Teng saylov prinsipi
Bu huquq Konstitusiyamizda va Prezident saylovi to’g’risidagi, vakillik
organlariga saylovi to’g’risidagi qonunlarda mustahkamlab qo’yilgan.
Konstitusiyaning 117-moddasi saylovchilarning o’z xohish-irodasini bildirish tengligi kafolatlanishi, saylovlar teng saylov huquqi asosida o’tkazilishi belgilangan. “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”gi qonunning 1-moddasida saylov teng saylov huquqi asosida o’tishi, 3-moddasida har bir fuqaro bittadan ovozga ega ekanligi belgilangan bo’lsa, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida” va “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to’g’risida”gi qonunlarning tegishlicha 3-moddasi “Teng saylov huquqi” – deb nomlanib, unda:
“Har bir fuqaro — saylovchi bir ovozga ega. Fuqarolar jinsi, irqiy va milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqеi, ma’lumoti, mashg’ulotining turi va xususiyatidan qat’iy nazar, teng saylov huquqiga ega” – deb belgilangan. Bu qoidalar asosan fuqarolar saylov huquqining tengligiga tegishli bo’lib, bu tenglik har bir saylovchining bitta ovozga egaligini ta’minlashdir.
3. Saylov tizimi: tushunchasi, turlari
“Saylov tizimi – jamiyatda davlatning vakillik organlarini saylash yo’li bilan
yuzaga keluvchi davlat-siyosiy munosabatlari tizimidir”1 – degan tushuncha saylov
tizimining ba’zi tomonlarini chetda qoldirgan. Bu tushuncha faqat davlat vakillik
organlariga saylov bilan bog’liq munosabatlarnigina e’tiborga olib, fuqarolarning
o’zini o’zi boshqarish organlariga saylov munosabatlarini yoki umuman saylov
tizimining muhim elementi (qismi) saylov munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy normalarini chetda qoldirgan. Saylov tizimi – bu saylov o’tkazilishi tartibi va shu tartiblarni mustahkamlovchi huquqiy normalar yig’indisidir. Saylov o’tkazish tartiblari huquqiy normalar bilan belgilanadi va ular birgalikda saylov tizimini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |