Referati. Reja: 1 Xalq xo`jaligiga umumiy ta`rif


Bozor iqtisodiyotiga oʻtish


Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/31
Sana05.01.2022
Hajmi1.42 Mb.
#221694
TuriReferat
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
Bog'liq
Mustaqil ishlar to`plami tarix

Bozor iqtisodiyotiga oʻtish — anʼanaviy va rejali buyruqbozlik 

tuzumidagi iqtisodiy munosabatlardan bozor munosabatlariga oʻtish 

jarayoni. Bu jarayon iqtisodiy zarurat, chunki anʼanaviy yoki rejali 

buyruqbozlik tizimlari barqaror iqtisodiy taraqqiyotni va xalq 

farovonligini taʼminlay olmay qoladi hamda Bozor iqtisodiyotiga 

oʻtish orqali iqtisodiy ravnaqqa erishish yoʻli tanlanadi. Tarixan 

Bozor iqtisodiyotiga oʻtishning uch yoʻlini koʻrsatish mumkin: 1) 

anʼanaviy natural xoʻjaligi iqtisodiyotidan Bozor iqtisodiyotiga 

oʻtish ; 2) qoloq va mustamlaka harakteridagi iqtisodiyotdan Bozor 

iqtisodiyotiga oʻtish ; 3) rejali buyruqbozlik iqtisodiyotdan Bozor 

iqtisodiyotiga oʻtish Shunga koʻra Bozor iqtisodiyotiga oʻtish ning ilk 

klassik modeli; mustamlakachilik zulmidan ozod boʻlgan Osiyo va 

Afrika mamlakatlari modeli; sobiq sotsialistik mamlakatlar modeli 

mavjud. Klassik model eng koʻhna model sifatida Yevropa 

mamlakatlariga xos boʻlgan. Bu yerda Bozor iqtisodiyotiga oʻtish 

koʻp bosqichli boʻlib, asrlar davom etgan tabiiytarixiy jarayon 

shaklida kechgan. Dastlab anʼanaviy natural xoʻjalik mayda tovar 

xoʻjaligiga, bu esa oʻz navbatida asov bozor iqtisodiyomura 

aylangan. Bozor iqtisodiyotiga oʻtish ga xos boʻlgan qonuniyatlar 

Yevropa mamlakatlarida dastlabki sinovdan oʻtgan. Osiyo va Afrika 

mamlakatlari modelini amalga oshirish toʻplangan tarixiy tajribaga 

tayandi: anʼanaviy xoʻjalikni bozor xoʻjaligiga aylantirish 

mustamlakachilik zulmi sharoitida metropoliyalar taʼsirida 

boshlandi va ular manfaatiga xizmat qildi, bu jarayon sunʼiy 

ravishda toʻxtatilmay, aksincha mamlakatlar ozodlikka erishgan 

sharoitlarda ham davom etdi, bozor munosabatlari oʻz tabiatiga 

moye tushadigan iqtisodiy zamindan — xususiy mulkchilikdan oʻsib 

chikdi, chet elning moddiy va moliyaviy yordamiga tayandi. Bozor 

iqtisodiyotiga oʻtish jarayoni tarixiy sakrash shaklida, yaʼni Yevropa 

uchun muqarrar boʻlgan tarixiy bosqichlarni oʻtamay, ularni 

chetlagan holda anʼanaviy iqtisodiyot yoxud rivojlanmagan bozor 

xoʻjaligidan uning rivojlangan shakliga oʻtish sari bormoqda. 

Bozor iqtisodiyotiga oʻtish ning eng soʻnggi modeli sobiq sotsialistik 

mamlakatlar modeli boʻlib, oʻtish bu mamlakatlarda 

rejalibuyruqbozlik iqtisodiyotini qayta qurish asosida bormoqda. 

Sobiq sotsialistik mamlakatlarda Bozor iqtisodiyotiga oʻtishning 

dastlabki shartsharoiti har xil, shunga koʻra aholi orasida bozor 

koʻnikmalari ham turlicha darajada saqlangan. Bu mamlakatlarda 




rejali buyruqbozlik xoʻjaligidan bozor iqtisodiyotining zamonaviy 

taraqqiy etgan shakliga utiladi. Oʻtish jarayoni tez kechadi, chunki 

bu sotsializm davridan qolgan moddiy bazaga, malakali ish kuchiga 

va ilmiy texnikaviy salohiyatga tayanadi. Sobiq sotsialistik 

mamlakatlarda Bozor iqtisodiyotiga oʻtish u. ulardan baʼzilarining 

davlat mustaqilligini taʼminlash bilan birgalikda kechmoqda. Bu 

MDH mamlakatlariga xos. Bozor iqtisodiyotiga oʻtish u. keng va 

teran bozor islohotlarini talab qiladi. Oʻzbekistonning Bozor 

iqtisodiyotiga oʻtish ham milliy mustaqillik va keng koʻlamli bozor 

islohotlarining oʻtkazilishi bilan amalga oshirilmoqda. 



3.

 Mamlakatimizda sud-huquq tizimini isloh qilish, jinoiy jazoni 

libеrallashtirish borasida muayyan ishlar amalga oshirib 

kеlinmoqda. Zеro, ushbu islohotlar mohiyatida insonlarning huquq 

va manfaatini himoyalash hamda sudlar mustaqilligini ta'minlash 

orqali ularning kuchli fuqarolik jamiyati va dеmokratik huquqiy 

davlatni shakllantirishdagi rolini oshirish maqsadi mujassamdir. 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy huquqi bo‘yicha 

tayyorlangan ushbu darslik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 

standartlari asosida yaratilgan bo‘lib, unda «Konstitutsiyaviy 

huquq» fanining asosiy mavzulari yoritilgan. Darslik mavzularida 

mamlakatimizda davlat qurilishi va boshqaruv, sud-huquq sohasida 

o‘tkazilayotgan islohotlar, ularning natijalari, inson huquqlari va 

erkinliklarini ta’minlash borasida olib borilayotgan samarali ishlar, 

demokratik jarayonlarning chuqurlashuvi o‘z ifodasini topgan. 

Sud-huquq 

tizimini 

yanada 


demokratlashtirish 

va 


erkinlashtirish, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari 

faoliyati  samaradorligini  oshirish,  aholining  odil  sudlovga  bo‘lgan 

ishonchini  oshirish,  jamiyatda  qonun  ustuvorligini  ta’minlash  va 

qonuniylikni mustahkamlash maqsadida: 

1.  Sud  hokimiyatining  chinakam  mustaqilligini,  fuqarolar 

huquq  va  erkinliklarining  ishonchli  himoyasini  ta’minlash, 

shuningdek  odil  sudlovga  erishish  darajasini  oshirish  sud-huquq 

tizimini  yanada  isloh  qilish  sohasida  davlat  siyosatining  asosiy 

ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin. 

Davlat  siyosatining  asosiy  ustuvor  yo‘nalishlarini  amalga 

oshirish  bo‘yicha  sud,  huquqni  muhofaza  qiluvchi  va  nazorat 

organlarining muhim vazifalari sifatida quyidagilar belgilansin: 




sud  hokimiyatining  mustaqilligi  to‘g‘risidagi  konstitutsiyaviy 

normalarga va odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashganlik 

uchun  javobgarlikning  muqarrarligi  prinsipiga  og‘ishmay  amal 

qilinishini ta’minlash; 

fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga 

tajovuz qilish holatlari yuzasidan zudlik bilan zarur choralar ko‘rish; 

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida hal 

etish,  murojaatlarni  ko‘rib  chiqishda  sansalorlik  va  befarq 

munosabatda  bo‘lish  holatlariga  yo‘l  qo‘yganlik  uchun  jinoiy 

javobgarlikkacha bo‘lgan javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash, 

shuningdek  buzilgan  huquqlarni  tiklash  bo‘yicha  barcha  zarur 

choralarni ko‘rish; 

faoliyatning  ochiqligi  va  shaffofligini  ta’minlash,  fuqarolik 

jamiyati  institutlari,  ommaviy  axborot  vositalari  va  aholi  bilan 

hamkorlik qilishning samarali mexanizmlarini keng qo‘llash; 

faoliyatni  ish  yakunlarining  kompleks  tahlili  asosida 

rejalashtirish va tashkil etish, bunda e’tiborni avvalo huquqni qo‘llash 

amaliyoti  va  amaldagi  qonun  hujjatlarini  takomillashtirish  orqali 

tizimli  qonunbuzarliklarning  sabab  va  shart-sharoitlarini  aniqlash 

hamda bartaraf etishga qaratish; 

xodimlar 

o‘rtasida 

suiiste’molchilik 

va 


boshqa 

huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika qilish va ularga chek 

qo‘yish  bo‘yicha  idoraviy  nazoratni  kuchaytirish,  odob-axloq 

qoidalariga og‘ishmay rioya etilishini ta’minlash; 

yuksak axloqiy-irodaviy va kasbiy fazilatlarga ega, yuklatilgan 

vazifalar  va  amalga  oshirilayotgan  islohotlarning  samarali 

bajarilishini  ta’minlashga  qodir  bo‘lgan  kadrlarni  shaffof  tanlov 

asosida ishga qabul qilish tizimini takomillashtirish; 

fuqarolarning  huquq  va  qonuniy  manfaatlariga  so‘zsiz  rioya 

etilishini  ta’minlash,  faoliyat  samaradorligini  oshirishga  qaratilgan 

ilg‘or  ilmiy-texnika  vositalari  va  axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalarini,  shuningdek  ishni  tashkil  etishning  zamonaviy 

shakl va usullarini joriy etish. 

2.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi  Sudyalarni 

tanlash  va  lavozimlarga  tavsiya  etish  bo‘yicha  oliy  malaka 

komissiyasi,  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi,  Oliy  xo‘jalik  sudi, 

Bosh  prokuraturasi  va  Adliya  vazirligining  sudyalik  lavozimiga 

birinchi  marotaba  besh  yil  muddatga  va  keyin  o‘n  yil  muddatga, 




shundan  so‘ng  muddatsiz  davrga  tayinlash  (saylash)ni  nazarda 

tutuvchi taklifi ma’qullansin. 

3. Belgilansinki, 2017-yilning 1-aprelidan: 

ozodlikdan  mahrum  qilish  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan  muqobil 

jazo turlarini qo‘llashni kengaytirish orqali qamoq tariqasidagi jinoiy 

jazo tugatiladi; 

jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaxslarni ushlab turish 

muddati 72 soatdan 48 soatga qisqartiriladi

qamoqqa  olish  va  uy  qamog‘i  tarzidagi  ehtiyot  choralarini 

qo‘llashning,  shuningdek  dastlabki  tergovning  eng  ko‘p  muddati  1 

yildan 7 oyga qisqartiriladi; 

pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yish va eksgumatsiya 

qilish uchun sanksiya berish huquqi sudlarga o‘tkaziladi; 

sudlarga  qamoqqa  olish  yoki  uy  qamog‘i  tarzidagi  ehtiyot 

chorasini qo‘llash rad etilganda muqobil ehtiyot choralarini qo‘llash 

huquqi beriladi; 

tergovning  to‘liq  emasligini  sud  muhokamasi  jarayonida 

to‘ldirish  mexanizmlarini  joriy  etish  orqali  sud  tomonidan  jinoyat 

ishini qo‘shimcha tergov yuritishga qaytarish instituti bekor qilinadi

fuqarolik  ishi  bo‘yicha  sud  qarorini  nazorat  tartibida  qayta 

ko‘rib chiqish muddati 3 yildan 1 yilga qisqartiriladi; 

viloyat  darajasidagi  sudlar  tomonidan  jinoyat  va  fuqarolik 

ishlarini  nazorat  tartibida  ko‘rib  chiqish  instituti  tugatilib,  tegishli 

sud  raislari  va  prokurorlarning  nazorat  tartibida  protest  keltirish 

bo‘yicha vakolatlari bekor qilinadi; 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  ishlarni 

nazorat  tartibida  ko‘rib  chiqish  bo‘yicha  bir-birini  takrorlovchi 

vakolatlari bekor qilinadi; 

adliya  organlarining  umumiy  yurisdiksiya  sudlari  faoliyatini 

moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash sohasidagi vazifa 

va vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga o‘tkaziladi; 

xo‘jalik sudlari tizimida mintaqaviy apellatsiya sudlari tashkil 

etiladi. 

4. Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq 

va  erkinliklarini  ishonchli  himoya  qilish  kafolatlarini  kuchaytirish 

bo‘yicha  kompleks  chora-tadbirlar  dasturi  (keyingi  o‘rinlarda  — 

Dastur) 1-ilovaga

 

muvofiq tasdiqlansin. 




Dasturda  nazarda  tutilgan  tadbirlarning  o‘z  vaqtida  va  sifatli 

bajarilishi  yuzasidan  vazirlik  va  idoralar  rahbarlari  zimmasiga 

shaxsiy javobgarlik yuklansin. 

5. Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq 

va  erkinliklarini  ishonchli  himoya  qilish  kafolatlarini  kuchaytirish 

bo‘yicha  kompleks  chora-tadbirlar  dasturini  amalga  oshirish 

bo‘yicha  Komissiya  (keyingi  o‘rinlarda  —  Komissiya) 

2-

ilovaga



 muvofiq tarkibda tashkil etilsin. 

Vazirlik  va  idoralar,  ilmiy-tadqiqot  va  ta’lim  muassasalari 

mutaxassislari,  fuqarolik  jamiyati  institutlari  vakillarini  jalb  etgan 

holda  qonun  hujjatlari  loyihalarini  tayyorlash  bo‘yicha  ekspert 

guruhlarini tashkil etsin; 

qonunchilik  va  huquqni  qo‘llash  amaliyotini  chuqur  tanqidiy 

tahlil  qilish,  ilg‘or  xorijiy  tajribani  o‘rganish  asosida  Dasturda 

nazarda  tutilgan  normativ-huquqiy  hujjatlar  loyihalari  ishlab 

chiqilishini ta’minlasin; 

qonun  hujjatlari  loyihalarini  jamoatchilik  o‘rtasida,  shu 

jumladan davra suhbatlari, seminarlar va konferensiyalar o‘tkazish 

orqali keng muhokama qilishni tashkil etish choralarini ko‘rsin; 

Dasturda  nazarda  tutilgan  normativ-huquqiy  hujjatlar 

loyihalarining sifatli tayyorlanishi va o‘z vaqtida belgilangan tartibda 

kiritilishi,  shuningdek  boshqa  tadbirlarning  bajarilishi  ustidan 

nazoratni ta’minlasin. 

6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi, Bosh 

prokuraturasi  va  Adliya  vazirligi  ilg‘or  xorijiy  tajribani  chuqur 

o‘rganish asosida 2017-yil 1-iyulga qadar: 

sud-prokuror  xodimlari  malakasini  oshirish  va  rahbar 

kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish; 

voyaga  yetmaganlar  uchun  nazarda  tutilgan  jinoiy  jazolarni 

liberallashtirish, protsessual harakatlarni amalga oshirishda ularning 

huquqiy  himoyasini kuchaytirish,  shuningdek sudlanganlik  holatini 

tugatish  va  sudlanganlikni  olib  tashlash  muddatlari  va  asoslarini 

qayta ko‘rib chiqish; 

tomonlarning  yarashganligi  munosabati  bilan  jinoiy 

javobgarlikdan ozod qilish institutini kengaytirish; 

ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan ayrim jinoyat tarkiblarini jinoyat 

toifasidan chiqarish; 




jinoyat ishini qo‘zg‘atish faqat jabrlanuvchining arizasiga ko‘ra 

amalga oshiriladigan jinoyat tarkiblari ro‘yxatini kengaytirish; 

fuqarolik, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar va xo‘jalik sudlarining 

vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish yo‘li bilan ma’muriy sudlarni tashkil 

etish; 

elektron  tartibda  sud  va  ijro  ishini  yuritishning  zamonaviy 

shakl  va  usullarini,  shuningdek  odil  sudlovga  erishishning  ilg‘or 

mexanizmlarini  kengroq  joriy  etish  orqali  odil  sudlovni  amalga 

oshirish  sifatini  yaxshilashni  nazarda  tutuvchi  takliflarni  ishlab 

chiqsin va kiritsin. 

7.  O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi,  Moliya  vazirligi 

boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ilg‘or xorijiy 

tajribani chuqur o‘rganish asosida uch oylik muddatda: 

davlat  organlarida  yuridik  xizmatning  faoliyatini  yanada 

takomillashtirish va samaradorligini oshirish; 

adliya  organlari  tizimida  yuridik  xizmatlar  faoliyatini 

muvofiqlashtirish  va  ularga  uslubiy  yordam  ko‘rsatish  bo‘yicha 

tuzilmalar tashkil qilishni nazarda tutuvchi takliflarni kiritsin. 



4. Aholini ish bilan ta’minlashga davlatning ta’siri turlari 

quyidagilardan iborat: 




Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling