Referati reja: Qadimgi Misr madaniyatining o’ziga xos xususiyatlari Din va diniy tizim


Download 98.82 Kb.
bet3/3
Sana16.11.2021
Hajmi98.82 Kb.
#175167
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
Mashhura REFERAT

Misr san’ati:

Qadimgi Misrda san’atning paydo bo’lishi va rivojlanish davri juda uzoq davrni- 4,5 ming yilni qamrab oladi. Misr san’ati o’zining ajoyib yodgorliklari va ular insoniyat tarixida birinchi bor yaratilganligi bilan ham muhim ahamiyat kasb etadi. Misrliklar monumental arxitekturada, o’zining realistic ruhi bilan ajralib turuvchi ajoyib haykaltaroshlikda, nozik did bilan bezatilgan badiiy hunarmandchilik buyumlarini yasashda ulkan muvaffaqiyatlarga erishganlar. misr me’morlari va haykaltaroshlari turli xil toshlarga ishlov berishda yuksak mahorat namoyish etganlar. Bu haqida ular tomonidan yaratilgan fir’avnlarning muhtasham maqbaralari- ehromlar, ibodatxonalarning ustunlar bilan bezatilgan keng zallari, juda katta toshdan o’yib yasalgan obelisklar, og’irligi ming tonnadan og’ir keladigan monolit haykallar yaqqol dalolat beradi. Misr san’ati – bu ibtidoiy davrdan keying san’at rivojlanishida muhim bosqich. U voqelikni aniq tasvirlashi, insonga bo’lgan katta e’tibori hamda ilk bor murakkab va ziddiyatli insoniy munosabatlarni aks ettirishi bilan qimmatlidir.

Insonning ichki dunyosini , uning hislari va kechinmalarini ochishda Misr san’atining xizmati beqiyos. Unda yaqin kishisining o’limi uchun iztirob chekayotgan odamlarning qayg’usi, Misr harbiy aravalaridan qochayotgan dushmanning qo’rqinchi, oila a’zolarining o’zaro samimiy muhabbati kabi insoniy kechinmalar ko’plab sahnalarning asosiy mavzusiga aylangan. Bu san’at insoniyat tarixida birinchi marta onalik kabi chuqur insoniy hissiyotga murojaat qildi va qo’lida Gorni ushlagan Isida obrazi orqali uni yuksakka ko’tardi. Misr san’ati, umuman, qadimgi sharq san’ati singari asosan sof amaliy maqsadlarni ko’zlaydi. Diniy tasavvurlar doirasida: agar qurilish haqida gap ketsa, shohlar va xudolar uchun maqbaralar qurilgan, haykallar o’lgan kishining ruhi yerga odatiy holatda qayta olishi uchun yasalgan, maqbaradagi relief va rasmlar insonning narigi dunyo tasvirini aniq ko’rishiga yordam berishi chizilgan. Misr san’ati rivojida 2ta yuksalish davri mavjud: Qadimgi podsholik- ehromlar davri, aytish mumkinki, kutilmaganda san’at gullab yashnagan, ammo, allaqachon shakl bo’yicha monumental, tafsilotlarning aks ettirilishi bo’yicha nafis san’at shakllanib bo’lgan davr; Yangi podsholik—ananaviy meros ko’plab yangi motivlar bilan boyigan, fir’avnlarning muhtasham ibodatxonalri paydo bo’lgan davr

Shu tariqa Misr san,atida evolutsiyalar yo’q, odatdagi quyidan yuqoriga, oddiydan murakkabga rivojlanish yo’q, ammo, ananaviy cheklanganlik doirasida turli omillar bir-birining o’rniga keladigan va svilizatsiya o’zini butun qudrati bilan namoyon qiladigan tarix bor.




Download 98.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling