Sholini madaniy turi Oryza sativa 2 ta kenja turga bo‘linadi :
1. Hindiston sholisi- doni uzun ingichka donining uzunligi 7 mm.
2. Xitoy-yapon sholisi-doni kalta,eni keng donining uzunligi 4 mm.
Bizda Xitoy-yapon sholisi ekiladi.
Respublikamizda tumanlashtirilgan sholining barcha navlari o‘zining pishish muddati bo‘yicha kechpishar (130-140 kun va undan ko‘p), o‘rtapishar (115-125 kun) va ertapishar (100-110 kun) guruhlarga bo‘linadi.
O‘zbekistonda sholini quyidagi navlari: Avangard, Alanga, Intensivniy, O‘zbekiston-5, Lazurniy, Nukus-2, Tolmas, O‘zROS-7-13 ekiladi.
Biologik xususiyatlari. Sholi juda issiqsevar bir yillik o‘simlik. Urug‘i 11-120 C da unib, 14-150 C da maysalari paydo bo‘ladi. O‘simliklarni o‘sishi uchun 25-300 C optimal, 400 C maksimal temperatura hisoblanadi. Sholining o‘sishiga ayniqsa gullash fazasida haroratning tez o‘zgarishi salbiy ta’sir qiladi.-10 C da sholini sovuq uradi.
Sholining biologik xususiyatlaridan biri suv bostirilgan sharoitda o‘sishga moslashganligidir. Ildizlari va poyalarida aerenxima hujayralari bo‘lganligi uchun suvda erigan kislorodni o‘zlashtirish xususiyatiga ega. Sholi yetishtiriladigan mintaqalarda transpiratsiya koeffitsiyenti 500-800 atrofida, O‘zbekiston sharoitida esa bu miqdor 450-500 ni tashkil etadi. Urug‘ini o‘sib chiqishi uchun vazniga nisbatan 23-27% namlik bo‘lishi kerak.
Nay o‘rash va ro‘vak chiqarish fazalarida haroratning tez o‘zgarishini normallashtirish uchun suv ko‘proq beriladi. Bu fazada suvning kamayishi uglevodning nafas olish protsessi uchun sarflanishiga va fotosintez muvozanatining buzilishiga sabab bo‘ladi. Don hosil qilish va yetilish davrida haroratga bo‘lgan ta’sirchanligi va namlikka bo‘lgan talabi kamayadi. Donning dumbullik davrida tuproqning to‘la nam sig‘imi 60-70% bo‘lishi kerak. Sholi botqoq, qumli-toshli tuproqlardan tashqari boshqa tuproqlarda o‘saveradi. Sholi uchun daryo vodiylaridagi cho‘kindi tuproqli yerlar ayniqsa qulay hisoblanadi. Sholi yerning sho‘riga ancha chidamsiz. Sholi uchun tuproq eritmasining muqobil muhiti pH -4,5-5,7 ga teng bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |