Referati mavzu: Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i Soliq to‘lash tartibi Reja
Download 70.39 Kb.
|
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- REFERATI Mavzu: Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i Soliq to‘lash tartibi Reja
- Soliq solish obyekti
- Soliq stavkalari
- Respublika hududlari 1 kv. m uchun bazaviy soliq stavkasi (so‘mda)
- Soliqni hisoblab chiqarish tartibi.
- Soliq to‘lash tartibi
Denov tadbirkolik va pedagogika instituti Biznesni boshqarish (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) yo’nalishi 4bb-2020 guruhi talabasi Turdiyev Fazliddinning Soliqlar va soliqqa tortish fanidan “Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i” mavzusida tayyorlagan REFERATI Mavzu: Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘iSoliq to‘lash tartibi Reja: 1. Soliq to‘lovchilar Soliq solish obyekti Soliq bazasi 2. Soliq imtiyozlari Soliq stavkalari 3. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi Soliq to‘lovchilar. Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan yoki etmagan holdagi dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini soliq to‘lovchilari (bundan buyon ushbu bobda soliq to‘lovchi deb yuritiladi) deb e’tirof etiladi. Soliq solish obyekti. Quyidagi yer uchastkalari jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ining (bundan buyon ushbu bobda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyektidir: Soliq bazasi. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organning ma’lumotlari bo‘yicha yer uchastkalarining maydoni soliq bazasidir Soliq stavkalari. Respublika hududlari kesimida bazaviy soliq stavkalari 1 kv. m uchun mutlaq o‘lchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi (bundan jismoniy shaxslarga berilgan, shuningdek dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari mustasno):
Soliqni hisoblab chiqarish tartibi. Soliqni hisoblab chiqarish yer uchastkasi joylashgan erdagi soliq organlari tomonidan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organning ma’lumotlari asosida, jismoniy shaxslarga berilgan, shuningdek dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha esa qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatini aniqlovchi organning ma’lumotlariga asosan, ushbu Kodeks 435-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan tartibga muvofiq amalga oshiriladi. Soliq to‘lash tartibi. Yil davomida ajratilgan yer uchastkalari uchun soliq yer uchastkasi ajratilgan oydan keyingi oydan e’tiboran jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadi. Yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliqni to‘lash yer uchastkasi kamaytirilgan oydan e’tiboran tugatiladi (kamaytiriladi). Soliq bo‘yicha imtiyozlar belgilangan taqdirda, bu soliq imtiyozga bo‘lgan huquq yuzaga kelgan oydan e’tiboran to‘lanmaydi. Soliq bo‘yicha imtiyozlarga bo‘lgan huquq tugatilgan taqdirda, bu soliq mazkur huquq tugatilgan oydan keyingi oydan e’tiboran to‘lana boshlaydi. Soliq davri uchun soliqni to‘lash jismoniy shaxslar tomonidan 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda amalga oshiriladi. Download 70.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling