Referati Mavzu: "Birja tarixi" Buxoro-2022 Reja: Birja haqida ma’lumot. Birja tarixi


Tartibga soluvchi – mustaqil tashkilot bo‘lib, u bozorda ya’ni fond birjasida hammasi qonuniy asosda amalga oshishini nazorat qiladi


Download 480.76 Kb.
bet4/5
Sana22.12.2022
Hajmi480.76 Kb.
#1042467
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
BIRJA TARIXI

Tartibga soluvchi – mustaqil tashkilot bo‘lib, u bozorda ya’ni fond birjasida hammasi qonuniy asosda amalga oshishini nazorat qiladi.


O‘zbekistonda ushbu vazifalarni Kapital bozorini rivojlantirish agentligi bajaradi, u, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari faoliyatini litsenziyalash bilan shug‘ullanadi.

Aksiyalar kotirovkasi nima? Aksiyalar kotirovkasi – bu aksiyalarning fond birjasidagi bahosi bo‘lib, talab va taklifga ko‘ra belgilanadi hamda kompaniyaning sof daromadi, avval to‘langan dividendlar hajmi, firmaning obro‘si va qimmatli qog‘ozlar bozoridagi o‘rni kabi ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘ladi.


Kompaniya aksiyalarining kotirovkasi doimo o‘zgarib turadi va “Toshkent” RFB saytida “Birja kotirovka varag‘i” nomli maxsus jadvalda doimiy aks etadi.
Har bir aksiya bir vaqtning o‘zida bir nechta narxga ega:
Birinchidan, bu chiqarish paytida aksiyaga belgilangan nominal narx. Uni nominal qiymat ham deyishadi. Aksiyaning nominal qiymati egasi ushbu aksiya bo‘yicha oladigan daromad yoki dividendga nisbatan ahamiyatli.
Aksiyalarning bozor narxi ushbu qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi davridagi talab va taklifga ko‘ra belgilanadi. Odatda u amalga oshgan bitimlarning o‘rtacha qiymati sifatida yoki savdo kunining (savdo haftasi) yakuniy narxiga ko‘ra belgilanadi.
Kotirovka narxlari – ma’lum vaqt oralig‘ida qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bo‘yicha operatsiyalar bajarilgan, birjadagi turli sotuvchi va xaridorlar tomonidan taklif etilgan narxlar.
Fond birjasida listing (birja kotirovka varag‘i) – bu kompaniyaning birja talablariga javob berishini tekshirishdan iborat maxsus birja tadbiri.
Birjaning faoliyati Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar va hususiylashtirilgan davlat korhonalari negizida ochiq aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil qilish siyosati bilan uzviy bogʻliqdir. Fond bozori Oʻzbekiston uchun iqtisodiyotda pul tushumining qayta taqsimlanishining yangi sistemasi hisoblanadi. Hozirgi kunda Fond birjasi oʻzining tizimlari orqali gʻoyat katta hajmdagi aktivlarni oʻziga jalb qiladi, ular bozorda yigʻilib, yahlit holga keladi, shundan keyin bu aktivlar iqtisodiyotning koʻp jihatdan raqobatbardosh hisoblangan sohalariga yoʻnaltiriladi.
Fond birjasi qimmatli qogʻozlar savdosini amalga oshirishning eng rivojlangan shaklidir. Eslatib oʻtish joizki, Fond birjasi qimmatli qogʻozlar savdosi amalga oshiriladigan va qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan oldi-sotdi savdolari amalga oshiriladigan oʻziga hos tashkillashtirilgan bozordir. Fond birjasi birinchi navbatda, qimmatli qogʻozlar bozorining tashkilotchisi sifatida samarali savdolarni oʻtkazish borasida zarur boʻlgan barcha sharoitlarni vujudga keltirish bilan shuhillanadi. Nozirda amal qilayotgan ochiq birja savdolari ishtirokchilarning aynan qatnashuvini talab qilgani holda, garchi ishtirokchilar komp’yuter yordamida oʻzlarining ish joylarida, idorada boʻlganlari holda savdolarda qatnashish imkoniyatiga ega boʻlishlariga qaramasdan, ular uchun joriy etilgan savdoni boshqarishda belgilangan qoidalarga barcha ishtirokchilar tomonidan amal qilinishi majburiy tartib hisoblanadi.
"Toshkent" Respublika Fond birjasi -hozirgi kunda respublikaning barcha viloyatlardagi filial va 84 brokerlik idoralarini oʻzida mujassam qilgan tashkilotdir. Birja hozirda oʻz mijozlarining har qanday ish joyidan savdolarda qatnashuvini taʼminlash imkoniyatiga ega boʻlgan eng zamonaviy jihoz-uskunalar va komp’yuter programmasiga ega.
Fond birjasi potensial investorlarni, qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilarini toʻla ravishda ahborot bilan taʼminlash maqsadida, Internet tizimida (www.uzse.uz) adresi bilan WEB — saytni ishga tushirdi. Ushbu WEB -sayt oʻzbek, rus va ingliz tillarida Oʻzbekiston Respublikasining tashkillashgan fond bozori haqida toʻlaqonli ahborotni oʻzida mujassamlashtirgan. Birja saytida har kuni birlamchi va ikkilamchi bozorda savdoga koʻyilgan korhonalarning eng yangi listinglari bilan tanishish va olish mumkin, shuningdek, obligasiyalar kotirovkalarining jarayoni bilan tanishish, Oʻzbekistonning har qaysi aksiyadorlik jamiyatlarining timsoli, nomi, depo kodi haqida maʼlumotlar topishingiz mumkin. Bulardan tashqari, saytda TASIX (TASHKENT AGGREGATE STOCK EXCHANGE INDEX) fond bozorining kundalik oʻsishi, yoki kamayishi haqidagi maʼlumot, Oʻzbekiston boʻyicha soʻnggi iqtisodiy yangiliklar, asosiy valyutalarning kurslari yoritib boriladi. Saytda qonunchilikka doir, brokerlar haqidagi, savdolarga doir va boshqa maʼlumotlar oʻrin olgan.
MDH da qoʻllanilmagan asosiy yangi usullardan biri -Oʻzbekistonning aksiyadorlik jamiyatlarining foto-listingi boʻlib, uning yordamida maʼlum korhona joylashgan manzilga bormay turib, emitentlarning foto-suratlarda aks ettirilgan manzaralari asosida umumiy maʼlumotga ega boʻlish mumkin. Joriy etilgan bu yangi usul hizmat safariga ajratilgan mablagʻning anchagina tejalishiga olib keladi, shu bilan birga korhonaning ahvoli bilan fototasvir yordamida yaqindan tanishish imkoniyatini yaratadi. Birjaning foto-listingi yangi korhonalar hisobiga doimiy ravishda yangilanib turiladi. Mamlakat fond bozori kapitalining chet el bozorlari bilan hamkorligini taʼminlash, hamda birjaning ish jarayoniga horijiy mamlakatlarda qoʻllanilayotgan umumiy standartlarni joriy etish maqsadida, 2003-yilning aprel oyidan boshlab, „Toshkent“ RFB ning rasmiy saytida „Ahborot-tahlil tizimi“ni tashkil qilish boʻyicha
ish olib borilmoqda.

„WEB-sayt“ning „Ahborot-tahlil tizimi“ni tashkil etishning keng qamrovli dasturining mohiyati shundan iboratki, Birja internet orqali har bir emitentning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli va bozorning holati haqidagi umumiy tasavvurni hosil qiladi. „WEB-sayt“ning „Ahborot-tahlil tizimi“ga esa, moliyaviy-iqtisodiy ahvol, bozorning faollik darajasi, moliyaviy barqarorlik, emitentning toʻlovni amalga oshirish imkoniyati, foyda koʻrib ishlash qobiliyati, ishdagi faolligi, shu bilan birga, barcha viloyatlardagi emitentlar haqida, ularning faoliyat koʻrsatish sohalari haqidagi statistik maʼlumotlar va boshqa maʼlumotlar kiritilgan.


„WEB-sayt“da „Ahborot-tahlil tizimi“ning tashkil etilishi nafaqat, tayyor ahborotni kuzatish, balki hisobotlarni elektron tarzda qabul qilib, shakllantirish va chuqur tahlil qilish imkoniyatini yaratadi. Keyingi oʻn yil ichida obroʻli chet el birjalari oʻrtasidagi integrasiya aloqalari kuchayib bormoqda.

Xalqaro aloqalar


Birjalarning yahlit halqaro savdo tizimi negizida birlashuvi ular faoliyatining ustivor yoʻnalishiga aylanib bormoqda. „Toshkent“ Respublika fond birjasi ham korporativ qimmatli qogʻozlar jahon bozori integrasiyasi yoʻlidan bormoqda. 1995-yilda Birja (FEAS) Evroosiyo fond birjalari Federatsiyasiga aʼzo boʻldi. 1999-yilning iyun oyida Istambul fond birjasi bilan, sentyabr oyida Frankfurt fond birjasi bilan hamkorlik va ahborot almashish haqida bitimlar imzolandi. Shuningdek, rivojlanib borayotgan bir qator birjalar bilan oʻzaro aloqalar va ahborot almashuvi yoʻlga qoʻyildi. 2001 yilning sentyabr oyida Respublika fond birjasi MDH mamlakatlari birjalarining halqaro assotsiasiyasiga aʼzo boʻlib, „Toshkent“ RFB Kuzatuv Kengashining raisi A.A.Kayrlapov mazkur assotsiasiyaning Kengashiga aʼzo etib saylandi. Respublika yuqori tashkilotlari bilan birgalikda mamlakatimiz emitentlari aksiyalarining London fond birjasi listingidan joy olishi masalasi hal qilinmoqda, bir necha chet el birjalari bilan mustahkam aloqalarni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda. „Toshkent“ RFB halqaro jarayonlar va halqaro taraqqiyotning faol ishtirokchisi boʻlmogʻi darkor, tabiiyki, bu darajaga faoliyati jihatidan aloqador, ilmiy-nazariy salohiyatga ega boʻlgan tashkilotlar, respublikadagi biznes vakillarining yordami bilan erishish mumkin boʻladi. Buning uchun „Toshkent“ RFBning savdo tizimiga eng yangi tehnologiyani keng ravishda tatbiq qilish, oʻz aksiyalarini yirik fond birjalariga (Nyu-York, Tokio, London) sotuvga qoʻyish maqsadida „Moviy fishkalar“, deb nomlangan kompaniyalar sirasiga kiruvchi kompaniyalar safini vijudga keltirish uchun Respublika fond birjasi faoliyatini butun jihatlari boʻyicha halqaro standartlar darajasiga olib chiqish lozim boʻladi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING


QARORI
TOSHKENT” RESPUBLIKA FOND BIRJASINING SAMARALI FAOLIYAT KO‘RSATISHINI TA’MINLASH VA QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORI INFRASTRUKTURASINI RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida” 1994-yil 15-martdagi PF-789-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan “Toshkent” respublika fond birjasining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. O‘zbekiston Respublikasi hududida qiymatli qog‘ozlar bilan bitishuvlar tuzish va ularni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va “Toshkent” respublika fond birjasining ular tomonidan “VAQT” O‘zbekiston axborot kompaniyasi” aksionerlik jamiyati bazasida “Milliy depozitariy” ochiq aksiyadorlik jamiyati ta’sis etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.


4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Markaziy banki;
fond bozorini va xususiylashtirish jarayonlarini boshqarish uchun axborot bazasini oldindan shakllantirish maqsadida, Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-martdagi 171-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish bo‘yicha Davlat dasturiga muvofiq (4.1-band) respublika depozitlar tarmoqlarining moddiy-texnika bazasini xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘larning bir qismi hisobiga mablag‘ bilan ta’minlasinlar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Milliy depozitariy va “Toshkent” respublika fond birjasi brokerlik idoralarining filiallarini tashkil etish va joylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatsinlar;
Fan va texnika davlat qo‘mitasi bilan birgalikda depozitar texnologiya va fond bozorining infrastrukturasini rivojlantirish mavzui bo‘yicha bajariladigan ilmiy-tadqiqot va loyiha ishlari uchun grantlar bo‘yicha mablag‘ bilan ta’minlash hajmlarini ko‘paytirish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki:
bir oy muddatda “Milliy depozitariy” orqali naqd pulga va naqd pulsiz qimmatli qog‘ozlar chiqarish, ularni ro‘yxatga olish va ularning muomalasini hisobga olish qoidalarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
uch oy muddatda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar emissiyasining elektron texnologiyalar qo‘llangan holda va emitentlar va aksionerlarning tegishli kompyuter banklari tashkil etilgan holda Milliy depozitariyda majburiy joylashtirilishini joriy etsinlar;
bir oy muddatda umumiy qoidalarni, har yilgi kvotalarni, ham O‘zbekiston Respublikasi tasarrufida, ham uning tashqarisida bo‘lgan emitentlar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarishga ruxsat berish tartibini belgilash yuzasidan taklif kiritsinlar;
ikki hafta muddatda Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassislarini tayyorlovchi Milliy markazni hamda Fond bozorining davlat axborot-telekommunikatsiya tizimini tashkil etish va ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi to‘g‘risida takliflar kiritsinlar;
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar, idoralar, va muassasalar bilan birgalikda:
davlat korxonalar korxonalari va tashkilotlari bazasida ta’sis etiladigan aksionerlik jamiyatlari aksiyalari erkin sotish uchun “Toshkent” respublika fond birjasiga qo‘yilishini ta’minlasin;
birjalar va fond bozorining boshqa tashkilotlari ishlarining tashkil etilishini ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda yoritib borsin.
9. “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi (Sharonov) “Toshkent” respublika fond birjasi va “Milliy depozitariy” aksionerlik jamiyatining ishlashi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash maqsadida ularning buyurtmanomalariga ko‘ra zarur inventar va asbob-uskunalar ajratsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi “Toshkent” respublika fond birjasi va “Milliy depozitariyning buyurtmanomalariga ko‘ra ularni zarur, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan aloqa vositalari bilan ta’minlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasining tegishli normativ hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlarni kiritish to‘g‘risida takliflar kiritsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari V.A. Chjen, B.S. Hamidovlar zimmasiga yuklansin.

Download 480.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling