Referati psixalogik maslaxatchi shaxsiga qo’yilgan talablar reja: Psixologik


Psixologik maslahatga qo'yiladigan talablar


Download 38.79 Kb.
bet2/3
Sana22.10.2023
Hajmi38.79 Kb.
#1715788
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
PSIXALOGIK MASLAXATCHI SHAXSIGA QO’YILGAN TALABLAR11

Psixologik maslahatga qo'yiladigan talablar
Psixologik maslahatga va psixolog-maslahatchi amaliy ishiga qo'yiladigan umumiy, kasbiy va ma'naviy-axloqiy talablar tizimi nizomlarda juda yaxshi aks ettirilgan. Mana shu Nizomning ko'pchilik qoidalari psixolog-maslahatchi ishiga bevosita qo'llanilgan. Ularning «psixolog» iborasi o'rniga «psixolog-maslahatchi» so'z birligini kiritib, ushbu qoidalarni eslatib o'tamiz.

  1. Psixolog-maslahatchining kasbiy faoliyati u taklif etgan tavsiyalari uchun mijoz oldida mas'uliyati bilan ifodalanadi.

  2. Psixolog-maslahatchining kasbiy faoliyati ma'naviy-axloqiy va yuridik asoslarga muvofiqlikka tayanishi kerak.

  3. Psixolog-maslahatchining faoliyati mijozning intellektual va shaxsiy rivojianishi yo'lida har qanday cheklanishlarni olib tashlashni ko'zda tutuvchi insonparvarlik maqsadlariga erishishga qaratilgan.

  4. Psixolog-maslahatchi o'z ishini mijoz shaxsini so'zsiz hurmat qilish va daxlsizligi asosida tashkil etadi. Psixolog-maslahatchi inson huquqlari deklaratsiyasi bilan belgilangan inson huquqi asoslarini hurmat qiladi.

  1. Mijozlar bilan ishlashda psixolog-maslahatchi halollik va ochiqlik tamoyillariga amal qiladi. Shu bilan birga u mijozga maslahat va tavsiyalarni berganda puxta o'ylashi va ehtiyot bo'lishi kerak.

  2. Psixolog-maslahatchi mijoz huquqlari buzilishini sezganda o'z kasbiy birlashmalari a'zolari, hamkasblariga xabar berish, mijozlar bilan insonparvarlik munosabatlari buzilayotgani holatlarini aytishi kerak.

  3. Psixolog-maslahatchi mijozlarga kerakli ma'lumoti, malakasi, bilimlari va ixtisosi mavjud bo'lgan xizmatlarni ko'rsatishi mumkin.

  4. O'z ishida psixolog-maslahatchi faqat zamonaviy umumfan standartlariga javob beradigan sinovdan o'tgan metodikalarni qo'llashi kerak.

  5. O'zining bilimlari va malakalarini doimiy ravishda yuksak darajasini ta'minlab turish psixolog-maslahatchining majburiy tarkibiy qismi hisoblanadi.

  1. Ilmiy tajribalarga to'la javob bermaydigan, yetarlicha sinovdan o'tmagan psixologik metodlar va tavsiyalarni qo'llashga majbur bo'lganida psixolog-maslahatchi bu haqida o'z mijozlarini ogohlantirishi va o'z xulosalarida juda ehtiyot bo'lishi kerak.

  2. Psixolog-maslahatchi o'z mijozi to'g'risida ma'lumotni oshkor qilishga yoki maslahatlar natijasi to'g'risida ma'lumotni uchinchi shaxsga aytishga haqqi yo'q.

12. Psixolog-maslahatchi huquqi bo'lmagan, kasbiy tayyorgarlikka ega bo'lmagan shaxslarning psixologik maslahatlar va psixologik ta'sir ko'rsatish metodlaridan foydalanishlariga to'sqinlik qilishi hamda shunday «mutaxassislarning» xizmatlaridan foydalanayotganlarni bu haqda ogohlantirishi kerak.

  1. Psixolog-maslahatchi huquqi bo'lmagan odamlarga mijozlar bilan psixologik ishlar metodlarini o'rgatishi mumkin emas.

  2. Psixolog-maslahatchi mijoz tomonidan noo'rin ishonch va umid yuzaga keltirmaslik uchun, ehtiyot bo'lishi kerak, unga bajarib bo'lmaydigan va'dalar, maslahatlar va tavsiyalar bermasligi kerak.

  3. Psixolog-maslahatchi mijozlarga taalluqli axborotlarni sir saqlash uchun shaxsiy javobgarlikni bo'yniga oladi.

Mana shu barcha qoidalarga yoki odob normalariga amal qilish psixolog maslahatchi amaliy ishida majburiy hisoblanadi. Bundan tashqari kasbiy tayyorlangan yaxshi psixolog-maslahatchining kasbiy to'la tayyorlanmagan psixolog-maslahatchidan ajratib turadigan yana bir qator muhim farqlar bor. Bu farq psixolog-maslahatchining mijozga bo'lgan munosabati, psixologik maslahatlar davomida uchrab turadigan qiyin vaziyatlardan u qanday chiqa oiishiga bog'liq. Quyida keltirilgan 1-jadvalda tajribali va tajribasiz psixolog-maslahatchi xulqining 10 ta xususiyatlarini solishtirib ko'rsatib o'tilgan.

Download 38.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling