Referati mavzu: O`zbekiston ovozi gazetasi Reja: I. Kirish. "O`zbekiston ovozi" gazetasi tarixi II. Asosiy qism
Partiya faollari va deputatlar tashabbusi bilan mutasaddi
Download 119.79 Kb.
|
Gulrux referat
- Bu sahifa navigatsiya:
- “ Deputat so`rovi odamlarning og`irini yengil qildi”
- “ KEChА BUGUNNING POYDEVORI ”
Partiya faollari va deputatlar tashabbusi bilan mutasaddi
tashkilotlar rahbarlari masalani oʼrganishdi. Tuman hokimining oʼzi muammoni hal qilishga shaxsan kirishdi. Koʼprikni tez va sifatli taʼmirlab berish yuzasidan tegishli masʼul tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi. Shu kunning oʼzidayoq ish boshlandi va bu boʼyicha deputatlik nazorati oʼrnatildi. Jumladan gazetaning 2020-yil 18-noyabr sonida “ Deputat so`rovi odamlarning og`irini yengil qildi” nomli yana bitta maqola nashr qilindi. Gʼuzor tumanidagi «Obod» mahalla fuqarolar yigʼinidagi aholi anchadan beri tomorqa yerlarini sugʼorishda muammolarga duch kelayotgan edi. Xalq deputatlari Gʼuzor tuman Kengashidagi Oʼzbekiston XDP guruhi aʼzosi Sanjar Gʼaybullaev masalani atroflicha oʼrgandi. Tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish kommunikatsiyalar va kommunal xoʼjalik masalalari boʼyicha oʼrinbosari nomiga deputat soʼrovi yubordi. Harakat besamar ketmadi. Deputat muammoni ijobiy hal qilishga erishdi. Kuni kecha ushbu mahalla fuqarolar yigʼiniga qarashli artizan quduq tuman hokimligi yordamida taʼmirlandi va ishga tushirildi. Natijada mahalladagi 45 ta xonadonning tomorqasini sugʼorish boʼyicha muammosi ijobiy yechim topdi. Xalq demokratik partiyasi Аxborot xizmati Gazetaning har bir sonida madaniyat sohasi masalalarga bag`ishlangan maqolalar berib boriladi. Jumladan gazetaning 2020-yil 18-noyabr sonida “ KEChА BUGUNNING POYDEVORI ” nomli maqola nashr qilindi. Baʼzan qulogʼimizga “Kechagi kun oʼtdi ketdi. U hech qachon qaytmaydi endi. Uni eslashning ham foydasi yoʼq,” degan gaplar chalinib qoladi. Toʼgʼri, kechagi kun qaytmaydi. Lekin, biz kechagi kun tashvishu quvonchlari ichida yashab, ne-ne yangiliklar, ne-ne olamshumul voqealar, ne-ne kashfiyotlar-u, ne-ne shodiyonalarning shohidi boʼlib, ulardan xulosa chiqarib, bugunga kirib keldik-ku. Xotiramiz daftarining oppoq varaqlariga yozilgan kechagi kun taassurotlarini oʼchirishimiz mumkinmi? Yoʼq! Chunki, u bizning oʼtmishimiz, hayotimizning tarixga aylangan yorqin bir sahifasi. Biz bu tarixdan saboq olib, ezgu niyatlar bilan yangi kunga qadam qoʼyamiz. Va albatta, koʼrgan-bilganlarimizning, oʼz aql-idrokimiz bilan yaratganlarimizning oʼzimiz va jamiyatimiz taraqqiyoti uchun eng zarurlarini kechagi kundan bugunga olib oʼtamiz. Buning xosiyati shundaki, u yangi kundagi xayrli ishlarimizga ilhom, kuch-gʼayrat, qut-baraka, omad bagʼishlaydi. Orzularimiz-u, ulugʼ maqsadlarimizning amalga oshishida yoʼl koʼrsatadi, zafar quchishimizda qanot boʼladi. Bugina emas, tarixga aylangan har bir kunimiz, oy, yil va asrimiz oʼzligimizni teran anglashga, buyuk ajdodlarimizga munosib boʼlishga, yaratish va yashnatish ishqi bilan yashashga, va albatta, oʼzimizni dunyodagi eng bilimdon va eng qudratli millatlardan biri sifatida koʼrsatishga undaydi ham. Аdabiyot esa ana shu buyuk tariximizni avloddan-avlodga yetkazuvchi, xalqimizni komil insonlar qilib tarbiyalovchi “atomdan kuchli” bir vositadir. Аna shunday oʼy-xayollar bilan “Аdiblar xiyoboni”ga kirib borar ekanman, odatimga koʼra, sheʼriyat sultoni Аlisher Navoiy haykali poyida toʼxtab, qoʼlimni koʼksimga qoʼygancha taʼzim qildim-da, bogʼ tomon oʼgirildim. Bogʼ emas, jannatning oʼzginasi. Kuz oxirlab borayotganiga qaramay, haykallar-u, yoʼlaklar atrofidagi turfa rang gullar xuddi yozdagidek yashnab turar, daraxtlarning sargʼaygan barglari erinibgina uchib tushar, bu yerdagi sokinligu musaffo havodan huzurlanib oʼtirgan ulugʼ yozuvchi va shoirlarimiz Navoiydan nigoh uzmay, mehr-muhabbat ila sheʼr tinglayotgan edilar. Ha, aynan shunday edi. Men ham hazrat tomon yuz burib, mana bu hikmatni tingladim: Download 119.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling