Mustaqil ishi termiz-2023


Download 88.23 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi88.23 Kb.
#1626337
Bog'liq
Mustaqil ish




________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
MUSTAQIL ISHI
Termiz-2023
Mavzu: Mustaqillikdan so`ng O`zbekistonda qurilgan maqbaralar
Mustaqillikdan soʼng O‘zbekistonda bir necha maqbaralar qurilgan. Bu maqbaralarning bajarilishi davomida vazifasi kuchaytirildi va hayoti holatiga bogʼliq munosabatlar oʼzgarish koʼrsatdi.
Birinchi orinda, Toshkent shahrida "Hazrati Islom" maqbarasi burildi. U Oʼzbekistonning davlat rahbari Іslom Karimovning andishasi boʼlib, uning vafoti sonini bilmaymiz. Bu maqbara Shaxidlar hiyobonida joylashgan va mustaqillik sababli qurol kutilmoqda.
Boshqa bir maqbara Toshkent shahrida qurilgan - "Hazrati Аllo" maqbarasi. Uda ajdodlarning ijrosiga ajratilgan va Oʼzbekistondagi diniy marifatlarni koʼrsatuvchi maktablarni oʼz ichiga oladi. Uda "Qurʼon"ning birinchi nusxasi qoʼyilgan va qoʼllab-quvvatlangan.
Boshqa bir maqbara Buxoro shahrida qurilgan - "Muslim iqtisodchi" maqbarasi. Bu maqbara islomiyotning ortiqcha tarhi bilan bogʼliqligi bilan mashhur boʼlgan va iqtisodiy va ilmiy masalalarga yordam bergan muslim ilmonlarni mehr qilish maqsadida yaratilgan.
Ulardan boshqalari ham mavjud boʼlishi mumkin, chunki qurilgan maqbaralar muddatdan oldingi jugunda qurilgan yoki mayqlanganlar boʼlishi mumkin. Shu sababli Ӯzbekistonda qurilgan boshqa maqbaralar haqida quyidagi maʼlumotlar bilan taʼminlanishingiz mumkin:
"Mirza Ulugʼbek" maqbarasi (Samarqand)
"Аmir Temur" maqbarasi (Shahrisabz)
"Аybek" maqbarasi (Qashqadaryo viloyati)
"Baxouddin Nakshband" maqbarasi (Qashqadaryo viloyati)
"Аlisher Navoiy" maqbarasi (Xorezm viloyati)
Bular oʼzbek millati va mamlakatning tarixi va madaniyati bilan bogʼliq muhim obʼektlardir.
Insoniyat uchun barcha e’zozda bo’lgan omillar qadriyat sanalib kelinadi. Uning tarkibida millatning ma’naviy boyliklari hisoblanmish axloqiy qoidalar, an’ana-yu bayramlar, udumlar bilan bir qatorda moddiy qadriyatlari ham hurmatga musharraf hisoblanadi. Ammo davr, tuzum nuqtai nazaridan ularga doim ham bir xil munosabat bildirilmaydi. Ajdodlarimizdan me’ros qolgan tarixiy inshootlar: madrasa-yu maqbaralar, masjidlar ham asrlar davomida turli sinovlardan o’tdi. Mustamlakachilik yillarida xalqning ma’naviy qadriyatlari bilan barobar ushbu moddiy qadriyatlarning qimmati bir muncha tushirildi. Noloyiq munosabatlar sabab ularning ba’zilari yarim xaroba holatiga kelib qoldi, ba’zilari esa umuman yo’qolib ketdi.
Inson uchun qadrli tushunchaning nechog‘lik ulug‘vorligi haqida bir tarixiy voqea ham guvohlik beradi. 1956-yil. Samarqand. SSSR rahbarining buyrug’i ostida “Islom olami bilan do’stlik” shiori niqobida arab davlatlari bilan diplomatik aloqa o’rnatish boshlangan edi. Shunday harakatlar avj olgan bir davrda Livandagi jamoat arbobi, mamlakat parlamenti deputati, “Jaridat Tarabul” gazetasining egasi Shayx Nadim al-Jisr Sovet Ittifoqiga tashrif buyurishga roziligini bildiradi. Rejaga ko’ra u Moskva, Kiyev, Yalta, Sochi shaharlariga borishi kerakligiga qaramay, Imom al-Buxoriy qabrini ziyorat qilishini qat’iy talab qiladi. Qutlug’ qadamjolar toptalgan o’sha paytda hukumat uchun qabr qayerda joylashganligini aniqlab topish ham ancha vaqtni oladi. Qabr Xartang qishlog’ida ekanligi ma’lum bo’ladi. Ammo maqbara vayrona, yonidagi masjid esa kimyoviy moddalar saqlanadigan omborxonaga aylantirilgandi. Bu ahvoldagi joyga mehmonni olib kelib bo’lmasligini o’ylagan tashkilotchilar Moskvadan Toshkentga to`rt soatda uchib keladigan samolyot o’rniga Samarqandgacha poyezdda to`rt kunda olib borish mumkinligini chamalashadi… Ungacha maqbara atrofini tozalashga katta kuch sarflanadi. Ammo shunga qaramay ziyoratgohchalik epaqaga keltirib bo’lmaydi. Shayx Nadimga bir kun davomida Toshkentni ko’rsatib, Samarqandni ham kuni bo’yi aylantirib, kechasi Xartangga olib kelishadi. Shayx Nadimal-Jisr qabrga yetib borgach tiz cho’kib, yerni o’padi, ko’zda yosh bilan Qur’oni Karim oyatlarini o’qiydi. Ziyoratdan qaytgach, rahbarlardan atrofdagi tuproqlari bilan Buxoriy xokini o’shancha og’irlikdagi tilla evaziga berishlarini so’raydi…
Xalqimizning eng tabarruk go’shalari – masjidlar, ilm ziyosi taralib turgan madrasalar, ulug’larga ehtirom ramzi sifatida qad rostlagan maqbaralar – bularning bari millatning kim ekanligidan dalolat berib turuvchi ulkan boylik. Ularga nisbatan bepisandlik, muborak yerlarni oyoq osti qilish hech bir mantiqqa, odamiylikka to’g’ri kelmas harakat edi, albatta. Mustaqillik bizga nafaqat erkni, tilni, dinni qaytarib berdi, balki u bizgatarixzarvaraqalaridayashirinyotganayrimhaqiqatlarvaobidalarimizqadrinihamtiklabberdi.
Istiqlol yillarida yuqorida tilga olingan muhaddis olim Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning ilm, din yo’lida qilgan ulkan ishlari munosib baholandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-apreldagi «Imomal-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha 1225 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi qarori asosida maqbara o‘rnida maxsus yodgorlik majmui barpo etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov rahbarligida yaratilgan loyiha asosida yodgorlik majmui Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Andijon, Namangan, Qo‘qon, Shahrisabz xalq ustalari tomonidan 1998-yilda qurildi. Maqbara markazida onikstoshdan ishlangan sag‘ana o‘rnatildi. Maqbaraning o‘ng tomonidan daxmaga tushish yo’li qilindi. Sag‘ananing aynan ostida joylashgan Imom al-Buxoriy jasadlari qo‘yilgan qabr marmartosh bilan qoplandi. Hovlining chap tomonida masjid bunyod etildi. Hovlining o‘ng qanotidagi binodan esa Qur’oni Karimning noyob qo‘lyozmalari, turli nashrlari, Imom al-Buxoriy asarlarining nashrlari joy olgan kutubxona, ilmiy xodimlar xonasi o’rin egalladi. Hozirda ushbu qadamjoni kuniga yuzlab mahalliy aholi va sayyohlar ziyorat qiladi, majmua masjidida juma va hayit namozlari o’qiladi.
1992-yil aprel oyida Saudiya Arabistoniga safar qilgan Prezidentimiz Islom Karimovga podshoh Fahd ibn Abdulaziz al-Saud hazrati oliylari ehtirom ifodasi sifatida Ka’batulloh ka’bapushining katta bo’lagini hadya qilgan edi. Prezidentimiz esa ushbu sovg’ani al-Buxoriy maqbarasi majmuiga tuhfa qildi.
XVI asr inshootlari durdonasi hisoblanmish, Shamsiddin Muhammad Kurtiy, Xoja Yusuf Qoshg’ariylar singari o’z zamonasining yetuk olimlari dars bergan Toshkentdagi “Ko’kaldosh” madrasasi ham turli zilzilalar, urushlar oqibatida o’z jilosini yo’qotganedi. Rus hukumati davrida madrasa ta’miri jarayonida yo’l qo’yilgan loqaydliklar sabab bino dastlabki ko’rinishini yo’qotdi. Hujralar esa omborxona va ustaxonalarga aylantirildi. Mustaqillik yillarida O’zbekiston musulmonlari idorasi va madrasaga tushgan xayr-ehsonlar, shahar hokimiyati ko’magi bilan katta ta’mirlash ishlari olib borildi. Madrasa faoliyat boshlanganidan to 1999-yilga qadar “Ko’kaldosh madrasa masjidi” deb nomlangan edi. 1999-yilda esa O’zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan yangi Nizom tasdiqlanib, 1999-yil 18-avgustda O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida rasmiy ro’yxatdan o’tgandan so’ng “Ko’kaldosh Toshkent islom o’rta maxsus bilim yurti” deb nomlandi. Bilim yurti 1999 -yil 10-oktyabrda maxsus ruxsatnom aolib, 1 -noyabrdan rasmiy faoliyat ko’rsata boshladi. Bilim yurtida Qur’oni Karim, Hadisi Sha’rif, sarf, nahv, mutola kabi diniy ilmlar bilan birga o’zbek tili va adabiyoti, tabiat, geografiya, ingiliz tili, fizika, matematika, astronomiya, informatika va boshqa dunyoviy fanlar ham o’qitila boshlandi.
Maʼlumki, zargarlik sanʼati o‘zbek milliy, badiiy madaniyati tarixining ajralmas qismi bo‘lib kelgan. Uning ko‘p asrlik anʼanalarini tiklash va takomillashtirish, mahalliy zargarlik buyumlari ishlab chiqarilishi va tizimdagi ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ichki va tashqi bozorlarda mahsulotlarning raqobatbardoshligini taʼminlash, shuningdek, aholining yuqori sifatli mahalliy zargarlik buyumlariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 18-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida zargarlik tarmog‘ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5721-sonli farmoni qabul qilindi. Mazkur farmon tufayli mamlakatda mahalliy zargarlik tarmog‘ini tiklash va rivojlantirish, shuningdek ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallardan foydalanish huquqi berilib, mahalliy zargarlik mahsulotlari hajmini kengaytirilishiga zamin yaratdi. Shu bilan birga, ushbu farmon bilan sohada tizimli kamchiliklarning mavjudligi eʼtirof etilgan holda investitsiyalarni faol jalb qilish, sifatli zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyat yuritayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va yangilarini tashkil etish, ushbu mahsulotlar eksportini kengaytirishga to‘sqinlik qilib, tarmoq rivojiga salbiy taʼsir ko‘rsatayotgan omillarga chek qo‘yildi.Bundan tashqari, zargarlik buyumlari ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subʼektlariga bir nechta xuquq va imtiyozlar berildi. Jumladan, metall xom-ashyosini (oltin, kumush va ularning parchalarini) sotib olish va taʼminlanish bo‘yicha zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarga quyidagi huquqlar:- «Navoiy KMK» DK va «Olmaliq KMK» АJdan qimmatbaho metallarni (oltin va kumush) o‘lchov plastinalari ko‘rinishida, shuningdek, 5 gramm va undan ortiq bo‘lgan og‘irlikdagi va granulalarni (qimmatbaho metallar sof og‘irligiga qayta hisoblaganda) London qimmatbaho metallar birjasining tonggi fiksingi asosida milliy valyutada sotib olish;- sotib olingan qimmatbaho metallarni boshqa zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilariga sotish imkoniyatlari berildi.Shuningdek, farmonning 3-bandiga asosan, 2019-yil 1-iyundan boshlab qimmatbaho metallarni sotib olish uchun berilgan milliy valyutadagi tijorat banklari kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan oshadigan, biroq kreditlar bo‘yicha 5 foizlik punktdan ortiq bo‘lmagan qismida qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kompensatsiya qilish orqali mahalliy zargarlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmi joriy etildi. O‘zbekiston Banklar assotsiatsiyasi tijorat banklari bilan birgalikda zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilar qimmatbaho metallarni sotib olishi uchun qisqa muddatli revolver (qayta tiklanuvchi) kreditlarni ajratish amaliyoti kengaytirildi.
Farmonning 13-bandida, yaʼni Tadbirkorlik subʼektlariga vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan litsenziya asosida affinaj faoliyati bilan shug‘ullanishda quyidagi huquqlar: qimmatbaho metallarni sotib olish va sotish uchun birja savdolarida ishtirok etish; aholidan qimmatbaho metallarni, shu jumladan oltin izlovchilar usulida qazib olingan qimmatbaho metallarni, zargarlik buyumlarini, ularni ishlab chiqarishdan hosil bo‘lgan parchalar va chiqindilarni sotib olish; mamlakatimiz har bir hududda shu jumladan Toshkent shahrida tayyor zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishdan sotishgacha bo‘lgan to‘liq jarayonni o‘z ichiga oluvchi zamonaviy zargarlik savdo-ishlab chiqarish markazlarini tashkil etilishi nazarda tutilgan.
XV asrga oid Shayx Xovanda Tohur maqbarasi va uning shimoli-g’arbiy tarafida joylashgan 1487-1502-yillarda qurilgan Toshkent hokimi va Zahiriddin Muhammad Bobur bobosi Yunusxon maqbarasi ham mustaqillik yillarida yana obod etildi. Ushbu maqbaralar joylashgan hududda 1999-yil O’rta Osiyoda yagona hisoblanmish Toshkent islom universiteti tashkil etildi. “Zangiota” majmuasi ham to’liq ta’mirdan chiqarilib, eng so’lim go’shalardan biriga aylantirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 26-yanvaridagi farmoyishiga asosan qayta tiklangan va 1998-yil 16-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazilib foydalanishga topshirilgan “Xoja Ahror Valiy” jome’ masjidi, 1995-1997-yillarda butunlay qayta qurilgan “Shayx Zayniddin buva” masjidi bugun mamlakatda diniy erkinlik timsollari sifatida shahar ko’rkiga ko’rk qo’shmoqda.
O’rta Osiyo naqqoshlik san’ati qadimdan dunyoga mashhur. O’tmishda ota-bobolarimiz qurgan muhtasham binolar hozirgi kungacha maftunkor jilvasini yo’qotmagan. Yuksak did bilan ishlangan naqshlar hozirgacha bizni hayratga solib kelmoqda. Naqsh arabcha tasvir, gul degan ma’noni bildirib, u qush, hayvonot, o’simlik dunyosi, geometrik va boshqa turli shakllarning ma’lum tartibda takrorlanishidan hosil qilingan bezakdir.Islom talablariga buysunish oqibatida jonivorlar, parrandalar va odamlarni tasvirlash yo’qolib borib naqqoshlik rivoj topdi. Arab yozuvi o’zlashtirildi. Natijada naqshlar bilan unvonli yozuv (epigrafika) uslubi paydo bo’ldi. Arab yozuvi naqshlar bilan birga chizildi. Arab yozuvi ham bezak, ham duo-afsunlar vazifasini bajardi.Naqqoshlik xalq-amaliy bezak san’atning bir turi sifatida qadimdan o’zbek madaniyatining muhim bo’lagi hisoblanadi. Ko’p asrlar mobaynida uning badiiy an’analari vujudga keldi va rivojlandi. Naqshlarda san’atning boshqa hamma turlaridan farqli ravishda avlodlarning chambarchas bog’liqligini, milliy an’analarning davomiyligini ko’rish mumkin. Naqqoshlik an’analari san’atning ana shu turini o’rganish metodlari sifatida ham bobodan otaga, otadan o’g’ilga o’tib kelgan. Ana shu davomiylik tufayli naqqoshlik san’ati hozirgacha saqlanib kelmoqda. Naqshning eng yaxshi namunalari boy ijodiy fantaziya orqali birlashtirilgan shakllarning maqsadga muvofiqligi va go’zalligi bilan farqlanadi. Bunda xalq ustalarining atrof muhitga qarashlaridagi tafovut aks etadi. Naqshdagi chizgilar o’yini musiqadagi ohang singari, qo’shiq va ertak kabi “xalq hayotiy tajribasining katta umumlashmasidan” tarkib topgandir.Badiiy naqqoshlik ranglarning uyg’unligida va o’ziga xos kompozisiyalarda go’zallik yaratish san’atidir. Naqqosh usta o’z ishida ranglarning tabiiy jilosidan va uyg’unligidan, bejirim shakldan, material fakturasidan mohirlik bilan foydalanib yorqin ifodalikka erishadi.O’zbekistonning an’anaviy me’morchiligida naqqoshlik asosan shiftlarni, jimjimador araqilarni, saroy ustunlarini, masjidlar, maktablar, boylarning uylari, yog’ochdan yasalgan buyumlarni bezashda qo’llangan. Nozik o’simliksimon-geometrik naqshdagi o’zaro singib ketgan novdalar, shoxlar va hashamatli tasvirlangan gullarning ritmik harakati, o’zbek ustalarining ishlaridagi islimi va girih naqshlarining klassik motivlari shiftlarning shakliga moslangan. Naqsh ko’proq interyerlarni va yopiq ayvon, peshayvonlarni bezashga xizmat qiladi.Hozirgi paytda naqshdan me’morchilikda, uy jihozlari, sovg’alar, mayda yog’och o’yinchoqlar, musiqa asboblari va turmushda kerakli buyumlarni bezashda foydalaniladi.Toshkent naqshlari o’zining nafisligi va ranglarning bir-biriga asta-sekin o’tishi, aniq bir koloritga qat’iy rioya qilinishi, geometrik va o’simliksimon naqshlarning ko’p ishlatilishi bilan ajralib turadi. Naqshlar ko’pincha yashil gammada ishlanadi. Islimiy naqshlarda oygul, paxta, bofta,uch barg, shukufta, bargli gul va boshqa elementlar aniq stillashtirtlgan murakkab girih naqshlari ham keng qo’llanilgan.Naqqosh ustalardan Olimjon Qosimjonov, Yoqubjon Raufov, Jalil Xakimov, Toir To’xtaxo’jayev, Zokir Bositxonov, Maxmud To’rayev, Anvar Ilhomov, Komil Karimov, va boshqalar Toshkent naqqoshlik maktabi asoschilaridirlar.
Bunday bunyodkorlik ishlariga, qadimiy me’moriy yodgorliklarni asrab-avaylashga yo’naltirilgan loyihalarga ko’plab misollar keltirish mumkin. Ana shunday sa’y-harakatlar evaziga 1991-yilda Xivadagi Ichan qal’a qo’riqxonasidagi, 1993-yilda Buxoro shahri markazidagi, 2000-yilda Shahrisabz shahri markazidagi yodgorliklar YUNESKOning “Umum jahon madaniy merosi” ro’yxatiga kiritildi. Yana shuniham alohida ta’kidlash lozimki, mustaqillik sharofati bilan nafaqat ko’hna obidalar tiklanyapti, balki ular safiga yangidan yangi maqtasa arzigulik inshootlar ham qo’shilyapti. Muhtasham “Bunyodkor” stadioni, 2014-yilda ochilib, O’zbekiston bo’yicha musulmon dinining eng yirik markazlaridan biriga aylangan, an’anaviy sharq uslubida qurilgan “Minor” masjidi shular jumlasidandir!
Xulosa o’rnida aytganda, tarixiy yodgorliklarning davlat nazorati ostiga olinganligi, ajdodlar me’rosiga chuqur hurmat bildirilishi va moddiy qadriyatlarga nisbatan yosh avlod qalbiga mehr urug’ining sepilishi mamlakat mustaqilligini yanada mustahkam bo’lishiga katta hissa qo’shadi. Shu bilan bir qatorda ular nafaqat o’zbek millatining, balki butun bashariyatning ulkan boyligi sifatida kelajakka yuz tutadi. Ular o’zga davlatlar nigohida o’zbek millatining kim bo’lgani va kim ekanligi haqida shohidlik beribturadi.
Download 88.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling