Biologik xususiyatlari. Urug‘i 20 C da una boshlaydi. 6-120 C masalari chiqishi uchun otimal temperatura hisoblanadi. Bahorgi 8-90 C gacha bo‘ladigan past temperaturaga maysalari yaxshi chidaydi. Yuqori temperatura va yozgi quruq havo suliga yomon ta’sir etadi.
Suli bug‘doy va arpaga qaraganda tuproqqa talabchan emas. Suli sho‘rtob tuproqli yerlardan tashqari, hamma yerda o‘sadi va tuproqning kislotaligiga (pH -5,5-6) yaxshi chidaydi. U yerni o‘g‘itlashga ta’sirchan.
Sulini kuzgi ekinlar, qator oralari ishlanadigan va dukkakli ekinlardan keyin, ko‘p yillik o‘tlar o‘rniga va ko‘p yillik o‘tlardan bo‘shagan yerlarga ikkinchi yili ekish yaxshi samara beradi. Ekish muddati va usuli bug‘doy bilan bir xil, ekish meyori 1 ga yerga 2,5-3,5 mln. dona urug‘ ekiladi. Ekish chuqurligi 3-4 sm. Suli oraliq ekin sifatida ham ekiladi. Shuning uchun ko‘kati erta bahorda o‘riladi, so‘ngra rejadagi asosiy ekin ekiladi. Don olish uchun ekilgan bo‘lsa doni to‘la yetilganda kombayinlar yordamida yig‘ib-terib olinadi.
Suli organik va mineral o‘g‘itlarga talabchan. Fosforli va Kalili o‘g‘itlarni kuzgi shudgorlash oldidan, azotli o‘g‘itlarni esa ekin ekish oldidan o‘tkaziladigan kultivatsiya vaqtida solish tavsiya etiladi. Urug‘ni ekish bilan bir vaqtda gektariga 0,5 ts dan donador superfosfat solish yaxshi samara beradi.
Tariqsimon don ekinlari guruhiga kiradigan g‘alla ekinlar (tariqsimonlar va boshqa oilalardan bo‘lgan o‘simliklar). Bu guruppaga: a) g‘allagullilar oilasiga kiruvchi tariqsimon o‘simliklar: tariq, sholi, makkajo‘xori, oq jo‘xori va grupa beruvchi ekin-grechixagullilar oilasidan bo‘lgan grechixa o‘simligi kiradi. Bularning farq qiladigan belgilari: donida uzunchasiga ketgan egatcha bo‘lmaydi , bitta ildizcha bilan o‘sib chiqadi: to‘pgulli ro‘vak yoki so‘ta (makkajo‘xorida) ; boshoqlarning pastki gullari meva tugmaydi; poyasining ichi odatda, po‘kak bilan to‘lgan. Bahori, issiqtalab, qisqa kun o‘simliklari bo‘lib, bular birinchi gruppaning tipik g‘alla ekinlariga qaraganda qurg‘oqchilikka anchagina chidamli. (sholisidan boshqasi) bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |