Referati reja : Navro’z milliy bayrami


Download 15.43 Kb.
Sana11.05.2023
Hajmi15.43 Kb.
#1450717
TuriReferat
Bog'liq
referat


OLIY TA’LIM,FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI QO’QON UNIVERSTITETI TA’LIM FAKULTETI MAKTABGACHA TA’LIM MAXSUS SIRTQI YO’NALISHI 8-22 guruh talabasi Tadjibayeva Shoxsanamxon Rahmatjon qizining “Axborot kommunikatsiya texnalogiyalari” fanidan “Navro’z bayrami” Mavzusida tayyorlagan
REFERATI


Reja:

  1. Navro’z milliy bayrami.

  2. Navro’z bayrami tarixi.

  3. Navro’z muxtasham qadiryatlarimizdan biri va milliy bayramimizdir.

Bahor- fasllar gulshani, uyg’onish fasli. Butun borliq, ona tabiat barq urib yashnaydi, yangilanadi. Tirik jonzot borki yangi kunning tug’ilishidan bahra oladi zavqlanadi.


Turkiy xalqlar ham Navro’z bayramini, yani yangi kunning tug’ilishini aynan bahor faslida nishonlashi bejiz emas. Navro’z- bahor, yangi yil bayrami. Navro’z qadimiy milliy bayrami 21-mart kuni nishonlanadi. Ushbu kun tun bilan kunduzning tenglashgan paytidir. Ushbu bayramning kirib kelishi bilan ko’pgina o’zbek oilalari Sumalak, Xalim, Ko’k somsa, Ko’k manti, osh kabi turli milliy taomlarni tayyorlaydilar. Mazkur taomlar odamzod organizimiga foydali bo’lgan ko’p vitaminlarga boydir.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng O’zbek xalqining qadimiy urf-odatlari va an’analari kuchga kirdi, jumladan Navro’z bayramini nishonlash o’ziga xos tusga ega bo’ldi. Bu bayram barcha xalqlarning do’stlik va birlik ramziga ega bo’lgan umumxalq bayramdir.
Navro’z bayrami tarixi.
Navro’z (Navruz) bayrami fors- tojik va turkiy xalqlarining qadimiy bayramlaridan biridir.Tarixiy manbalarda keltirilishicha va olimlarimiz fikriga ko’ra Navro’zning shakllanish davri- eng qadimgi zamonlardan “Zardushtiylik”ning paydo bo’lishigacha davom etgan asrlarni o’z ichiga olgan ekan. Navro’z atamasi ikki fors so’zidan tashkil topgan bo’lib “nav”-yangi, “ro’z”-kun yani, “yangi kun” degan ma’noni bildiradi. Qadim- qadimdan Navro’z xolis niyatli kishilarning sevimli ayyomi bo’lib kelgan. O’sha kunlarda xatto urush janjallar ham to’xtalgan, gina-qudratlar kechirib yuborilgan. Shohlar el ichidan eng munosib kishilarni taqdirlashgan, ayrim mahbuslarning gunohidan o’tishgan. Bahor va yangi ayyom har bir yurakdan muhim joy olgan quvonchli damlarda ko’plichikning “Navro’z qayerda va qachon paydo bo’lgan ekan? -degan savolga shunday javob berilgan. Dunyoga ilk alifboni bergan buyuk allomalarning vatani bo’lgan, dunyoviy fanlarga asos slogan Xorazm yurti qadimda, hatto eramizdan avvalgi minginchi yillarda Xvayrazam deb atalgan. Keyingi yillarda olib borilgan arxeologik va etnografik izlanishlar Navroz bayrami ilk bor xuddi shu zamindar Niso (ya’ni, ayol shahri poytaxti bo’lmish Parfiyona) grek va Ovrupa faylasuflari asarlarida Parfiyada nishonlanganini ashyoviy topilmalar tasdiqladi. Navro’zning qachon va qayerda vujudga kelganini aniq ko’rsatish qiyin bo’lsada, shuni aytish mumkinki, bu bayram dono kishilar tomonidan kashf qilingan. Chunki Navro’zning dunyoga kelishi chuqur ilmiy asoslangan koinot va tabiat qonuniyatlari, yani Quyoshning hamal burjiga kirishi, tun va kunning tenglashuvi, kunduzning uzaya boshlashi, tabiatda jonlanishning boshlanishi bilan bog’liq bo’lgan. Bu esa yil boshi qachon kelishidan qat’i nazar navro’zni uyg’onish bayrami sifatida nishonlash uchun asos bo’lgan.
Navro’z muxtasham qadiryatlarimizdan biri va milliy bayramimizdir. Navro’z qadim zamonlardan bizgacha yetib kelgan muxtasham qadiryatlarimizdan biri va milliy bayramimizdir. Uning tarkibiga, qadimgi ota bobolarimizning mifologik tasavvuridan tortib bugungi zamondoshlarimizning qarashlarigacha bo’lgan ma’naviyat olami singib ketgan bo’lib u insoniyat madaniy taraqqiyotining har bir yutug’idan doimo kuch va quvvat olib turadi. Navro’z 21-martdan 22-martga o’tar kechasi “Qozon to’la” udumi bilan boshlanadi Shu oqshomda kechasi bilan ko’pchilik bo’lib sumalak vax alim ham pishirilgan. Bu taomlar qozoni ertasiga ochilgan. Navro’z “Qozoni to’ladigan”, ya’ni qut-baraka tantana qiladigan xalq bayramidir. Navro’zda qozon – qozon sumalaklar qaynashi , to’kin- sochinlik, dalalar serxosilligi, mevaga to’la bog’lar saxovatidan dalolat beradi. Navro’z yangi yil bayrami bo’libgina qolmay, mehnat bayrami ham hisoblangan. Vatanimiz O’zbekistonda ham Navro’z umumxalq bayrami deb 21-mart sanasida keng nishonlanadi. Har yili shu kuni respublikaning barcha viloyatlaridagi hiyobon va maydonlarda bayram tashkil etiladi, konsertlar beriladi. Bir necha kun mobaynida mahallalarda Navro’zga bag’ishlangan tadbirlar o’tkaziladi, sumalak, halim va boshqa tansiq taomlar pishiriladi. Navro’z kunlari hokimliklar, mahallaning faollari, xayr-exson tashkilotlari- mehribonlik uylari bolalari, urush va mehnat fahriylari, yolg;iz keksalar huzuriga tashrif buyurib, ularni qutlab, sovg’a-salomlar ulashadilar.
Xulosa.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki Navro’z bayrami nafaqat vatanimizning milliy bayrami balki butun o’rta osiyodavlatlarining umumxalq milliy bayrami xisoblanadi. Navro’z yangilanish yosharish, o’zaro bir-biriga mehr ko’rsatish, qo’ni -qo’shni, qarindosh urug’ mahalladoshlarga e’tibor qaratish keksalar va bolalar holidan habar olish ularga mehr ko’satish bayramidir . Navro’z yana milliy taomlar yilda bir marotaba aynan Navro’z bayrami kunlarida pishiriladigan sumalak va halim taomlari ham bayramidir. Navro’zda barcha – barcha yosharadi, o’ynaydi, quvnaydi, va xusrandchilik qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:


“Saodat” jurnalining “Ona yurtning saxovati” maqolasi .
Internet manbalari.
Download 15.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling