Adabiyot ummonining qimmatbaho gavharlari
Download 28.13 Kb.
|
Abdulla Oripov va O'tkir Hoshimov
ABDULLA ORIPOV VA O’TKIR HOSHIMOV TAVALLUDINING 80 YILLIGIGA BAG’ISHLANADI ADABIYOT UMMONINING QIMMATBAHO GAVHARLARI ( Tadbir O’zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi bilan boshlanadi) 1.Assalomu alaykum, qalbi qaynoq, mehri daryo ustozzlar. 2.Assalomu alaykum, bilimga chanqoq, zehni quyosh,ham fikrdosh tengdoshlar. Siz va yaqinlaringizni uyg’onish va yasharish, poklanish va yangilanish fasli bilan qutlayman. Butun tabiat go’zallikka burkanmoqda. Atrof-muhitning betakror tarovatidan ko’zingiz quvnaydi. Nafosat fasli odamlar qalbida ham sof va huzurbaxsh tuyg’ularni uyg’otib, yashash va yaratishga ruhlantirmoqda. 1.Barchangizga bahoriy kayfiyat tilagan holda adabiyotimizning ikki zabardast vakillari A. Oripov vz O’.Hoshimovning 80 yilligiga bag’ishlangan “Adabiyot ummonining qimmatbaho gavharlari” mavzusidagi badiiy ko’rik-tanlovni ochiq deb e’lon qilamiz. 1.Ko’rik-tanlovimiz 5 shartdan iborat. 1. A.Oripov she’riyat sultoni 2. O’Hoshimov asarlari sahnada. 3. Erkin mavzu. 5. Sahna asarlariga bag’ishlangan ijodiy ishlar. Mazkur shartlar bo’yicha 7-va 8-sinflar bellashadilar. 2. Kimdir savol berdi “Aytgil, Muhammad” Yolg’iz sen Rasulsan butkul olamga. Kimga ko’p yaxshilik aylay, o’zing ayt. Ota-onamgami yoxud bolamga Rasul javob qildi: Tingla, birodar. Gapimni bir bora quloqqa ilgil. Imkon topa olsang dunyoda agar, Eng avval onanga yaxsilik qilgin. Shu hikmat sharhini o’yladim uzoq Rosti ona erur qiblai olam Garchi barchamiz ham padarmiz, biroq Onadan tug’ilgan Payg’ambarlar ham. Ta’rifiga til ojiz onajonlarimizga bag’ishlangan bu mashhur satrlar xalqimizning sevimli shoiri A. Oripov qalamiga mansubligi hech kimga sir emas. 1.Darhaqiqat, A.Oripov olovli she’riyati bilan muxlislarning mehrini qozongan otashqalb shoir, qolaversa, O’zbekiston Davlat madhiyasining muallifi, “O’zbekiston xalq shoiri”, “O’zbekiston qahramoni” unvonlari sohibidir. A. Oripov ijodiy merosida asrlardan-asrlarga oshib o’tadigan va o’quvchilar qalbini zavq-shavqqa to’ldiradigan she’rlari ko’p. bu she’rlarni o’qish kishining ruhiyatini poklaydi, tuyg’ularini junbushga keltiradi, sezimlarini noziklashtiradi va ma’naviy jihatdan yuksalishiga sabab bo’ladi. 2.Ko’rik-tanlovning 1-sharti A.Oripov she’riyatiga bag’ishlanadi. Hurmatli hakamlar, sahna madaniyatini baholab boorish sizlarga havola. Shart boshida A.Oripovning o’zi o’qigan ijod namunasidan tinglaymiz.(Ota duosi. Video) 7-“A” “Faxriya” 7-“B” “Inson” 8-“A” “O’zbekiston” 8-“B” “Onajon” 1.O’zbekiston Respublikasi 1-prezidenti I.A.Karimov o’zlarining “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”asarlarida adabiyotning inson hayotidagi o’rni va ahamiyatiga alohida to’xtalar ekanlar, jumladan shunday deydilar: “Insonni, uning ma’naviy olamini kashf etadigan yanada qudratli vosita borki, u ham bo’lsa, so’z san’ati, badiiy adabiyotdir. Adabiyotni insonshunoslik deb, shoir va yozuvchilarni esa inson ruhining muhandislari deb ta’riflanishi bejiz emas, albatta”. Mazkur 2-shartda guruhlar “O’zbekiston xalq yozuvchisi” unvoni, “Mehnat shuhrati” va “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari sohibi O’.Hoshimov qalamiga mansub sahna asarlari namoyish etadilar. 7-“A” sinf “ Urushning so’ngi qurboni” 7-“B” sinf “Dunyoning ishlari” 8-“A” sinf “O”zbeklar” 8-“B” sinf “Yanga” 2. 3-shartimiz “Erkin mavzu” Unda guruhlarimiz milliy raqslardan ijro etishlari kerak. 4-shart “Tezkor savol-javoblar” Har bir guruhga 10 tadan 5-shart “Sahna asarlariga bag’ishlangan ijodiy ishlar”. (hakamlar baholaguniga qadar A. Oripov “Sen bahorni sog’inmadingmi” she’ri video) Yakuniy so’z Tadbir “Men nechun sevaman O’zbekistonni?” qo’shig’I bilan yakunlanadi. Download 28.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling