Referati. Mavzu: sanoq sistemasida amallar bajarish. Dars shiori: Zamonaviy fanni o’rganmoqqa


Download 294.55 Kb.
bet5/7
Sana05.01.2022
Hajmi294.55 Kb.
#229332
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
axborot mustaqil 4 2

Yangi mavzu bayoni.

Yangi mavzu oldindan o’quvchilarga uy vazifasi qilib beriladi.

Shu o’rinda darsning BIO sxemasini aniqlab olishni joiz deb topdim. Yozuv taxtasi yoki oq qog’ozga quyidagicha chizma chiziladi.

1-ustun: “Nimalarni bilaman?”

2-ustun: “Nimani bilmayman?”

3-ustun: “Natijaga erishdikmi?”


Bilaman

Istayman

Oldim

O’quvchilar bilganlarini yozadilar

Bilish istaklarini yozadilar

O’quvchilar va o’qituvchi tomonidan tushunchalar olib boriladi.










Dars jarayonida guruhlar o’rtasida yangi mavzu buyicha tushuntirish, savol-javob, mulohaza, bahs-munozaralar o’tkaziladi. Guruhlar javobini o’qituvchi tinglab baholab boradi va har bir to’g’ri javob uchun rag’bat kartochkalari berib boriladi.

Hisоblash mashinasining tuzilishi va ularda dasturlashtirish sanоq sistemalari bilan chambarchas bоg’liqdir.

O’qituvchi: Kundalik hayotimizda ishlatiladigan o’nlik sanoq sistemasidagi sonlar ustida arifmetik amallar bajarish usullarini blamiz. Mazkur usullar boshqa barcha pozitsiyali sanoq sistemalari uchun o’rinli bo’lib, toki oxirgi qiymat bo’yicha eng katta razryadni qo’shishgacha davom etadi. Mazkur jarayonda shu narsani doin eslash kerakki, agar biror razryad sonlarni qo’shganimizda natija sanoq sistema asosi qiymatidan katta chiqsa, yig’indining sanoq sistema asosidan katta qismini keyingi razryadga o’tkazish kerak.

Masalan, o’lik sanoq sistemasida: Videoproyektor orqali o’quvchilarga ko’rsatiladi.



1857910

+ 564810

_________

2422710


Ma’lumki ikkilik sanoq sistemasi faqat ikkita: 0 va 1 raqamlaridan tashkil topgan. Shu sistemada qo’shish, ayirish, ko’paytirish amllarini bajaramiz. Qani o’quvchilar mavzu sizga oldindan vazifa qilib berilgan edi. Qo’shish amalini jadvalini qaysi guruh doskaga yozib beradi? O’quvchilar mustaqil o’rganib kelganlari uchun ikkila guruh ham baravariga qatnashadilar.

1-guruhdan bir o’quvchi, 2- guruhdan ham bir o’quvchi doskaga chiqib, qo’shish amalini jadvalini yozadilar.



Download 294.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling