Referati reja: Saylov huquqi: tushunchasi, manbalari, tizimi Saylov huquqi prinsiplari
Download 17.83 Kb.
|
Referati reja Saylov huquqi tushunchasi, manbalari, tizimi Say-fayllar.org
2. Saylov huquqi prinsiplari
Prinsip atamasi o’zbek tilida ko’pincha tamoyil deb yuritiladi. Bularning ma’nosi deyarli bir xil. Lekin shunday atamalar borki, ular barcha tillarda aslicha qo’llaniladi. Bu atama O’zbekiston Konstitusiyasida ham qo’llanilgan, masalan, 14- moddada. Prinsip ijtimoiy kategoriya bo’lib, eng muhim g’oyalarni qoida sifatida namoyon bo’lishidir. Davlat va huquqning turli sohalarida prinsip tushunchasi qo’llaniladi. Masalan, qonuniylik prinsipi, tashqi siyosat prinsipi. Saylov huquqida ham prinsip atamasi qo’llanilib, u eng avvalo saylovlarning adolatliligini, qonuniyligini ko’rsatuvchi asosiy mezon sifatida namoyon bo’ladi. Saylovlar eng qadimiy hodisalardan ekanligini aytib o’tgan edik. Ular kishilik jamiyatining hamma bosqichlarida qo’llanilib kelingan bo’lib, jamiyat rivojiga mos ravishda takomillashib bordi. Uning takomillashuvida ma’lum qoidalarni vujudga kelishi, ularni bajarilishi, qo’llanilishi shart etib belgilanishi muhim rol o’ynaydi. Saylov huquqining asosiy prinsiplari muhim ahamiyatga ega “Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi”da xalqaro miqyosda o’z ifodasini topdi. Uning 21 - moddasida: “har bir inson bevosita yoki erkin saylangan vakillari orqali o’z mamlakatini boshqarishda qatnashish huquqiga ega. Xalq irodasi davriy va soxtalashtirilmagan, yalpi va teng saylov huquqidan yashirin ovoz berish yo’li bilan, ovoz berish erkinligini ta’minlaydigan boshqa teng qiymatli shakllar vositasida o’tkaziladigan saylovlarda o’z aksini topishi zarur” – deb belgilab qo’yildi O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida va saylov qonunlarida umumiy, teng, to’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi prinsiplari, saylovlarning yashirin o’tishi, oshkora o’tishi, xohish-irodani erkin bildirish saylov huquqining asosiy prinsiplari sifatida belgilab qo’yildi. Bu prinsiplar asosiy prinsiplar bo’lishi bilan birga umum e’tirof etilgan prinsiplardir. Ayrim adabiyotlarda saylov huquqining muhim, umum e’tirof etilgan prinsiplari deb faqat umumiy, teng, to’g’ri va yashirin ovoz berish ko’rsatilgan. Ayrimlarida esa saylovda ishtirok etish erkinligi, oshkoralik ham saylov huquqining asosiy prinsiplaridan deb baholangan. O’zbekiston Konstitusiyasining 117-moddasida: “saylovlar umumiy, teng, to’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan o’tkaziladi” degan qoida kiritilib, umumiy, teng, to’g’ri, yashirin ovoz berish konstitusiyaviy prinsip darajasida mustahkamlangan. Fuqarolarning o’z xohish-irodasini bildirishda tengligi va erkinligi ham Konstitusiyaning shu moddasida mustahkamlab qo’yildi. Saylov to’g’risidagi qonunlarda ham bular saylov huquqining asosiy prinsiplari sifatida qayd qilingan. Download 17.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling