Referati mavzu: "Mavzu:"Arrani ishga sozlash. Arra turlari Arralash. Arralash usullari. Metallarni qaychida qirqish."


Download 293.21 Kb.
bet2/4
Sana15.06.2023
Hajmi293.21 Kb.
#1485754
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
5 Karimboy 222 texnologiya sirtqi Texnologik ta`lim praktumi

Arralar bilan ishlash. YOg‘ochni arralash kesuvchi asbob arra yordamida zagotovkani ikki qismga bo‘lish operatsiyasidir.
Qo‘lda arralash uchun turli duradgorlik arralaridan foydalaniladi. YOg‘ochni bo‘ylamasiga, ko‘ndalangiga, ikki yoqlamasiga kesish uchun maxsus arralar mavjud (4 va 5-rasmlar)



4-rasm.

Yog‘ochni arralash - kesuvchi asbob arra yordamida zagotovkani ikki qismga bo‘lish operatsiyasidir.


Qo‘lda arralash uchun turli duradgorlik arralaridan foydalaniladi.
Yog‘ochni bo‘ylamasiga, ko‘ndalangiga, ikki yoqlamasiga kesish uchun maxsus arralar mavjud.
Yoy arrani ishlatish vaqtida tanasini tarang tutib turish uchun chilvir orasidan o‘tkazilgan burov tayoqchasini aylantirib chilvimi taranglash kerak (43-rasm). Dastakli arralaming tishlari mayda va yirik bo‘ladi. Arralashda arraning polotnosi yog‘ochning ajraladigan qismlari chetiga qattiq ishqalanadi va u siqilib qolmasligi uchun tishlari chaparasta qilingan, ya’ni navbati bilan ikki tomonga qiyshaytirilgan bo‘ladi

rasm. Arra tuzilishi: rasm. Yoy arra: 1 - arra tanasi;
1 - polotnosi, 2 - dastasi 2 - quloq; 3 - dasta; 4 - kergi;
Shuning uchun ham arraning o‘mi polotno qalinligidan kengroq boiadi va arralash osonlashadi .
Zagotovkani kesishda arrani reja chizigldan 2-3 mm uzoqlikda qo‘yiladi.

Arralashning to‘g‘ri borayotgani reja chizig‘iga ko‘ra nazorat qilinadi. Mana shu chiziq zagotovkadagi arralash joyidan chap tomonda qolishi kerak.


Yog‘ochni arralash uni biroz tilib olish bilan boshlanadi. Dastarraning birinchi harakati 20° li burchak ostida ishlovchining o‘ziga tomon tortishi bilan amalga oshiriladi. Keyin esa qisqa-qisqa harakatlar bilan arraning o‘mi chuqurlashtirilib boriladi. Arralash vaqtida zagotovkani ushlab turgan qo‘l jarohatlanmasligi uchun re­jalash chizig‘iga 46-rasmdagi kabi yog‘och qo‘yib olish lozim. Shu rasmda arrani to‘g‘ri ushlash ham aks ettirilgan.
Zagotovka biroz tilinganidan so‘ng arrani butun bo‘yi boricha harakatlantiriladi. Zagotovkani chap qo‘l bilan arradan eng kami 10 mm oraliqda ushlab turish kerak. Ish vaqtida arra polotnosi zago- tovkaga nisbatan aynan perpendikulyar holatda harakatlanishi lozim. Shuningdek, rejalash chizig‘iga ham qarab turish zamr. Bu chiziq arra o‘mining chap tomonida qolishi kerak. Yog‘ochni kesib tushirishda unga arrani qattiq bosmaslik lozim, chunki bunda arra reja chizig‘idan surilib ketishi mumkin. Arralash sur’ati bir minutda 40-50 marta ikki yoqlama kesishdan oshmasligi kerak. Yog‘ochdan yoki fanerdan zagotovkani aniqroq qilib kesib olishda mayda tishli arradan foydalaniladi. Zagotovkani 90 va 45° li burchaklar ostida aniq qilib kesish uchun porsiqolip deb ataladigan mosla
rasm. Porsiqolipda arralash -rasm. Taglik taxtada ishlash
madan foy­dalaniladi .
Bu moslama ikkita to‘sincha va asosdan iborat boiib, to‘sinchalarda 90 va 45° li burchak ostida kesish uchun arra- ning o‘rinlari ochilgan. Porsiqolip yordamida arralashda zagotovka chap qolning katta barmogl bilan yon to‘sinchaga tirab bosib turiladi va reja chizigl porsiqolipdagi arra o‘mining qarshisida boiishi kuza- tiladi.
Arralash vaqtida ishni osonlashtirish uchun ko‘pincha taglik taxta qoilanadi (49-rasm).
Yog‘ochga ishlov berish korxonalarida yog‘ochlami arralash ish- lari dumaloq va mayatniksimon arrali dastgohlarda bajariladi va bu dastgohlar mehnatning unumdorligini hamda ishning sifatini qolda arralashdagiga nisbatan o‘nlarcha marta oshiradi. Mana shu ishlami bajaradigan ishchi keng ixtisosli dastgohchi deb ataladi. Dastgohchi ishchilar o‘quv-ishlab chiqarish korxonalarida, kasb-hunar kollejlarida va bevosita ishlab chiqarishning o‘zida tayyorlanadi.
Dastaki arra tuzilishi va ishlash prinsipi, egov turlari va metallarni kesish mavzulari bilan Siz 5-sinfda qisman tanishgansiz. Quyida Sizlar metallga ishlov beruvchi asboblar va ulardan foydalanish tartib-qoidalari bilan tanishasizlar. Arra bilan metallni kesish quyidagicha amalga oshirilishi kerak. Kesiladigan material ishlanayotgan paytda surilib yoki sakrab ketmasligi uchun uni tiskiga mahkam qistirib qo‘yiladi (57-rasm). Kesiladigan materialning qattiqligi, o‘lchami va shakliga qarab tishlarining kattaligi bo‘yicha tegishli arra polotnosi tanlanadi. Ishlovchi o‘zining gavdasi va oyoqlarining to‘g‘ri holatda turishiga e’ti bor beradi. Bu ishni bajarishda ham metallarni qirqishdagi kabi holatda turiladi. Ishlayotganda arrani ikki qo‘l bilan ushlanadi va kesilayotgan tekislikka parallel holatda tutib, sakratmay hamda siltamay bir maromda yurgiziladi. Har bir yurishda arra polotnosi uzunligining eng kamida 2/3 qismi ishlashi shart. Arra polotnosining tishlari tez o‘tmaslashib qolmasligi uchun ishlovchi uni qarshi tomonga yurgizishda (ishni bajarishda) bosib, orqaga qaytarishda (salt yurishida) bo‘shatib turishi lozim.
Arralashda metallga bir yo‘la arraning eng kamida ikkita-uchta tishi tegib turishi lozim. Metallni arralashda ishni uning o‘tkir qirrasidan boshlash man etiladi (58-rasm). Metallni arralash oxiriga yetay deb qolganida arraga bosimni kamaytirish zarur. Metallni reja bo‘yicha kesishda arrani belgi chizig‘i bo‘ylab yo‘naltirish va kesish chizig‘i belgi chizig‘idan taxminan 0,5 mm oraliqda bo‘lishi kerak. Arra bir tomonga yurib (qiyshayib) ketsa, ishni to‘xtatish va kesishni yangi joydan boshlash yoki teskari tomondan arralash lozim. Yupqa metall listlarni yoki mayda trubalarni kesishda ularni (yupqa listlarning bir nechtasini) yog‘och bruskalar orasiga olib tiskiga qistirish va metallni shu yog‘och bruskalar bilan qo‘shib arralash tavsiya etiladi (59-rasm). Metall trubalar chilangarlik arrasida kesiladi (60-rasm). Sortli metallni chilangarlik arrasi bilan dastaki arralash usulidan tashqari mexanik yuritmali arralash dastgohlaridan ham foydalaniladi (61–62-rasmlar). Bunday dastgohlar da, odatda, o‘lchamlari katta sortli metallar kesiladi. Trubalarni kesishda ishning unumdorligini oshirish uchun truba keskichlardan foydalaniladi
Dastakli arra ba’zan yoy deb ham ataladigan ramka (1) va unga mahkamlangan tishli yupqa poiat polosadan iboratdir (4). Ram- kalar bikr va ajraladigan boiadi. Ajraladigan ramka ancha qulaydir, chunki unga uzunligi har xil arra polotnolarini o‘matish mumkin.
Ramkaning bir uchida dasta (3) va arra polotnosini o‘matish uchun o‘yib ochilgan qo‘zg‘almas sterjen (2); ikkinchi uchida o‘yiq va quloqli gaykali (7) tortish vinti boiadi va bu vint arra polotnosini taranglashga xizmat qiladi.


Download 293.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling