Referati mavzu: Donli ekinlar. Bajardi: D. Yarashova Qabul qildi: A. Xayriddinov Qarshi 2016


Download 242 Kb.
bet22/27
Sana26.03.2023
Hajmi242 Kb.
#1298197
TuriReferat
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
donli-ekinlar

Botanik xususiyatlari. Jo‘xori Sorgum Moench- avlodiga mansub o‘simlik. Bu avlodga donli, qandli va o‘tsimon turlari kiradi. O‘zbekistonda jo‘xorining 4 ta madaniy turi:
1.Sorgum vulgare Pers-yem-xashak, texnikaviy va oziq-ovqat maqsadlarida ekiladi.
2.Sorgum cernum Host-Qo‘qon jo‘xori. oziq-ovqat sifatida ishlatiladi.
3. Sorgum jacushev-Yapon jo‘xorisi-yem-xashak sifatida ishlatiladi.
4. Sorgum sudanense-sudan o‘ti tarqalgan.
Ildiz tizimi popuk ildiz, tuproqqa 2-3 m chuqur kirib va atrofga 60-90 sm gacha tarqalib o‘sadi. Poyasining pastki bo‘g‘imlaridan chiqadigan tayanch ildizlari bo‘ladi. Poyasining bo‘yi 2-2,5 m, tropik mamlakatlarda 6-7 m gacha yetadi Poyasida 8-25 tagacha bo‘g‘im bo‘ladi. Ichi yumaloq parenxima bilan to‘lgan, ko‘pincha sershoh bo‘ladi. Poyasining uchi to‘pgul bilan tugallanadi. Barglari yirik, enli, lansetsimon, g‘ubor bilan qoplangan. Har bir o‘simlikda 10-25 ta va undan ko‘p barg bo‘ladi. To‘pguli ro‘vak, markaziy o‘qi to‘g‘ri yoki egilgan bo‘lib, uzunligi 15-16 sm gacha boradi. Markaziy o‘qdan yon shoxlar, ulardan bir qancha ingichka shoxchalar chiqadi. Boshoqchalari shoxchalarda 2 ta yoki 3 ta dan joylashadi, uning 1 tasi bandsiz, guli ikki jinsli, qolganlari kalta bandli bo‘lib, gullari faqat otalikdan iborat. Gullagandan keyin guli to‘kiladi, ba’zan saqlanib qoladi. Boshoqcha qobiqlari qalin, baquvvat, keng, ko‘pincha yaltiroq tukli bo‘lib donni o‘rab turadi. Oqjo‘xori doni yumaloq, oval, goho tuxumsimon, ikki yoni bir muncha siqiq, po‘stli yoki po‘stsiz bo‘ladi. Donining asl rangi har xil . 1000 ta donining og‘irligi 20-30 g ba’zan 20 gr dan kam keladi.
Jo‘xori ro‘vagining shakliga ko‘ra 3 ta turga bo‘linadi :osilib o‘suvchi ro‘vagi
1) uzun shohli, siyrak bo‘ladi-(effusum Korn):
2) tig‘iz, ro‘vagi tig‘iz-(contractum Korn)
3)g‘uj-(compactum)
Asosan g‘uj ro‘vakli jo‘xori ko‘p ekiladi.
Jo‘xori navlari 3 guruhga bo‘linadi: don jo‘xori, shirin jo‘xori va supurgi jo‘xori.
O‘zbekistonda tumanlashtirilgan navlariga Sanzar, Uzbekiskiy-18, Qandli jo‘xori, O‘zbekiston pakanasi, Tashkentskoye belozyornoye, O‘zbekiston-5, Shirin-91 navlari kiradi.

Download 242 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling