadlarga erishish koʻzda tutiladi. Asosiy fikr kim yoki nima haqida borayotganligini bilish; Bayondan bir soʻzni takror ishlatavermay uning sinonimlaridan foydalanishni oʻrgatish; Yozma nutqni oʻstirish; Imlo xatolarni tuzatish. 2-sinfda oʻquvchilarni matn bilan tanishtirishda ishni tayyorgarlik mashqlaridan boshlash maqsadga muvofiq. Bu davrda gap ustida ishlashga katta ahamiyat berish talab qilinadi. Matnni tahlil qilish yoʻli bilan sodda gaplarni tuzish koʻnikmasi mustahkamlanadi. 3.Bayon tahliliga e`tabor qaratish. Bayon tahliliga quyidagicha e’tibor beriladi. Oʻquvchilar ishi haqida umumiy suhbat. Eng yaxshi bayon namunasini koʻrsatish. Matnga mos boʻlmagan ortiqcha soʻzlarni oʻqib eshittirish. Qaysi asosiy fikr tushub qolganligini aytish. Xatolar ustida ishlash. 2-sinf ona tili darsligida matnni savollar yordamida ogʻzaki va yozma qayta hikoyalash (bayon) ishiga katta e’tibor berilgan. Ushbu metodik koʻrsartmalardan 29-, 35-, 124-, 168-, 180-, 186-, 192-, 282- va 286-mashqlarni bajarishda foydalanish tavsiya etiladi. Download 37.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling