DYs= DK α , DK investitsiyalar xisobiga ta`minlanganligi uchun tengikni:
DYs= I α deb yozish mumkin. , bunda,α – kapital kuyilmalar( investitsiyalar)ning chegaraviy unumdorligi. Agar bir yilda yalpi ishlab chikarishni 1 mlrd. so`mga oshirish uchun 4 mlrd so`m investitsiya talab etilsa α =0,25 bo`ladi.
α=DYs / I bir so`mlik investitsiya xisobiga yaratilgan yangi maxsulot mikdorini ko`rsatadi.
2. Talab tenglamasi kuyidagi ko`rinishga ega
DYd= D I ( 1/ μ) , bu erda 1/ μ – xarajatlar mul’tiplikatori,
μ–jamgarishga chegaralangan moyillik.
Bu tenglama milliy daromad DYd, yoki yalpi talab ko`shimcha investitsiyalarning mul’tiplikativ ko`payishiga teng mikdorda o`sishini ko`rsatadi.
Ishlab chikarish to`plangan jami kapital bilan ta`minlanishi, milliy daromad esa ko`shimcha investitsiyalarning multiplikativ ta`siri ostida ko`payishi sababli taklif tenglamasida jami investitsiyalar, talab tenglamasida esa ko`shimcha investitsiyalargina ko`rib chikilaadi.
3. Daromadlar va ishlab chikarish kuvvatlarining ko`shimcha o`sish sur`atlari tengligi tenglamasi:
D I ( 1/ μ) = I α
Bu tenglamani echib suyidagi natijani olamiz:
D I / I = μ α
(D I / I ) – investitsiyalarning yillik o`sish sur`ati bo`lib, ishlab chikarish kuvvatlarini oshirish yordamida to`lik bandlilikni ta`minlab turish uchun
(μ α) mikdorga teng bo`lishi kerak. Bundan xulosa shuki investitsiyalarning mutanosib o`sish sur`atijamgarishga chegaralangan moyillik va investitsiyalarning unumdorligi ( kapital kaytimi) darajalarining xosilasi ekan.
Agar μ = 0,2 α=0,4 bo`lsa D I / I = 0,2* 0,.4 =0,08 yoki 8 %
Demakinvestitsiyalarning o`sish sur`ati 8% bo`lishi talab etiladi.
E. Domar moddelidan kelib chikadigan umumiy xulosa shuki iktisodiy o`sishni ta`minlash uchun investitsiyalar xajmini oshirish, bu uchun esa jamgarish normasi xamda fan texnika tarakkiyoti orkali kapitalning samaradorligini oshirish zarur..
Agar E. Domar o`z modelida investitsiyalarni ekzogen tarzda berilgan mikdor ded olgan bo`lsa R.F. Xarrodning 1939-yilda ishlab chikilgan iktisodiy o`sish modeliga akselerator printsipi va tadbirkorlarning kutishiga asoslangan endogen funktsiyasi xam kiritildi. Akselerator printsipiga ko`ra nafakat investitsiyalar ishlab chikarishning o`sishini keltirib chikaradi, balki ishlab chikarish va daromadlarningning o`sgan xajmi xam investitsiya jarayonlarining jadallashishiga olib keladi.
R.Xarrod o`z modeliga uch tenglamani kiritadi:
1)kafolatlangano`sish surti tenglamasi;
2) xakikiy o`sish sur`ati tenglamasi;
3)tabiiy o`sish sur`ati tenglamasi.
R Xarrod modelida xakikiy o`sish sur`ati ishchi kuchining o`sish sur`ati va kapital unumdorligining o`sish sur`ati bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |