Referati omonimlar, antonimlar, sinonimlar, internatsional so‘zlar lug‘ati Reja


Download 13.38 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi13.38 Kb.
#1250260
TuriReferat
Bog'liq
MT-1 Eshondedayev G‘iyosiddin




Namangan davlat universiteti
Filologiya fakulteti O‘zbek tili yo‘nalishi
3-kurs UZB-BU-20 guruh talabasi
G‘iyosiddin Eshondedayevning
Leksikografiya asoslari fadidan
tayyorlagan
REFERATI


Omonimlar, antonimlar, sinonimlar, internatsional
so‘zlar lug‘ati

Reja:

1. O‘zbek tili omonimlarining izohli lug‘ati.
2. O‘zbek tili antonimlarining izohli lugʻati.
3. O‘zbek tili sinonimlarining izohli.
4. Internatsional so‘zlar.
5. Xulosa.
6. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

Omonimlar — umumiy maʼno unsurlariga ega boʻlmagan, tasavvuriy bogʻlanmagan, lekin bir xil yozilib, bir xil aytiladigan soʻzlar; ular orasida semantik aloqa boʻlmaydi. Ana shunday soʻzlarning tilda mavjud boʻlishi va shunga bogʻliq hodisalar omonimiya deyiladi. Omonimlarning lugʻaviy va grammatik koʻrinishlari farqlanadi.


Omonimlarning tilda paydo boʻlish sabablari turlichadir: avvallari har xil aytilib, bir xil eshitiladigan soʻzlar talaffuzining tarixiy jarayonda tovush almashinishi yoki talaffuz oʻzgarishi natijasida bir-biriga mos kelib qolishi; (ot — ism, ot — hayvon; oʻt — olov, oʻt — oʻsimlik) boshqa tillardan oʻzlashgan soʻzlarning talaffuz va yozilish jihatidan ona tilidagi soʻzlarga mos kelib qolishi (turbosqich; tur-xil, nav); tilda mavjud boʻlgan koʻp maʼnoli soʻz maʼnolarining bir-biridan uzoqlashishi (dam — nafas; dam — hordiq; dam — bosqon) va boshqa. Omonimlar bir yoki bir necha soʻz turkumi doirasida boʻlishi mumkin: bir soʻz turkumi doirasida omonimik uya tashkil etuvchi, yozilishi va talaffuzi aynan bir xil boʻlgan soʻzlar toʻliq yoki mutlaq Omonimlar deyiladi (chang — gʻubor, toʻzon; chang — cholgʻu asbobi); faqat ayrim shakllardagina mos keladigan, boshqa-boshqa turkumlariga mansub soʻzlar noto‘liq Omonimlar, boshqacha aytganda, omoshakllar deyiladi, qoʻy (hayvon) — qoʻy (feʼlning buyruq shakli).
Omonimlar bilan bir qatorda tilda ularning alohida turlari sifatida omograflar (bir xil yoziladigan, lekin urgʻu va talaffuz bilan farqlanadigan soʻzlar: olma—olma, tom (uy tomi) — tom (kitob tomi) va boshqa hamda omofonlar (bir xil talaffuz qilinadigan, lekin yozilishida farq qiladigan soʻzlar: yetti (son) — yetdi (feʼl); yot (begona) — yod (xotira) va boshqa Omonimiyaning mazkur barcha koʻrinishlariga mansub soʻzlar maʼnosi asosan matn orqali bilinadi.
Omonimlar mumtoz adabiyotda tajnis sanʼati va tuyuq janrini yaratishda, askiya payrovlarida esa soʻz oʻyini va qochiriqsifatida ishlatiladi. Soʻz ustalari, ayniqsa, shoirlar (Xorazmiy, Lutfiy, Navoiy, Bobur, Soʻfi Olloyor, Habibiy va boshqalar) poetik taʼsirchanlikni oshirishda O. dan mahorat bilan foydalanganlar. Xorazmiyning:Buyung sarvu sanubartek, beling-qil, Vafo qilgan kishilarga vafo qil bayti yoki Alisher Navoiyning:Olmani sundi nigorim — ol, —dedi, Olma birla bu koʻngilni ol, — dedi, Soʻrdim ersa olmasining rangini, Ne soʻrarsan? — olma rangi ol, dedi.tuyugʻi buning yorqin isbotidir. Dastlabki baytda qil soʻzi 2 maʼnoda (qilga oʻxshash ingichka; qilmoq feʼlning oʻzagi) ishlatilgan boʻlsa, tuyukda ol soʻzi 3 maʼnoda ishlatilgan (buyruq feʼli; koʻngil ovlamoq; qizil rang , ol rang). Abduvahob Madvapiyev, Bozorboy Oʻrinboyev.
1984-yilda nashr etilgan, o‘sha davr oʻzbek tilidagi omoleksemalar aks ettirilgan bu lugʻatda 497 omoifoda ostiga birlashuvchi 1160 dan ortiq leksema tasvirlangan. Dastlab omoleksemalarga tarixiy-etimologik izoh berilib, keyin maʼnosi taʼriflangan, ruscha ekvivalenti koʻrsatilgach, shu omonimdan yasalgan leksemalar sanalgan, soʻngra bu omonim qatnashadigan birikma, gap berilib, oxirida matnli misol keltirilgan.
Lugʻatga omofonlar, omograflar ilova qilingan. Ushbu lug’atga omoleksemalar quyidagicha tanlangan: 1. Omonimiya, xuddi sinonimiyada va antonimiyada boʻlganidek, minimum ikki til birligi orasida yuzaga keladi. Bunday munosabatlarni belgilashda til birliklarining har ikki tomoni - ifoda plani ham, mazmun plani ham hisobga olinadi. Sinonimiyada va antonimiyada til birliklarining mazmun plani asosga olinsa, omonimiyada, aksincha, ifoda plani yetakchi hisoblanadi. Omonimiya haqida gap boshlash uchun til birliklari ifoda planiga koʻra bir xil, teng boʻlishi kerak. Ifoda plani deb ikki hodisa nazarda tutiladi: talaffuz, aytilish (tovush ifodasi) va yozilish (harfiy ifoda). Adabiy tilda til birliklarini oʻzaro omonim deyish uchun ular bir xil talaffuz qilinadigan va yoziladigan fonemalar tuzumi bilan ifodalanishi kerak.
2. Omonimlar, avvalo, bir til doirasida belgilanadi: boshqa tilga mansub, hali oʻzbek tiliga oʻzlashmagan leksema bilan oʻzbek tilidagi leksemani o‘zaro omonim deb boʻlmaydi.
Ikkinchidan, omonimiya bir til taraqqiyotining muayyan bosqichi doirasida belgilanadi. Masalan, hozirgi o‘zbek tilida ishlatilmaydigan (eski oʻzbek tiliga mansub) leksema bilan hozirgi oʻzbek tilidagi leksemani oʻzaro omonim deyish oʻrinli emas. Lekin hozirgi oʻzbek tilida yozilgan asarlar matnida eski oʻzbek tiliga mansub leksemalar anchagina uchraydi, shuni hisobga olib, hozirgi oʻzbek tilidagi bo‘lgan ba'zi istorizm leksemalar lug'atga kiritilgan.
Uchinchidan, omonimiya adabiy nutqqa na so‘zlashuv nutqiga nisbatan alohida-alohida belgilanishi kerak. Shunga koʻra lugʻatda asosan hozirgi oʻzbek adabiy tiliga mansub leksemalar tasvirlangan, soʻzlashuv nutqiga xos leksemalar cheklangan miqdorda kiritilgan.
3. Boshqa lingvistik hodisalarda boʻlganidek, omonimiyani ham til bosqichida va nutq bosqichida alohida- alohida baholash kerak. Til bosqichida omonimiya til birliklari orasida (leksemalar orasida, morfemalar orasida, frazeologik birliklar orasida) mavjud boʻladi, nutq bosqichida esa nutk birliklari orasida (so‘zformalar orasida, birikmalar orasida) yuz beradi. Leksemalar orasida voqe boʻladigan omonimiyani omoleksemiya deb, bunday leksemalarni omoleksemalar deb yuritamiz.
Shuningdek, lug'at maqolasining tuzilishi ham o’ziga xos: 1. Lugʻat maqolasi omoifoda bilan boshlanadi. Omoifoda talaffuzi va yozilishi bir xil bir necha leksema borligini ko‘rsatadi. Omoifoda satr boshidan katta ko‘ra harflar bilan terilgan. Lugʻatda berilgan 497 omoifodaning 372 tasi ikki omoleksemali, 93 tasi uch omoleksemali, 21 tasi toʻrt omoleksemali, 7 tasi besh omoleksemali va 4 tasi olti omoleksemali boʻlib, 1160 dan ortiq leksemani birlashtiradi.
2. Omoifoda ostiga birlashuvchi har bir omoleksema abzasdan kora harflar bilan terildi va rim raqamlari qo‘yib farqlangan. Agar omoleksema boshqacha shaklda ham ishlatilsa, yonida shunday shakli keltirildi. 3. Omoleksemalarni oldin-keyin joylashda quyidagicha yoʻl tutilgan:
1) Asli bir leksemaning taraqqiyoti natijasida paydo boʻlgan, biri ikkinchisidan oʻsib chiqqan boʻlsa, ular ana shu taraqqiy etish izchilligi asosida joylangan; hosila omoleksema yonida kvadrat qavslar ichida < belgisi bilan asos omoleksema keltirildi.
2. Omoifoda ostiga birlashuvchi har bir omoleksema abzasdan ko‘ra harflar bilan terildi va rim raqamlari quyib farqlandi. Agar omoleksema boshkacha shaklda ham ishlatilsa, yonida shunday shakli keltirildi.
3. Omoleksemalarni oldin-keyin joylashda quyidagicha yoʻl tutilgan:
1) Asli bir leksemaning taraqqiyoti natijasida paydo boʻlgan, biri ikkinchisidan oʻsib chiqqan boʻlsa, ular ana shu taraqqiy etish izchilligi asosida joylandi; hosila omoleksema yonida kvadrat qavslar ichida < belgisi bilan asos omoleksema keltirildi.
2) Biri ikkinchisidan oʻsib chikmagan, asli oʻzaro
bogʻlik boʻlmagan leksemalar boʻlsa, bularni joylashda
turkumlarni sanashdagi traditsion tartibga amal qilindi: avval ot leksema, keyin sifat leksema, soʻngra feʼl leksema va boshqalar joylandi.
4. Omoleksemalarga avval tarixiy-etimologik izoh berildi (bunday izohlar kvadrat qavslar ichida keltirilgan).
1) O‘zbekcha leksemalarda imkoni boricha quyidagilar taʼkidlandi: a) asli fonemalar (tovushlar) tarkibida farq boʻlganligi, b) yasama boʻlsa, qaysi leksemadan (sememadan) qaysi affiks bilan yasalgani, omoleksemalarning yasash asosi va yasovchiga har xil ajralishi,
2) o‘zlashtirma leksemalarda imkoni boricha quyidagilar taʼkidlangan
a) asli qaysi til leksemasi ekanligi,
b) oʻsha tildagi tovush tuzumi, grafik shakli,
v) asl maʼnosi va boshqalar.
5. Tarixiy-etimologik izohdan keyin omoleksemaning qaysi turkumga mansubligi, oʻrni bilan nutqiy-stilistik belgisi taʼkidlandi. 6. Soʻngra omoleksemaning leksik maʼnosi taʼriflandi yoki tasvirlandi, oʻrni bilan sinonimi keltirilgan; kvadrat qavslarda ruscha ekvivalenti koʻrsatilgan.
Antonimlar (anti ... va yun. onoma – ism, nom) – zid ma’noli til birliklari. 3 turi mavjud: 1) leksik antonimlar (baland – past, uzun – qisqa); 2) affiks antonimlar(suvli – suvsiz); 3) sintaktik antonimlar ( yuz – bashara).
Antonimlar (zid ma’noli soʻzlar) – grekcha anti – “zid”, “qarama-qarshi” onoma yoki onyma – “nom” degani boʻlib, qarama-qarshi tushunchalarni ifodalaydigan soʻzlardir, ya’ni ma’nosi bir-biriga zid ma’noli soʻzlar antonim deyiladi. Antonimik juft hosil boʻlishi uchun ikkita mustaqil tushuncha ma’no jihatdan oʻzaro qarama qarshi boʻlishi kerak. Fe’llardagi boʻlishli-boʻlishsizlik xususiyati antonimlikni vujudga keltirmaydi. Antonimlar ba’zan juft holda qoʻllanib ma’no kengaytiradi yoki ma’no ifodalaydi: tun-u kun (har doim). Koʻp ma’noli soʻz oʻzining har bir ma’nosi bilan ayrim-ayrim soʻzlarga sinonim boʻlishi mumkin: xafa soʻzi bir oʻrinda xursand soʻziga antonim boʻladi. Yoki qattiq yer – yumshoq yer; qattiq (xasis) odam – saxiy odam.
“O’zbek tili antonimlarining izohli lug’ati” hozirgi oʻzbek tilidagi antonimlarning dastlabki lug'ati bo‘lib, unda 495 antonimik gruppaga birlashuvchi 1800 ga yaqin antonimik juftlik tasvirlangan. Antonimik munosabat leksik maʼnolar ora belgilanib, antonimlarning maʼnosi taʼriflangan va misollar keltirilgan. Ayni vaqtda har bir antonim ostida, agar mavjud boʻlsa, sinonimi ham keltirilgan. Lugʻatning kirish qismida antonimlarning tabiati, turlari va oʻxshash til hodisalaridan farqlari haqida qisqacha maʼlumot berilgan. Antonimlarni belgilashdagi asosiy oʻlchov - leksik maʼno, yaʼni soʻzlarning zid maʼnolarni bildirishi. Shu bilan birga, soʻzlarning antonim ekanini belgilashda mantiqiy markaz prinsipidan ham oʻrinli foydalanish lozim. Antonimik qutblarning oʻrtasi deb faraz qilingan nuqta yoki ikki antonim so‘z bildirgan tushunchalar oʻrtasidagi oraliq tushuncha mantiqiy markaz deyiladi (Mantiqiy markazni shartli ravishda M harfi bilan belgilash mumkin). Masalan, bahoni anglatuvchi yaxshi (4) va yomon (2) soʻzlariga nisbatan qoniqarli (3) soʻzi, kecha va kunduz soʻzlariga nisbatan tong va shom soʻzlari, balandlik va pastlik soʻzlariga nisbatan tekislik soʻzi mantiqiy markaz hisoblanadi.
Sinonimlar (qadimgi yunoncha — bir nomli) — bir umumiy maʼnoga ega boʻlgan (denotativ maʼnosi bir xil), qoʻshimcha (konnotativ) maʼnosi (ekspressiv,) uslubiy va boshqa munosabat kabilarni ifodalovchi xususiyatlari) bilan oʻzaro farqlanadigan til birliklari — soʻz, ibora, sintaktik birlik va boshqa, boshqatdan, qayta, qaytadan, yangidan, yana, takror kabi soʻzlari sinonim soʻzlar hisoblanadi. “O’zbek tili sinonimlarining izohli lug’ati” ugʻat hozirgi oʻzbek adabiy tili uchun xarakterli boʻlgan sinonimik qatorlarni oʻz ichiga olgan. Unga faqat leksik sinonimlargina kiritilgan. Faqat mustaqil soʻzlar emas, balki yordamchi soʻzlar ham sinonim boʻla oladi. Lugʻatga bunday sinonimik qatorlardan ham kiritilgan. Bir oʻzakdan sinonim affikslar yordamida yasalgan qandaydir. allaqanday; rahmsiz, berahm kabi soʻzlar oʻzaro, shuningdek, bir so‘zning turli fonetik variantlari (goho, goyida, goda kabi) lug'atda mustaqil sinonimik qator sifatida keltirilmadi. Lekin bunday soʻzlar boshqa soʻzlar bilan sinonim boʻlgan taqdirda, shu sinonimik qatorda ularning fonetik variantlari va sinonim affikslar yordamida yasalgan soʻzlar ham keltirildi. Masalan, goho so‘zi baʼzan, unda-bunda, ora-sira kabi soʻzlar bilan sinonim boʻlgani uchun shu sinonimik qatorda uning gohida, goyida, goda variantlari ham keltiriladi.
Lugʻat sinonimik qatordagi bosh soʻzning alifbosiga koʻra alifbo tartibida tuzilgan. Bir suz birdan ortiq sinonimik qatorda bosh soʻz boʻladigan boʻlsa, bu holat rim raqamlari bilan koʻrsatildi. Masalan: AYTMOQ І, BAYON QILMOQ, IZHOR QILMOQ, BILDIRMOQ. “Fikr, maqsadni (biror gap-soʻzni) og‘zaki ifoda etmoq". AYTMOQ II, TAKLIF QILMOQ, CHAQIRMOQ, CHORLAMOQ. “Kelish, ishtirok etish, tashrif buyurishni iltimos qilib murojaat etmoq”. AYTMOQ III, OLMOQ. “Ijro etmoq” (ashula, qoʻshiq haqida).
Internatsional so‘zlar lug'ati deb xalqaro miqyosda tan olingan so‘zlar lug'atiga aytiladi. O‘zbek tilida hali bunday so‘zlar lug'ati ishlab chiqilmagan. Internatsional so‘zlar degani aslida ko‘pchilik xalqlar va millatlar uchun tushunarli bo‘lgan, hamma birday qabul qilgan so‘zlardir. Bunday so‘zlarga misol: global, internet, kompyuter, hot-dog, gamburger va boshqalar.
Tilshunoslik va umuman boshqa sohalarning rivoji, o’zgarishi va ijtimoiy holati sabab turli xil o’zgarishlar, juladan, yangi so’zlarning kirib kelishi, eskirishi, almashishi, tobush o’zgarishiga uchrashi kuzatiladi. Leksikografiya, umuman, lug’atlar ana shunday hollarda tushunmovchiliklarning oldini oladi. Tilning, tildagi so’zlarning uzoq vaqt saqlanib qolishi yoki vaqtlar o’tishi bilan eskirgan so’zlarning mohiyati va mazmui unutilib yborilmasligiga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1. Rahmatullayev Sh., Mamatov N., Shukurov R. O’zbek tili antonimlarining izohli lug’ati. - Toshkent: O’qituvchi, 1989.


2. Rahmatullayev Sh. O’zbek tili omonimlarining izohli lug’ati.- Toshkent: O’qituvchi, 1984.
3. Hojiyev A. O’zbek tili sinonimlarining izohli lug’ati.-Toshkent: O’qituvchi, 1974.
4. WWW.ZİYOU.COM.
5. https://fayllar.org
Download 13.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling