Referati mavzu: Iqtisodiy o‘sish Tayyorladi: Abduvaliyev Sh. Tekshirdi: Dilshoda Begimova Toshkent 2023
Download 24.94 Kb.
|
IQTISODIY O`SISH Referat
- Bu sahifa navigatsiya:
- REFERATI Mavzu: Iqtisodiy o‘sish Tayyorladi: Abduvaliyev Sh. Tekshirdi: Dilshoda Begimova Toshkent _ 2023 IQTISODIY O`SISH
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Fakultet: Iqtisodiyot (menejment) yo‘nalishi talabasi Abduvaliyev Shaxzodning O‘zbekiston iqtisodiyoti fanidan tayyorlagan REFERATI Mavzu: Iqtisodiy o‘sish Tayyorladi: Abduvaliyev Sh. Tekshirdi: Dilshoda Begimova Toshkent _ 2023 IQTISODIY O`SISH Reja : Kirish · Iqtisodiy o`sish omillari va tiplari · Iqtisodiy o`sishning keynscha modellari. · R.Solouning neoklassik modeli. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Yalpi talab-yalpi taklifi modeli yordamida makroikisodiy jarayonlarni taxlil kilar ekanmiz kiska davrda real YaIMni oshirish imkoniyatlari yalpi taklifning vertikal kesmasi bilan chegaralanganligi muammosiga duch keldik. To`lik bandlilik darajasiga erishilgandan so`ng real YaIM xajmini bundan keyingi ko`paytirish uchun yalpi taklif egri chizigini o`ngga siljishiga erishishimiz, ya`ni foydalanilayotgan resurslar mikdorini ko`paytirishimiz zarur. “Agar iktisodiyotning kiska muddatli xolati ko`prok yalpi talab bilan belgilansa , uzok davrga iktisodiyotning rivojlanishi ko`prok ishlab chikarish imkoniyatlari bilan belgilanadi. SHu sababli iktisodiy o`sishni modellashtirishda dikkat markazida real sektor turadi”* Iktisodiy o`sish to`lik bandlilik sharoitiga mos keluvchi potentsial ishlab chikarish darajasini uzok muddatli ko`payishi tendentsiyasini anglatadi. Iktisodiy o`sish jami taklifning o`sishini yoki boshkacha aytganimizda, xakikiy va potentsial YAIM xajmining oshishini bildiradi. Iktisodiy o`sish nafakat mamlakat real daromadlarining o`sishi, shuningdek, jon boshiga to`gri keladigan real daromadlarning o`sishini xam anglatadi. SHu sababli xam iktisodiy o`sish ikki xil usul bilan o`lchanadi. Birinchi usulda iktisodiy o`sish real YaIM ni o`tgan davrga nisbatan o`zgarishi sifatida aniklanadi va mamlakatning umumiktisodiy imkoniyatlari dinamkasini aniklash uchun ishlatiladi. Ikkinchi usulda iktisodiy o`sish axoli jon boshiga to`gri keladigan real YAIM ning o`tgan davrga nisbatan o`zgarishi sifatida aniklanadi. Iktisodiy o`sish nazariyasi va modellarida YaIM o`rniga SIM, YAMD, SMD ko`rsatkichlaridan xam foydalanilishi mumkin. Iktisodiy nazariyada iktismodiy o`sish daromadlarni kanday nisbatlarda iste`mol va investitsiyalarga bo`linishiga boglik deb karaladi. . Iste`mol xajmi dinamikasi iktisodiyotning provard maksadini va yashash darajasi oshishini bildirsa, investitsiyalar xajmining o`zgarishi resurs imkoniyatlarining o`sishi va texnik yangiliklarning moddiylashishini anglatadi. Iste`mol va investitsiya o`rtasida etarlicha mukobillik mavjud, chunki, joriy iste`mol mikdorining oshishi investitsiyalarning daromaddagi ulushini pasaytirish iktisodiy o`sish imkoniyatlarini kiskartiradi. Iktisodiy o`sish real kattaliklarda, kiyosiy baxolarda o`lchanadi.. Xar bir mamlakat iktisodiy o`sishga intiladi, chunki iktisodiy o`sish, birinchidan, milliy maxsulot xajmi va daromadning ko`payishiga, ikkinchidan, resurslardan samarali foydalanishga, uchinchidan, yangi-yangi extiyojlar va imkoniyatlarning paydo bo`lishiga, to`rtinchidan, xalkaro bozorlarda mamlakat obro`sining oshishiga olib keladi. Download 24.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling