Referati reja : Jismoniy tarbiya fani bo`yicha rejalashtirish shartlari


Download 39.3 Kb.
bet2/2
Sana24.06.2023
Hajmi39.3 Kb.
#1653244
TuriReferat
1   2
Bog'liq
Jismoniy tarbiya fani bo`yicha o`quv ishlarini rejalashtirish texnologiyasi

Ish rejasi. Bu hujjat chorakka yoki yarim yilga tuziladi. Amalda bu hujjatni ko`pincha kalendar va darslar bo`yicha reja deb ataydilar. Rejalashtirish tizimida u metodik ta`minlash vazifasini bajaradi. Ish rejasining ob`ekti dastur va grafikda ko`rsatilgan asosiy mashqlar bo`libgina qolmasdan, ya`ni shunga taalluqli bo`lgan tayyorlov, yordamchi va nazorat mashqlari hamda uyga vazifa kiradi. Asosiy e`tibor har tomonlama mashg`larga beriladi. Masalan, arg`amchi bilan sakrash umumiy va maxsus chidamlilikni, to`g`ri harakatni, sakrovchanlikni rivojlantiradi, u tos, tizza, oshiq bo`ginlarini mustahkamlaydi va butun tana muskullarini takomillashtiradi.
Ish rejasida o`qituvchi har bir mashg`ulotning vazifasini belgilab oladi. Bu jarayonda u oldingi o`rgatish dasturidan foydalanadi.
Asosiy qism mazmuni belgilanib, so`ngra tayyorlov qismiga manba tanlanadi. Ular asosiy, maxsus va yordamchi , umumiy rivojlantiruvchi mashg`larga bo`linadi. Shu o`rinda quyidagini eslatib o`tamiz: tayyorlov qism mashqlari asosiy qism vazifalariga taalluqli bo`lishi kerak. Yangi asosiy qism vazifalarini bajarish uchun bolalarning qaysi muskul va bug`inlari harakatchanligi talab etsa, shu bug`in va muskullarga ko`proq xilma-xil mashqlarni berish maqsadga muvofiqdir.
Darsning yakunlov qismini rejalashtirishda o`tilgan dars bilan kelgusi dars aloqasini ta`minlashni unutmaslik kerak. Bunda o`quvchilarga uyga vazifa berish, o`tilgan materiallarni takrorlash hamda mustaqil ishlar orqali erishiladi. Shu yerning o`zidayoq ko`nikma va malakalarni shakllantirish uchun mashqlar rejalashtiriladi.
Ish rejasi vaqtli rejaga kiradi. Quyida muayyan soatga mo`ljallangan ish rejasini keltiramiz.
Dars konspekti. O`qituvchining bu rejasi eng aniq va operativ rejalashtirishga kiradi. U darslarni rejalashtirish tizimini tugallaydi va tashkiliy ishni bajaradi. Konspekt o`qituvchining darsga tayyorgarligining bevosita natijasidan iborat. Konspekt ish rejasi asosida parallel sinflar uchun ham ishlab chiqiladi.
Dars konspekti aniq vazifaga ega bo`lib, o`qituvchi shu vazifalarni darsda hal etishi kerak. Hamma guruh o`quvchilarining tayyorgarlik darajasi hisobga olinishi kerak. Bu esa pedagogik jarayonni tezlatadi. Vazifalar qoidaga binoan titul varaqning o`ziga, ya`ni “konspekt” so`zidan so`ng yoziladi. So`ng o`quvchilarning erishgan harakat faoliyatlari darajasini hisobga olgan holda vazifalar mazmuni aniqlashtiriladi.
Konspektga darsda o`tilishi kerak bo`lgan mashqlar ketma-ket yoziladi: mashqlar, nazariy ma`lumot va uyga vazifa, fanlararo aloqa imkoniyati ko`rsatiladi. Birinchi navbatda ma`lum darsga mashqlar tanlanishi maqsadga muvofiqligini asoslash zarur, ya`ni ularning aniq nimaga mo`ljallanganligini ko`rsatish shart. Dars vazifalari belgilab olingandan so`ng darsning qayerda o`tilishi, moddiy-texnik ta`minlash, jihozlar, sport snaryadlari, asbob-anjomlar ko`rsatilishi lozim.
Dars mazmuniga aniqlik kiritilib, yozib bo`lgandan so`ng, mashqlarni takrorlash soni va vaqti deb ko`rsatilgan grafaga - mashqlarni takrorlash soni, mashq uchun berilgan vaqt, masofaning uzunligi qanchaligi aniqlashtiriladi. Mashqlar me`yori va vaqti bolalar va qizlar uchun alohida ko`rsatiladi.
“Metodik ko`rsatma” grafasiga metodik(uslubiy) ishlar, pedagog va sog`lomlashtirishning o`zaro didaktik munosabati tarbiyalash va sog`lomlashtirish ta`sirining yo`llari, qo`shimcha vazifalar, faollarini darsga tayyorlash usuli nazoratning shakl va usullari, mustaqil ishlar bo`yicha ko`rsatmalar yoziladi. “Metodik ko`rsatma” grafasi bilan “Tashkiliy ko`rsatma” grafasini bir-biriga qo`shib yu borish ham mumkin. Agar “tashkiliy ko`rsatma” alohida yoziladigan bo`lsa, u holda bu grafaga sinf va guruhni boshqarish usuli, asbob-anjom va sport snaryadlarini taqsimlash va yig`ishtirish, ularning o`rni o`yinlarni tashkil etish ishlar turi, texnik xavfsizlikni ta`minlash yo`llari yoziladi.
Download 39.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling