Referati mavzu: O`zbekiston ovozi gazetasi Reja: I. Kirish. "O`zbekiston ovozi" gazetasi tarixi II. Asosiy qism


Download 119.79 Kb.
bet2/4
Sana03.11.2021
Hajmi119.79 Kb.
#170278
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
Gulrux referat

Maskanlarning ishchi-xizmatchilari hamda fuqarolar quyidagilarga amal qilishlari shart:

uylarda, xizmat joylarida amaldagi qonunlarga asosan tasdiqlangan yongʼin xavfsizligi qoidalarida, meʼyorlarida, standartlarda belgilangan yongʼinga qarshi tartiblarga rioya etishlari;

sodir boʼlgan yongʼin haqida yongʼin oʼchirish qismlariga xabar berishlari va iloji boricha odamlarni, jihozlarni qutqarish va yongʼinni bartaraf etish choralarini koʼrishlari kerak.

Ishga qabul qilinuvchi har bir xodim va ishchi (vaqtinchalik ishga qabul qilinuvchilar ham) yongʼin xavfsizligi toʼgʼrisida Favqulodda vaziyatlar boʼlinmasidan birlamchi yoʼriqdan oʼtganlaridan soʼng ishni boshlashlari lozim.

Maʼmuriy binoni yongʼin xavfidan saqlash vazifasi binodan foydalanuvchi rahbar tasdiqlagan buyruqqa muvofiq masʼul xodimlarga yuklanadi.

Yongʼin xavfsizligiga javobgar shaxslar quyidagilarga amal qilishlari shart:

Daxliz va yoʼlaklar tez yonuvchi materiallar bilan toʼsilib qolmasligi;

Omborlarda, dahlizlarda, xizmat xonalarida tez alangalanadigan suyuqliklar saqlanmasligi;

Suv va elektr taʼminoti tizimlari hamda xonalar koʼrinishini oʼzgartirishda bino maʼmuriyati roziligi va yongʼindan saqlash xodimlari bilan kelishilgan holda bajarilishi;

Isitish, havoni almashtirish, elektr va boshqa texnik uskunalarining sozligini kuzatish hamda yonish va yongʼin sodir etish xavfiga ega boʼlgan nosoz uskunalarni tuzatish uchun tezda chora koʼrishlari;

Yongʼinni oʼchirish birlamchi vositalarini maqsadga muvofiq ishlatishni nazorat qilishi va ularga boriladigan yoʼllar boʼsh boʼlishini taʼminlashlari shart.

Taʼqiqlanadi

Qutqarish yoʼllarida, dahlizlarda mebelь va boshqa jihozlarni saqlash;

Zinapoyadagi, dahlizdagi yoritgichlarni (navbatchilardan tashqari) kechki payt yoniq qoldirish, ish soʼngida xonalardagi elektr asboblarini elektr manbaidan oʼchirmagan holda qoldirish;

Koʼrsatilmagan joylarda chekish va bino hududida olov yoqish;

Qoʼshimcha va vaqtincha elektr simlarini, asboblarni oʼrnatish;

Xizmat xonalarida elektr isitish asboblaridan(elektr qaynatgich, choynak va hokozolar) foydalanish qatʼiyan man etiladi.

S.SАIDАKBАROV, Y. OXUNOV,

Yongʼin xavfsizligini taʼminlashni tashkil etish boʼlinmasi mutaxassislari

Gazetaning har bir sonida siyosiy masalalarga bag`ishlangan maqolalar berib boriladi. Jumladan gazetaning 2020-yil 18-noyabr sonida “Bola huquq va manfaatlari himoya qilish hammamizning burchimiz” nomli maqola nashr qilindi.



Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Binobarin, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish muqaddas burchdir.

20 noyabrь – "Bola huquqlari toʼgʼrisida"gi konventsiya qabul qilingan kun munosabati bilan “Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan “Bola huquqlarini himoya qilishdagi kamchiliklar, muammolar va yechim” mavzuida I xalqaro onlayn-konferentsiya boʼlib oʼtdi.

Unda Oliy Majlisning Inson huquqlari boʼyicha vakili (ombudsman) oʼrinbosari – Bola huquqlari boʼyicha vakil, tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilari, jurnalist va blogerlar hamda hududlardan tashrif buyurgan “Kamalak” bolalar tashkilotining faol sardorlari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda yoshlarning, bolalarning maʼnaviy va jismoniy barkamolligi davlatimizning bosh siyosatiga aylandi. Yosh avlod kamoloti yoʼlida sarflanayotgan mablagʼ va resurslarga kelajakka tikilgan sarmoya, deb yondashilayotgani ayni muddaodir. Bu mablagʼlar kelajakda mamlakatga, jamiyatga nafi tegadigan yoshlar koʼpayishiga zamin yaratadi.

Tadbirda Oʼzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Germaniya, Turkiya, Janubiy Koreya, Rossiya, Ukraina,

Belarusь va Qozogʼiston davlatlaridagi vakillari ishtirok etib, oʼz fikr va mulohazalarini bildirdilar.

Bola huquqlariga doir birinchi va asosiy xalqaro-huquqiy hujjat – Bola huquqlari toʼgʼrisidagi konventsiya BMT tomonidan 1989 yilning 20 noyabrida qabul qilingan. 54 moddadan iborat ushbu konventsiya ayni paytda bola huquqlarining xalqaro miqyosda himoyalanishiga xizmat qilib kelmoqda va u bola huquqlariga doir milliy qonunchilikni rivojlantirishning mukammal andozasi sanaladi.

Oʼzbekiston mustaqillikka erishganidan soʼng ratifikatsiya qilgan dastlabki xalqaro-huquqiy hujjatlardan biri ham Bola huquqlari toʼgʼrisidagi konventsiya boʼlgan edi.

Oʼzbekiston dunyoning 193 davlati qatorida bola huquqlari va erkinliklarini taʼminlashga doir qator majburiyatlarni oʼz zimmasiga oldi.

Oʼtgan yillar davomida ushbu hujjat normalarini milliy qonunchiligimizga implementatsiya qilish, xalqaro

shartnomalar bajarilishini huquqiy tartibga solish boʼyicha 100 dan ziyod qonun, farmon, qaror va boshqa normative hujjatlar qabul qilindi.

Konferentsiya doirasida bola huquqlari sohasidagi yutuqlar qatorida muammolar ham muhokama qilindi. Mamlakatimiz yoshlari ulkan ijodiy, intellektual, ijtimoiy-siyosiy salohiyatga ega. Ulardagi ana shu kuch va salohiyatni yurt tinchligi, Vatan taraqqiyoti va xalq farovonligi uchun safarbar etishga koʼmaklashish, har tomonlama sogʼlom va maʼnaviy yetuk shaxs qilib tarbiyalash barchamizning burchimizdir.

Mohinur QUDRАTULLАEVА, OʼzА

Gazetaning har bir sonida parlament hayotiga bag`ishlangan maqolalar berib boriladi. Jumladan gazetaning 2020-yil 18-noyabr sonida “ Murojaat o`z yechimini topdi ” nomli maqola nashr qilindi.



Oʼzbekiston XDP Boysun tuman kengashi Jamoatchilik

qabulxonasiga tumandagi "Qoʼrgʼoncha" saylov okrugi aholisidan

murojaat tushdi. Maʼlum boʼlishicha, aholining shaharga qatnashi

uchun qurilgan yirik koʼprik bahorda sel kelishi oqibatida qulab

tushgan. Shuning uchun odamlar shaharga qatnashda qiyinchiliklarga

duch kelmoqda.

Murojaatda koʼprikni taʼmirlashda amaliy yordam soʼralgan.


Download 119.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling